Bu davrda
Movarounnahrning
Samarqand
,
Fargʻona
,
Toshkent
va
Ustrushona
viloyatlarida noiblik qilayotgan somoniylar xonadonining siyosiy
hayotida
ham asta-
sekin birmuncha oʻzgarisÛar yuz beradi. Yurtga awal
Nuh, soʻngra Ahmad boshchilik qiladi. Har biri oʻz hukmronligi davrida oʻz
nomlaridan misdan chaqalar zarb etadilar.
Ahmad vafotidan (
865-yil
) keyin uning oʻgʻli Nasr Samarqandni
markazga aylantiradi. Buxoro vohasi, Naxshab (
Qashqadaryo
), Chagʻonrud
(
Surxondaryo
) vodiylaridan tashqari Movarounnahrning
barcha viloyatlarini
birlashtirish va uni
Xurosondan
ajratib olish choralarini koʻradi. Tohiriylar
davlatining barham topishi bilan vaziyat tubdan oʻzgarib, istiqlol uchun qulay
sharoit paydo boʻladi. Oʻz holiga tashlab qoʻyilgan
Buxoro ahli hatto
saf
oriylarga tobe boʻlishni xohlamaydi. Shahar zodagonlari somoniylarga
murojaat qilib, Samarqandga Nasr huzuriga elchilar yuboradilar,
undan
Buxoroni oʻz qoʻl ostiga olishni va somoniylar xonadonidan bir kishini
Buxoroga hokim qilib yuborishni soʻraydilar. Nasr bu taklifni mamnuniyat
bilan qabul qilib, ukasi Ismoilni (874) Buxoroga noib qilib yuboradi.
Shunday qilib, IX asrning oxirgi choragida
Movarounnahrning deyarli
barcha viloyatlari somoniylar tasarrufiga oʻtib, u oʻz mustaqilligini tiklab oladi.
Xuddi shu vaqtdan boshlab Nasr oʻzini butun Movarounnahrning boshlig'i
deb hisoblay boshlaydi. Garchi ukalari Shosh viloyatining noibi Yoqub va
Fargʻona hokimi Asadlar oʻz nomlari bilan chaqa pul zarb etib
oʻzboshimchalik
qilsalar ham, ammo u somoniylar hukmronligi tarixida
birinchi boʻlib kumush dirham zarb etadi. Kumush tangalar chiqarish davlat
mustaqilliginmg ramzi hisoblanib, to shu vaqtgacha
xalifalik viloyatlarida
faqat tohiriylargina bunday dirhamni zarb etish huquqiga ega edilar.
Shunday boʻlsa-da, Buxoro noibi Ismoil akasi Nasrga itoat qilishni istamaydi.
Oʻziga berilgan viloyatni mumkin qadar iqtisodiy jihatdan mustaqil idora
qilishga intiladi. Samarqandga Nasrning xazinasiga yuboriladigan har yilgi
soliqlarni turli bahonalar bilan toʻxtatib qoʻyadi. Natijada aka-uka oʻrtasida
adovat paydo boʻladi. U
888-yildagi
jangga olib keladi.
Jangda Nasr
qoʻshinlari tor-mor keltiriladi. Shu yildan boshlab Ismoil butun
Movarounnahrni birlashtirib, uning yagona hukmdori boʻlib oladi.
Dostları ilə paylaş: