Referati mavzu: Mustaqillik yillarida O'rta Osiyo allomalari, shaharlari, tarixiy obidalar yubileylarining nishonlanishi


yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi



Yüklə 1,4 Mb.
səhifə4/6
tarix24.01.2023
ölçüsü1,4 Mb.
#80522
növüReferat
1   2   3   4   5   6
Abdurashidova Noilaxon tarix referat2

1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;

  • 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi;

  • 1993 yil – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi;

  • 1994 yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi;

  • 1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;

  • 1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi;

  • 1998 yil – Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi;

  • 1999 yil – “Alpomish” dostoni yaratilganligining 1000 yilligi;

  • 2000 yil – Burxoniddin Marg‘iloniy tavalludining 910 yilligi;

  • 2000 yil – Kamoliddin Bexzod tavalludining 545 yilligi;

  • 2001 yil – “Avesto” yaratilganligining 2700 yilligi;

  • 2002 yil-Termiz shahrining 2500 yilligi;

  • 2005 yil-Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi;

  • 2006 yil-Qarshi shahrining 2700 yilligi;

  • 2007 yil-Samarqand shahrining 2750 yilligi;

  • 2007 yil-Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi;

  • 2009 yil-Toshkent shahrining 2200 yilligi

    Islom olamining allomasi Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Maxmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Boxovuddin Nakshbandiyning 675 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. Ularning boy asarlari nashrdan chiqarildi.Barcha viloyatlar va shaharlarda xar yili Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, «Alpomish» dostoni yaratilishining 1OOO yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, bahslar tashkil etildi.Ma’naviy hayotni takomillashtirish maqsadida Imom al-Buxoriyning yubileyiga bagishlab, Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi o‘rinda turadigan «Al-jome’ as-sahiyh» (Ishonarli to‘plam), «Al-adab al-mufrad» (Adab durdonalari) o‘zbek tiliga tarjima kilinib, nashrdan chiqarildi.1998 yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Axmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi jahon miqyosida keng nishonlandi. Respublikada yubileylar munosabati bilan allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar va badiiy ko‘rgazmalar ochildi.Dunyoda hech bir xalq o‘zbeklarchalik buyuk madaniy va ma’naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xaritani ochish, uni o‘rganish, undan bahramand bo‘lish imkoniyati tug‘ildi.
    Tarixiy obidalar - ma'naviyatimiz ko'zgusi. O'zbekiston mustaqillikka erishgach, ajdodlarimizdan qolgan madaniy tarixiy merosga e'tibor kuchaydi, tarixiy yodgorliklar davlat nazorati ostiga olindi. Istiqlol yillarida Buxoro, Samarqand, Termiz, Xiva, Toshkent. Qo'qon. Shahrisabz kabi shaharlarda ulug' ajdodlarimizning yuksak iste'dodi bilan bunyod etilgan obidalar o'zining haqiqiy qadr-qimmatini topdi, ularni ta'mirlash va asl qiyofasini tiklash davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.Toptalgan tariximiz, qutlug' qadamjolar, hatto nomlari ham unutilayozgan obidalar ta'mirlandi, qayta tiklandi. Imom al Buxoriy, Imom at-Termiziy, Abu Mansur al-Moturudiy, Ahmad al-Farg'oniy, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy kabi ulug' allomalarimizning sha'nlariga munosib yodgorlik majmualar yaratildi. Toshkent, Samarqand va Shahrisabzda Sohibqiron Amir Temur, Toshkentda Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Urganchda Jaloliddin Manguberdi, Termizda Alpomish haykallari qad ko'tardi.Bugungi kunda mamlakatimizda yetti mingdan ortiq yodgorlik, shu jumladan, 2500 ta me'moriy obida, 2700 tadan ortiq monumental san'at asari davlat muhofazasiga olingan. 1991 yildan Xivadagi Ichonqal'a qo'riqxonasidagi, 1993 yildan Buxoro shahri markazidagi, 2000 yildan Shahrisabz shahri markazidagi yodgorliklar Yuneskoning "Umumjahon madaniy merosi" ro'yxatiga kiritildi.Mustaqillik yillarida qayta tiklangan muqaddas qadamjolardan biri bo'lgan Oqmasjid Xiva shahrida joylashgan. Bu masjidni ulug' zotlardan biri Sayyid ota bunyod etganlar. Qariyalarning aytishiga ko'ra, 1380-1390 yillarda bunyod etilgan Oqmasjid istiqlol davrida xalqimizning muqaddas ziyoratgohiga aylanib, yaxshilik va ezgulikka, tinchlik va osoyishtalikka. O'zaro ahil va hamjihatbo'lishga xizmat qilmoqda.


    Yüklə 1,4 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin