Referat risk va bank riski tushunchalari Tayyorladi: Boltayeva A



Yüklə 355,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix29.12.2021
ölçüsü355,25 Kb.
#48551
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7
risk va bank riski tushunchalari



 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI  

 

“BANK HISOBI VA AUDIT” kafedrasi 

 

 

REFERAT 

 

Risk va bank riski tushunchalari 

 

 

Tayyorladi:Boltayeva A 

Tekshirdi:Boltayev T 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2015-o’quv yili

 

 


Risk 

 

1. Risk – grekcha so’z bo’lib, kemalarni halokatga olib boruvchi va 

odamlarning o’limiga, mol-mulkining cho’kib ketishiga sabab bo’luvchi qoyani 

bildirib, “qoyalar orasidan shamol va boshqa to’siqlarga chap berib suzib o’tmoq” 

ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda bu so’z “xavf ostida qolmoq” degan yangi  

ma’noda qo’llanilyapti.

1

 



 

Ushbu ta’rifda muallif risk tushunchasiga umumiy yondashib, uning tarixan 

kelib chiqish o’zagini bayon qilgan. Haqiqatdan ham, bugungi kunga kelib risk 

butunlay boshqa, ya’ni xavf-xatar, tavakkal degan ma’noda qo’llanilyapti.  

 

2. Risk – italiancha risico - xavf, рисковать – qoyani aylanib o’tish degan 

ma’noni bildiradi.

2

 

 



Bu ta’rifda faqat risk so’zi va riskovat fe’lining lug’aviy ma’nolari 

keltirilgan. Ko’rib turganimizdek u ham birinchi ta’rifga o’xshash bo’lib, riskning 

tarixiy miohiyatini ifdalagan. 

 

3. Risk – insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo’lgan tarixiy 

va iqtisodiy kategoriya bo’lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda 

mumkin bo’lgan yo’qotishlar salmog’ini bildirgan hamda tarixan jamiyat 

rivojlanishi bilan odamlarning halokatdan qo’rqish darajasiga moslashib turgan.

3

 



 

Yuqoridagi ta’rifda ham riskka tarixan yondashilib, uning kishilik 

jamiyatining barchф bosqichlarida mavjud bo’lgani aytilgan. Aynan yo’qotishlar 

salmog’ining bildirgani bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Lekin 

shuni ta’kidlash lozimki, risk faqat yo’qotish ma’nosini bildiribgina qolmay, ayni 

paytda kutilmaganda foyda olish ehtimolini ham bildirishi mumkin. 

 

4. Risk – tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, рисковать fe’li esa tavakkal 

qilish, biror ishni to’g’ri mo’ljallab ko’rmay qilish, dadillik, qat’iyat bilan ish 

tutmoq, ma’lum xatarga o’zini urish demakdir. 

4

 



 

                                                           

1

 

Y.Abdullayev, Bank ishi, O’quv qo’llanma, T.: Iqtisod-Moliya, 2010-yil, 532 b. (403-bet) 



2

 

Банковские риски : учебное пособие / кол. авторов ; под ред. д-ра экон. наук, проф. О.И. 



Лаврушина и д-ра экон. наук, проф. Н.И. Вален цевой. - М.: КНОРУС, 2007. - 232 с (9 стр)

 

3



 

Sh.Abdullayeva, Bank risklari va kreditlash, T.:Moliya, 2002 yil. 304 b. (58-bet)

 

4

 



Даль В. Толковый словарь живого великорусского языка. М., 1980. Т. 4. С. 9

 



Muallif  riskka bugungi kun naqtai nazaridan ta’rif berib, uni faqat xavf 

bilan bog’lagan. Vaholanki risk o’zida xavf bilan bir qatorda noaniqlik, yo’qotish 

xususiyatlarni ham namoyon etadi. 

 

5. Risk – bu zarar ko’rish yoki manfaatni qo’ldan chiqarish bilan bog’liq 

ehtimollar o’lchamidir.

5

  



 

Bu ta’rifda risk nafaqat yo’qotish ehtimoli, balki ana shu ehtimolning qiymat 

o’lchovi ekanligi ham aytilgan. Biroq doim ham bu ehtimolning qiymat o’lchovi 

mavjud bo’lavermaydi. Shu sababli yanda kengroq ta’rif berish maqsadga 

muvofiqdir. 

 

6. Risk – sodir etilish mumkin bo’lgan tahlika yoki muvaffaqiyatli natija 

umidida tavakkalchilik qilish, tavakkal qilmoq, xavfli ishga qo’l urmoq, рисковать 

fe’li esa xav-xatardan qo’rqmay ish qilish degan ma’noni bildiradi.(S. Ojegov)

6

  

 



Ushbu olim ham V. Dal singari risk tushunchasini faqat xavf bilan 

bog’lagan. Zarar ko’rish ehtimoli, noaniqlik ma’nolari chetda qolib ketgan. Chunki 

qanday qilib riskka borish emas, uning natijasi bizga ko’p jihatdan muhimdir. 

 

7. Risk – tahlika, tahdid, tavakkal qilmoq, xavfli ish qilmoq, рисковать fe’li 

esa xavf ostiga qoldirishga jur’at qilmoq.

7

 



 

Bu ta’rifda ham muallif riskka faqat xavf nuqtai nazaridan yondashib, uni 

xavfli ish qilish deb aytadi. Vaholanki, risk avvalo ijobiy natijani ko’zlab qilinadi. 

Shunday ekan uni faqat xavf deyish to’gri emas. Bundan tashqari aksariyat 

turmush tarzimizda risklaga duch kelamiz. Bu degani faqat xavf xatar bilan 

yonma-yon yuramiz degani emas. 

 

8. Risk doimo noaniqlik bilan birga kelib, u o’z navbatida oldindan ko’ra 

bilish qiyin yoki mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liq bo’ladi.

8

 

 



Risk haqida bildirilgan ushbu fikrda muallif yuqoridagilardan farqli ravishda 

uni noaniqlik bilan bog’laydi va oldindan ko’rish qiyin voqea sifatida ta’riflaydi. 

Darhaqiqat, risk oldindan aniq bilish mumkin bo’lmagan voqealar bilan bog’liqdir. 

                                                           

5

 

В.Т. Севрук, Банковские риски, М.:Дело, 1995 г, 72 с (3 стр.)



 

6

 



Y.Abdullayev, Bank ishi, O’quv qo’llanma, T.: Iqtisod-Moliya, 2010-yil, 532 b. (403-bet)

 

7



 

Sh.Abdullayeva, Bank risklari va kreditlash, T.:Moliya, 2002 yil. 304 b. 

8

 

В.М. Усоскин, Современный коммерчкский банк, М.:ИПЦ «Вазар-Ферро», 1994 г, 320 с 



(26 стр.)

 



Aynan shu voqealarning oldindan baholangan natijasi bilan haqiqatdagi natijasi 

orasidagi farqda risk darajasi namoyon bo’ladi. 

 

9. Risk – bu rejalashtirilgan variantga nisbatan daromad ola olmaslik yoki 

zarar ko’rish ehtimolidir.

9

 

 



Haqiqatdan ham risk bu rejalashtirilgan natija va haqiqatdagi natija 

o’rtasidagi farqda o’z ifodasini topadi. Ushbu farq salbiy yoki ijobiy bo’lishiga 

qarab ko’zlangan daromad ham ko’payishi va kamayishi mumkin.  

 

10. Risk – bu noqulay (yoqimsiz) hodisaning sodir bo’lish ehtimoli va uning 

natijasi birlashmasidir.

10

 



 

Bu ta’rif qisqa bo’lsa-da, riskning bugungi kundagi ma’nosini oldingilariga 

nisbatan kengroq ochib bergan. Chunki risk deganimizda yo’qotish yoki daromad 

ko’rish ehtimolinigina emas, uning (salbiy va ijobiy) natijasini ham tushunamiz. 

Risklarni o’rganishimizdan maqsad ham aynan shu natijani boshqarishdir. 

 

11. Risk – bu korxona resurslarining bir qismini yo’qotish daromad ola 

olmaslik, qo’shimcha xarajatlar qilish xavfidir.

11

 



 

Muallif riskka korxona nuqtai nazaridan yondashib, uni resurslar bir 

qismining yo’qotilish yoki xarajat vujudga kelish xavfi deb tushuntiradi. Lekin 

buni aynan riskning o’zi emas, balki uning natijasi deyish maqsadga muvofiq 

bo’lar edi. 


Yüklə 355,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin