Referat topshirdi: Kenjayev Azizbek Qabul qildi: Jo`rayev Alisher Namangan-2017



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#117989
növüReferat
1   2   3   4   5   6
Referat topshirdi Kenjayev Azizbek Qabul qildi Jo`rayev Alishe

Somoniylar davlati 
 
 
Poytaxti
 
Samarqand

Buxoro
 
Til(lar)i 
Fors
 
Dini
 
Islom
 
Maydoni 
2,850,000 km² 


kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻlik U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib 
(590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va 
turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda kolib ketgan. 
Uning avlodlari ham oʻzlarini podshoxdar oilasiga mansub deb 
hisoblaganlar va Sosoniylar davlati
dagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo 
kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining 
(Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqkatga 
sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) 
turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida 
tilga olingan. 
Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim 
maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn 
Abdulloh lQushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan 
dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida 
dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va oʻgʻlining 
ismini amirning sharafiga Asad koʻyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va 
Ilyos i
smli ugʻillari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va 
Rofi ibn Lays koʻzyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga 
alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). 
Xususan, Nuh 
— Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo — 
Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib t`ayinlanadi. Ular 
dastlab Xuroson amirlari boʻlgan tohiriylarga tobe boʻlgan va harbiy kuch 
toʻplab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qoʻriqlab turishgan, 
shuningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. 
Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni oʻziga tobe qiladi. Shunday 
qilib, akaukaning toʻngʻichi boʻlgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sugʻdning 
katta qismini, shuningdek, Fargʻona va boshqa bir qancha shaharlarni oʻz 
hokimiyati ostida birlashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi 
yetakchilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga oʻtadi. Uning 7 ta oʻtli 
boʻlib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy 
shaharlarida 
hokimiyatni oʻz qoʻllariga oladilar. Faqat Buxoro sh. tohiriylar 


qoʻlida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli boʻlgan Hirot 
shahrida ham hokimiyat S.ning qoʻlidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati 
tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va 
tartibsizliklar yuz berdi. Shunda S. oilasining boshligʻi boʻlgan Nasr ibn 
Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn 
Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham S qoʻliga oʻtib, 
ularning qudrati y
ana ham ortdi. Nasr davrida S turklarning Shovgʻar 
shahriga yurish qiladilar. Deyarli butun Oʻrta Osiyo yerlari ularning 
hrkimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshligʻi Nasr xalifa 
alMuʼtamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.). 
Koʻp oʻtmay Ismoil akasi Nasrga boʻysunishdan bosh tortib, unga qarshi 
koʻshin tortadi. Akauka qoʻshinlari orasida boʻlib oʻtgan jangda (888 y.) Nasr 
magʻlubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni oʻz 
qoʻliga oladi. U Taroz shahriga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va 
natijada boy Shalji kumush konlariga egalik kidali. Oʻsha yilning oʻzida 
Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulolasining oxirgi vakillarini yoʻq qiladi va 
viloyatni butkul oʻzining hokimiyatiga boʻysundiradi. S.ning kuchayib 
borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan chetlatib, 
oʻrniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898 y.). Amr 
qoʻshin bilan Movarounnahrga yoʻl olganda, Ismoil unga qarshi chiqib, bir 
necha jangdan keyin uni magʻlubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada 
safforiylarta qarashli boʻlgan Xurosonni ham oʻz yerlariga qoʻshib oladi. 
Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan 
Xurosongacha boʻlgan yerlarni oʻz hrkimiyati ostida birlashtirdi. Ismoil ibn 
Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qoʻliga oʻtdi: 
Ahmad ibn Ismoil (907
—914 yillar), Nasr ibn Ahmad (914—943 yillar), Nuh 
ibn Nasr (943-954 yillar), Abdulmalik ibn Nuh (954
—961 yillar), Mansur ibn 
Abdulmalik (961
—976 yillar), Nuh ibn Mansur (976—997 yillar), Mansur ibn 
Nuh (997
—999 yillar), Abdulmalik ibn Mansur (999—1000 yillar). Shundan 
keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qoʻliga oʻtib, S. 
hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil alMuntasir (1000
—1005 


yillar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, S. hokimiyatini 
tiklashga urindi, lekin natija boʻlmadi va oxiri oʻzi ham oʻldirildi. Shu bilan S. 
sulolasi tarix sahnasidan butunlay ketdi. 
Maʼmuriy boshqaruv tizimi. S. sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir 
deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy 
boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, 
Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy 
va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. S.da vazir devonidan tashqari 
10 devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta 
bino qurilgan edi. S.ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, 
aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va 
fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan 
xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb 
atashgan. Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa 
sipoxsolor deb atalg
an boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir oʻtkazib 
kelishgan. S.ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. 
dirhamni tashkil qilgan boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv 
tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga sarflangan. 
Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta 
muntazam ravishda berib turilgan.
X-asr boshida S. hukmronligi ostidagi mulklar quyidagi viloyatlardan 
tashkil topgan: Buxoro, Samarqand, Ustrushona, Fargʻona, Shosh, Isfijob, 
Xorazm, Kesh, Nasaf, Chagʻoniyon, Xuttalon, Badaxshon, Balx, Tohariston, 
Guzganon, Gʻarchiston, Marv, Hirot, Gʻur, Nishopur va Goʻrgon. 
Viloyatlarda boshqaruv gʻokimlar qoʻlida boʻlib, ular amir tomonidan 
tayinlangan. Bu mansabga koʻpincha mahalliy yer egalari va viloyat 
hokimlari xonadoni vakillari tayinlanar edi. Shaharlarning boshqaruvi raislar 
qoʻlida boʻlib, ular hokimlar tomonidan tayinlangan. Mas, S. hukmronligi 
davrida Tohariston shaharlarida banichuriylar sulolasi, Xurosonda 
simjuriylar sulo
lasi, Guzganonda farigʻuniylar sulolasi, Xorazm va Isfijobda 


mahalliy turkiy sulolalar, shuningdek, Chagʻoniyon, Gʻazna, Sijiston, Gʻur va 
Gʻarchistonda mahalliy sulolalar hukm surgan. 
S.ning saroy maʼmuriyati ichidagi amaldorlarning bir qismini forelar, 
qolgan qismini mahalliy turkiylar tashkil etgan. Viloyatlarda ham xuddi 
shunday ahvol kuzatilgan. Harbiy va mudofaa ishlari toʻla turkiylarning 
qoʻlida boʻlgan. 10-a. ga kelib Isfijob, Taroz va boshqa shaharlarning turkiy 
aholisi koʻplab islom dinini qabul qilganliklari tufayli S.ning boshqaruv 
tizimida ularning salmogʻi oshib ketgan. Xususan, Alptegin, Sabuktegin, Alp 
Arslon, Alitegin, Simjuriy, Bektuzun, Qorategin, Ayach, Altuntosh, Banichur, 
Tosh singari mashqur tarixiy shaxslar va ularning avlodlari shular 
jumlasidandir. Shuningdek, turli viloyatlar va shaharlarni Inaj, IlMangu, 
Sabukra, Boyqaro, Alxunmish, Boytuz, Tuztosh, Kunbosh, Suboshitegin, 
Kamtegin, Fayozbek, Xumorbek, Xumortosh, Oytugʻdibek, Bilgategin, 
Fategin, Shukrtegin, Aytugʻmish va boshqa gʻukmdorlar boshqargan. 
Hokimiyat S. qoʻlidan ketib, qoraxoniylar qoʻliga oʻtgandan keyin 
ularning deyarli barchasi ikkilanmay yangi hukmdorlar xizmatiga oʻtishgan. 
Shuning uchun Bugʻroxon 992 yilda Isfijobdan yurish qilib, Samarqand va 
Buxoroni egallagand
a, unga hech kim qarshilik koʻ)|satmagan. Chunki 
mahalliy aholi, shu jumladan, amaldorlar ham, ularga Movarounnahrning 
arablargacha boʻlgan asl egalari sifatida va endi islom dinini qabul qilib, oʻz 
yerlariga qaytib kelgan hukmdorlar deb qaraganlar. 
Shunday qilib, S boshqaruv tizimi aniq va mukammal ravishda 
tuzilgan boʻlib, oʻzida davlatchilikning oʻsha davrda eng ilgʻor anʼanalarini 
mujassamlashtirgan. Lekin qonunchilik nuqtai nazaridan S. hukmronligini 
teng huquqli mustaqil davlat sifatida qarash haqiqa
tga toʻgʻri kelmaydi. 
Chunki u davrda, yaʼni 9— 10-a.larda, Abbosiylar xalifaligida markaziy 
hokimiyat zaiflashib, viloyatlardagi mahalliy hokimiyat kuchaygani va deyarli 
mustaqil ichki siyosat olib borgani bilan, barcha mahalliy sulolalar, shu 
jumladan, S
. ham, rasman boʻlsada, Bagʻdod xalifalariga boʻysungan edilar. 
Ular faqat maʼmuriy boshqaruvda va xoʻjalik ishlarini yuritishda xalifalar 
tomonidan berilgan keng huquklar va oʻzini oʻzi boshqarish vakolatlariga 


ega boʻlganlar. Shariat nuqtai nazaridan gʻam, xalqaro huquq nuqtai 
nazaridan ham, Xuroson va Movarounnahr maʼmuriy jihatdan Abbosiylar 
xalifaligining ajralmas qismi, S. esa xalifalarning shu viloyatlardagi 
hokimiyatni boshqarish uchun tayinlangan voliylari hisoblangan. Demak, 
S.ning hukmronligi davlatchilik sifatida emas, balki Abbosiylar xalifaligining 
tarkibida Bagʻdoddan tayinlangan va nisbatan mustaqil ichki siyosat olib 
borgan mahalliy hukmdorlar sulolasining hokimiyati sifatida baholanishi 
mumkin. 
Madaniyati. S. boshqaruvtizimining tashkil topishi siyosiy barqarorlik 
va iqtisodiy koʻtarilish, madaniy hayotning ravnaqiga imkon berdi. Buxoro, 
Samarqand, Urganch, Marv va Nishopur kabi shaharlar ilmiy va madaniy 
markaz sifatida taraqqiy qila boshlaydi. Forsiydariyda nazm, nasr va ilmiy 
asarlar yozila boshlandi. 9
—10-a. larda, ayniqsa, Buxoro sh. madaniy 
jihatdan yuksaladi. Poytaxtda amir saroyida turli sohalarga oid qoʻlyozma 
kitoblar saqlanadigan kattagina kutubxona barpo etiladi. 
Movarounnahrda meʼmorlik va sanʼat yangi taraqqiyot bosqichiga 
oʻtdi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Oʻzgan va Marv 
kabi shaharlarda koʻplab saroy, masjid, Madrasa, minora, xonaqoh, 
maqbara, tim va karvonsaroylar qurildi. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin