olishga va unga hukmdorlik yorligʻini yuborishga majbur boʻladi. Shunday
qilib, IX asr oxirlarida Movarounnahr Arab xalifaligi istibdodidan abadiy xalos
boʻldi. Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni oʻz qoʻli ostida kuchli bir davlat
qilib birlashtirdi. Xurosonda tashkil topgan Safforiylar davlatiga barham berdi
va uni oʻz davlatiga qoʻshib oldi. Natijada poytaxti Buxoro shahri boʻlgan
zamonasining eng yirik mustaqil feodal davlati tashkil topdi.
Bu davlatni
somoniylar xonadonidan boʻlgan hukmdorlar — amirlar X asr oxirlarigacha
idora qiladilar.
Movarounnahr
mustaqilligining
barqarorligi
awalambor
markazlashgan mustahkam hokimiyatning qaror topishiga bogʻliq edi. Buni
yaxshigina anglagan somoniylar oʻz tasarrufidagi ulkan mamlakatni
boshqarishda dastawal ixcham davlat maʼmuriyatini tashkil etdilar. U podsho
dargohi va devonlar
— markaziy hokimiyatdan iborat edi. Dargohda amir
xarami va qarorgohi hamda saroy aʼyonlari, navkar va xizmatkorlarining turar
joylari boʻlardi. Narshaxiyning yozishicha, Somoniylar davlati asosan vazir,
mustavfiy, amidul mulk, sohibi shurat kabi oʻnta devonlar boshqaruvida idora
etilardi. Ular orasida vazir devoni bosh boshqaruv mahkamasi hisoblanar va
davlatning maʼmuriy, siyosiy va xoʻjalik tartiboti
uning bevosita nazorati
ostida tutib turilardi. Barcha devon boshliqlari vazirga tobe edi. Nasr II
(914
—943) davrida Buxoroning Registon maydonida podsho qasri
qarshisida devonlar uchun saroy qurilib, davlat mahkamasi inana shu
maxsus binoga joylashgan edi. Mahkama xizmatchilari faqat saroy ahli,
ruhoniy va zodagon dehqonlardan boʻlibgina qolmasdan,
shu bilan birga
muayyan bi
limlarga ega boʻlishi shart edi. Odatda, ular arab, fors tillarini
puxta egallab olgan. Qur’onni va shariatning asosiy qoidalarini yaxshi
biladigan turli fanlardan birmuncha xabardor boʻlgan savodli asilzodalardan
tanlab olingan. Shubhasiz, bu oʻrta asrlarnmg oʻziga xos feodal-amaldorlik
madaniyati edi. Qadimiy anʼanalarga asoslangan bu madaniyat somoniylar
davrida ancha-muncha boyitilgan edi. Markaziy
mahkama viloyatlardagi
mahalliy boshqarmalar bilan doimiy aloqada boʻlgan. Viloyatlarda barcha
devonlarnin
g vakillari boʻlgan. Viloyat devonlari bir tomondan mahalliy
hokimga, ikkinchi tomondan esa, markaziy mahkamaning tegishli devoniga
boʻysunar edilar. Viloyat hokimlari baʼzan vazir deb yuritilardi.
Mansabdorlarning xizmat haqi uchun davlatning yillik daromadi (budjeti) ning
deyarli yarmi sarf etilar edi. Shu bilan birga X asrlarda yirik
mansabdorlarning davlat oldidagi xizmati uchun yer va suvdan iborat katta-
katta mulklar inʼom qilina boshlaydi. Ayniqsa u XI asrda keng yoyiladi.
Bunday mulkka „iqtoʻ“, unga ega boʻlgan mulkdorlar „muqtoʻ“ yoki „iqto 'dor“
deb yuritilardi. Iqtoʻ
tarzida esa ayrim viloyat, voha yoki shaharlar va
tumanlar hadya etilgan. Iqtoʻ dastawal asosan oliy tabaqa zodagonlar:
sulolaʼ aʼzolari—amirzodalar va yirik mansabdorlarga inʼom etilgan. Iqtoʻ
mulklari awalda bir umrga emas, balki maʼlum muddatga berilib, nasldan-
naslga oʻtkazilmagan. Iqtoʻdorlar hadyaga berilgan mulklarga hali toʻla egalik
qila olmaganlar. Ular iqtoʻ yerlaridan tushadigan daromad yoki uning maʼlum
qisminigina yigʻib olish huquqiga ega boʻlganlar, xolos. Butun bir viloyat iqtoʻ
qilib berilgan noib
— vazirga baʼzan oʻz nomi bilan chaqa pul zarb etish
huquqi ham berilar edi.
Bu shubhasiz, 0’z navbatida markaziy hokimiyatni
kuchsizlantirib, mahalliy hokimlarning boshboshdoqlik harakatlarining
kuchayishiga olib edi.
Dostları ilə paylaş: