Risk
1. Risk – grekcha so’z bo’lib, kemalarni halokatga olib boruvchi va
odamlarning o’limiga, mol-mulkining cho’kib ketishiga sabab bo’luvchi qoyani
bildirib, “qoyalar orasidan shamol va boshqa to’siqlarga chap berib suzib o’tmoq”
ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda bu so’z “xavf ostida qolmoq” degan yangi
ma’noda qo’llanilyapti.
1
Ushbu ta’rifda muallif risk tushunchasiga umumiy yondashib, uning tarixan
kelib chiqish o’zagini bayon qilgan. Haqiqatdan ham, bugungi kunga kelib risk
butunlay boshqa, ya’ni xavf-xatar, tavakkal degan ma’noda qo’llanilyapti.
2. Risk – italiancha risico - xavf, рисковать – qoyani aylanib o’tish degan
ma’noni bildiradi.
2
Bu ta’rifda faqat risk so’zi va riskovat fe’lining lug’aviy ma’nolari
keltirilgan. Ko’rib turganimizdek u ham birinchi ta’rifga o’xshash bo’lib, riskning
tarixiy miohiyatini ifdalagan.
3. Risk – insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo’lgan tarixiy
va iqtisodiy kategoriya bo’lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda
mumkin bo’lgan yo’qotishlar salmog’ini bildirgan hamda tarixan jamiyat
rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo’rqish darajasiga moslashib turgan.
3
Yuqoridagi ta’rifda ham riskka tarixan yondashilib, uning kishilik
jamiyatining barchф bosqichlarida mavjud bo’lgani aytilgan. Aynan yo’qotishlar
salmog’ining bildirgani bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Lekin
shuni ta’kidlash lozimki, risk faqat yo’qotish ma’nosini bildiribgina qolmay, ayni
paytda kutilmaganda foyda olish ehtimolini ham bildirishi mumkin.
4. Risk – tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, рисковать fe’li esa tavakkal
qilish, biror ishni to’g’ri mo’ljallab ko’rmay qilish, dadillik, qat’iyat bilan ish
tutmoq, ma’lum xatarga o’zini urish demakdir.
4
1
Y.Abdullayev, Bank ishi, O’quv qo’llanma, T.: Iqtisod-Moliya, 2010-yil, 532 b. (403-bet)
2
Банковские риски : учебное пособие / кол. авторов ; под ред. д-ра экон. наук, проф. О.И.
Лаврушина и д-ра экон. наук, проф. Н.И. Вален цевой. - М.: КНОРУС, 2007. - 232 с (9 стр)
3
Sh.Abdullayeva, Bank risklari va kreditlash, T.:Moliya, 2002 yil. 304 b. (58-bet)
4
Даль В. Толковый словарь живого великорусского языка. М., 1980. Т. 4. С. 9
Muallif riskka bugungi kun naqtai nazaridan ta’rif berib, uni faqat xavf
bilan bog’lagan. Vaholanki risk o’zida xavf bilan bir qatorda noaniqlik, yo’qotish
xususiyatlarni ham namoyon etadi.
5. Risk – bu zarar ko’rish yoki manfaatni qo’ldan chiqarish bilan bog’liq
ehtimollar o’lchamidir.
5
Bu ta’rifda risk nafaqat yo’qotish ehtimoli, balki ana shu ehtimolning qiymat
o’lchovi ekanligi ham aytilgan. Biroq doim ham bu ehtimolning qiymat o’lchovi
mavjud bo’lavermaydi. Shu sababli yanda kengroq ta’rif berish maqsadga
muvofiqdir.
6. Risk – sodir etilish mumkin bo’lgan tahlika yoki muvaffaqiyatli natija
umidida tavakkalchilik qilish, tavakkal qilmoq, xavfli ishga qo’l urmoq, рисковать
fe’li esa xav-xatardan qo’rqmay ish qilish degan ma’noni bildiradi.(S. Ojegov)
6
Ushbu olim ham V. Dal singari risk tushunchasini faqat xavf
bilan
bog’lagan. Zarar ko’rish ehtimoli, noaniqlik ma’nolari chetda qolib ketgan. Chunki
qanday qilib riskka borish emas, uning natijasi bizga ko’p jihatdan muhimdir.
7. Risk – tahlika, tahdid, tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, рисковать fe’li
esa xavf ostiga qoldirishga jur’at qilmoq.
7
Bu ta’rifda ham muallif riskka faqat xavf nuqtai nazaridan yondashib, uni
xavfli ish qilish deb aytadi. Vaholanki, risk avvalo ijobiy natijani ko’zlab qilinadi.
Shunday ekan uni faqat xavf deyish to’gri emas. Bundan tashqari aksariyat
turmush tarzimizda risklaga duch kelamiz. Bu degani faqat xavf xatar bilan
yonma-yon yuramiz degani emas.
8. Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, u o’z navbatida oldindan ko’ra
bilish qiyin yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liq bo’ladi.
8
Risk haqida bildirilgan ushbu fikrda muallif yuqoridagilardan farqli ravishda
uni noaniqlik bilan bog’laydi va oldindan ko’rish qiyin voqea sifatida ta’riflaydi.
Darhaqiqat, risk oldindan aniq bilish mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liqdir.
5
В.Т. Севрук, Банковские риски, М.:Дело, 1995 г, 72 с (3 стр.)
6
Y.Abdullayev, Bank ishi, O’quv qo’llanma, T.: Iqtisod-Moliya, 2010-yil, 532 b. (403-bet)
7
Sh.Abdullayeva, Bank risklari va kreditlash, T.:Moliya, 2002 yil. 304 b.
8
В.М. Усоскин, Современный коммерчкский банк, М.:ИПЦ «Вазар-Ферро», 1994 г, 320 с
(26 стр.)
Aynan shu voqealarning oldindan baholangan natijasi bilan haqiqatdagi natijasi
orasidagi farqda risk darajasi namoyon bo’ladi.
9. Risk – bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola olmaslik yoki
zarar ko’rish ehtimolidir.
9
Haqiqatdan ham risk bu rejalashtirilgan natija va haqiqatdagi natija
o’rtasidagi farqda o’z ifodasini topadi. Ushbu farq salbiy yoki ijobiy bo’lishiga
qarab ko’zlangan daromad ham ko’payishi va kamayishi mumkin.
10. Risk – bu noqulay (yoqimsiz) hodisaning sodir bo’lish ehtimoli va uning
natijasi birlashmasidir.
10
Bu ta’rif qisqa bo’lsa-da, riskning bugungi kundagi ma’nosini oldingilariga
nisbatan kengroq ochib bergan. Chunki risk deganimizda yo’qotish yoki daromad
ko’rish ehtimolinigina emas, uning (salbiy va ijobiy) natijasini ham tushunamiz.
Risklarni o’rganishimizdan maqsad ham aynan shu natijani boshqarishdir.
11. Risk – bu korxona resurslarining bir qismini yo’qotish daromad ola
olmaslik, qo’shimcha xarajatlar qilish xavfidir.
11
Muallif riskka korxona nuqtai nazaridan yondashib, uni resurslar bir
qismining yo’qotilish yoki xarajat vujudga kelish xavfi deb tushuntiradi. Lekin
buni aynan riskning o’zi emas, balki uning natijasi deyish maqsadga muvofiq
bo’lar edi.