vositasiga - nutq orqali bilish qobiliyatiga ega.
Shuning uchun ham Alisher Navoiy barcha
mahluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini
ta’kidlaydi.
Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi
o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli
bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha
shaxslar orasida (dialog) yuz beradi.
Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va
boyib boradi.
Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga
qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi.
Nutq ikki shaklda bo‘ladi.
1.
Og‘zaki nutq. 2.Yozma nutq.
Og‘zaki nutq o‘zaro muomala tilidir, undan o‘zaro suhbatlarda, ma’ruzalarda,
radioda, telefonda, uy va oila muomalasida foydalaniladi. Har ikki nutq shakli
oldiga bir xil talablar qo‘yiladi.
So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (hol-
xol, yod-yot, sof-sop, sher-she`r va b.), gapda so‘zlarni tartib bilan joylash kabilar
vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda
yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay, «g‘o‘za terildi», «paxta gulladi»
deyish xatodir.
Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish (gishtin
polli, zamonaviy bino; dadam va opam keldi...);
so‘zlarni to‘g‘ri bog‘lash (qaror yozildi - qarorni
emas), takror va keraksiz ifodadan qochish (
turgan
joyida turib qoldi), qo‘shma gapni me’yori bilan
tuzish, chet so‘zlarni zo‘rma-zo‘raki - ehtiyojsiz
ishlatish nutqni g‘aliz, mantiqsiz qiladi.
Fikrning aniq va
tushunarli bo‘lishi,
jumlaning to‘g‘ri,
ravon hamda ta’sirli
tuzilishi har qanday
nutqning bosh
fazilatidir.
Til va nutq umumiylik - xususiylik, imkoniyat - voqelik, mohiyat-hodisa
qarama-qarshiligini o‘zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi, bunday zidlanish har
bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o‘z ifodasini topadi.
Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi. Hali voqelanmagan
imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi
ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi - til, shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida
bevosita namoyon bo‘lishi, voqelanishi - nutqdir.
Tilning fonetik sathi birligi fonema bo‘lsa,
fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan
eshitilgan ko‘rinishi fon (allofon) yoki tovush
hisoblanadi.
O‘zbek tili aloqa-munosabat vositalaridan
biridir. 1989-yilning 21- oktabr kuni o‘zbek tiliga
davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’lim-
tarbiya ishlari, majlislar, ish qog‘ozlari, asosan,
o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi. 1995-yil 21-
dekabrda Oliy Kengash mazkur «Davlat tili»
haqidagi Qonunni yangi tahrirda qabul qildi.
Qonunning 2-moddasida ko‘rsatilishicha, “O‘zbek
tiliga Davlat tili maqomining berilishi Respublika
hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona
tilini
qo‘llashdan
iborat
Konstitutsiyaviy
huquqlariga monelik qilmaydi”.
So‘zlovchi va tinglovchi
o‘rtasidagi axborot
uzatish va axborotni
qabul qilish faoliyati
nutqiy faoliyat sanaladi.
Nutqiy faoliyat muayyan
jamiyatning aloqa
vositasi hisoblanuvchi
til yordamida yuzaga
chiqadi
.
Dostları ilə paylaş: