etilib, din peshvolari va islom ulamolarining rahnamosi „shayxulislom“ nomi
bilan yanada ulugʻlandi. Ustoddan keyin „xdtib“ lar turardi. Somoniylar islom
mafkurasining rivojiga katta ahamiyat beradilar. Masjid, madrasa va
xonaqolar qurish uchun maxsus joylar va ularning sarf-u xarajatlari uchun
katta-katta mulklar ajratilib beriladi. Natijada diniy muassasalar tasarrufidagi
yerlar kengayib, yangi turdagi diniy-
feodal xoʻjaligi tarkib topadi.
Somoniylar davlatida mudofaa ishlari
Somoniylar tashqi va ichki dushman xurajlaridan mamlakatni
muhofaza qilish masalasiga katta eʼtibor beradilar, Xususan Ismoil Somoniy
yaxshi qurollangan harbiy qoʻshkuva maxsus saroy muntazam sarbozlar
qismini tuzadi. Muntazam sarbozlar oliy dargoh va shaxsan armrni hamda
uning xaramini qoʻriqlash uchun turk gʻulomlaridan tuzilgan edi. Turkiston va
Movarounnahr harbiy xizmatchi, mohir chavandoz turk oʻsmirlarini qadimdan
doimiy ravishda
voyaga yetkazib kelgan boʻlsa ham,
ammo faqat
somoniylargina turk yigitlarini birinchilar qatorida saroyning shaxsiy
sarbozlari safiga tortgan edilar. Saroy sarbozlariga qabul qilingan oʻspirin
turk gʻulomining harbiy xizmati maʼlum muddatga va qatʼiy belgilangan
tartibda oʻtar edi. Yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar „hojib“ lavozimiga
koʻtarilg Hojiblarning boshligʻi „hojibul hujob“ yoki „hojibul buzruk“ deb
yuritilar edi. Sunday unvon Somoniylar davlati saroyidagi oliy unvon
hisoblanardi. Hojiblar, ayniqsa hojib-ul hujob saroyda katta nufuzga ega edi.
U saroyda turar va dargohning ishlarini boshqarar edi. Somoniylar
sarbozlardan tashqari ozod mehnat ahlidan tuzilgan harbiy qoʻshinlarga ega
edilar. Harbiy qoʻshin va uning taʼminoti bilan „ariz“ boshliq
devoni ariz deb
atalgan maxsus mahkama shugʻullanar edi. Ariz qoʻshinlarga maosh berar,
uning intizomi, yarogʻ-aslahasi, oziq-ovqati va otlarining yem-xashagi
taminoti bilan shugʻullanar edi. Qoʻshinlarga xizmat haqi har uch oyda, yaʼni
yiliga toʻrt marta toʻlanar edi.
Shunday qilib, IX
—X asrlarda Movarounnahr va Xurosonda
Somoniylar davlati tashkil topdi. Oʻrta asrlar mulkchilik zamonining bu yirik
davlatini boshqarishda hukmdor xonadon
Sharqning qadimiy davlat
boshqaruvi anʼanalariga suyanib, muntazam harbiy qism va kuchli harbiy
qoʻshinlarga ega boʻlgan markazlashgan boshqaruv mahkamasini tashkil
qildi. Oʻrta asrlarning bu yirik davlati oʻzining boshqaruv tizimi jihatidan
shubhasiz Oʻrta Osiyoda yirik mulkdorlar davlatchiligining shakllanishi va
taraqqiyo
ti tarixini oʻrganishda alohida ahamiyat kasb etadi.
XULOSA
Xulosa
qilib shuni aytamanki, O’zbekiston tarixida Somoniylar
davlatining o’rni beqiyos bo’lib bu davlatga asos solgan Ismoil Somoniydir.
U o’rta asrlarning qobiliyatli, shijoatli, serg’ayrat va nihoyatda zukko
tajribalari davlat arbobi edi. So’zimning isboti
mamlakatni boshqarishda
birinchi qilgan ishi mamlakat tinchligi edi,
ya’ni mamlakatga xavf solib
turgan ko’chmanchi qipchoqlardan hududni tozaladi. Va Ismoil o’zini “men
tirik ekanman,
Buxoro devori menman “ degan gaplari so’zimning isboti. U
Movarounnahr tarixida 1-
bo’lib markazlashgan davlatga asos solgan. Uning
davrida islom dini ham rivoj topdi.
Somoniylar davridan boshlab islom dini bilan shug’ullanuvchi ustod
atamasi shayxulislom nomi bilan almashtirilgan.Mudofaa ishlari,qishloq
xo’jaligi ishlari,chorvachilik va hunarmandchilik keng rivoj topdi.Bu davrdan
boshlab yer egaligining yangi turi ya’ni “iqto’” yerlar berila boshladi,bu yerlar
davlat ishlari uchun ba’zi kishilarga beriladigan sovg’a yerlar hisoblanib ,u
merosiy emas edi va bu unvon sohiblari davlatga soliq to’lar edilar.
Keyinchalik Qoraxoniylar davriga kelganda esa bunday iqto’ yerlar maydoni
kengaya bordi va merosiy mulkka ayala boshladi. Yer egaligining
shakllaridan biriga aylana bordi. Ichki va tashqi
savdoda ham rivojlanish
sodir bo’ldi. 4 xil tanga pullar zarb qilina boshladi. Bu davrdan boshlab
tashqi savdoda
Dostları ilə paylaş: