Referati mavzu: Mustaqillik yillarida O'rta Osiyo allomalari, shaharlari, tarixiy obidalar yubileylarining nishonlanishi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə1/6
tarix24.01.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#80522
növüReferat
  1   2   3   4   5   6
Abdurashidova Noilaxon tarix referat2



Farg'ona davlat universiteti
Filologiya fakulteti O'zbek tili yo'nalishining
1-bosqich 22.93-guruh talabasi
Abdurashidova Noilaxonning
O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan
mustaqil ta'lim uchun tayyorlagan
REFERATI
Mavzu: Mustaqillik yillarida O'rta Osiyo allomalari, shaharlari, tarixiy obidalar yubileylarining nishonlanishi
Reja:
1. Tarixiy xotiraning tiklanishi. O'rta Osiyo allomalaring yubileylari
2.O'zbekistonning tarixiy shaharlar yubileylari
3. Tarixiy obidalar- ma'naviyatimiz ko'zgusi

O'rta Osiyo allomalari yubileylarining nishonlanishi.O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalash edi. O‘zbekiston suveren davlat sifatida ijtimoiy-siyosiy hayotda ma’naviy yangilanish jarayonini amalga oshirmasdan mustaqillikni har tomonlama mustahkamlab bo‘lmasligini hayotning o‘zi ko‘rsatdi. Shuning uchun ham mamlakat rahbariyati istiqlolning dastlabki paytidanoq bu borada zarur choralar ko‘rdi. Tarixiy tafakkurning rivojlanishi ma’rifat asosida, ma’rifatli bo‘lish negizida sodir bo‘ladi. 1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550-yilligi keng nishonlandi. Bu to‘yga respublikada katta tayyorgarlik ko‘rildi va u xalqning katta madaniyat bayramiga aylandi. Uning yigirma jildlik mukammal asarlar to‘plami nashr etila boshlandi.Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi.Alisher Navoiy nomida Davlat mukofoti ta’sis etildi. Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda ulug‘ bobomizning muhtasham haykali qo‘yildiki, bu joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. Navoiy haykali Komsomol ko‘li deb nomlangan istirohat bog‘iga o‘rnatildi va bog‘ Alisher Navoiy nomidagi milliy bog‘ deb ataladigan bo‘ldi.


1-rasm. Alisher Navoiy nomidagi institut; 2-rasm.Alisher Navoiy Milliy bog'i;
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug‘bek yili, deb e’lon qilinishi, uning 600-yilligini O‘zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, YUNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir. 1996-yil Amir Temur tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi. Islom Karimov «1996-yilni Amir Temur yili» deb atash to‘g‘risida farmon qabul qildi. «Temur tuzuklari» bir necha tilda chop etildi. O‘sha davr tarixiy madaniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Juda qisqa fursatda, Toshkentda bobokaloni-mizning dunyoviy sha’ni va shavkatiga mos keladigan Amir Temur va temuriylar davr tarixi muzeyi qurildi.


Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin