3. Abu Ali ibn Sinoning satsialogik qarashlari. Sharq va Obropada marifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa qoshganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshligi», Ovropada «Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bolgan allomalardan biri orta asr buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, ruhshunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, talim – tarbiya sohalarida ijod etgan va dunyoga mashhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at - tayr», «Risolat fi-l-ishq» («Ishq haqida risola»), «Risolat fi mohiyat as-salot» («Nomozning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi mano ziyorat» («Ziyorat qilishning manosi haqida»), «Risolat fi - daf al – gam min al mivt» («Olimdan keladigan gamni daf qilish haqida risola»), «risolat al-qadr», «An-Najot», «Ash Shifo», «Donishnoma», «Kitob ash - ishorat» va at tanbihot asarlari shular jumlasidandir. Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham taxlil etadi va har biriga tarif beradi : masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega boladi, yomon illatlardan ozini tiyib, yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi ijobiy, axloqiy hislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi – muhabbat, motadillik, aqlilik, ehtiyotkorlik, qatiyatlilik, sadoqat, intilish, uyatchanlik, ijrochilik va boshqalarni kiritadi.yaxshilikni mustahkamlaydi
Abu ali ibn Sino kamolotga erishishning birinchi mezoni sanalgan marifatni egallashga davat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Bu maqsadga yetishish uchun inson qiyinchiliklardan qorqmasligi zarur, deydi. «Ey birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qorqmaydi. Kamolot hosil qilishdan bosh tortgan kishi odamlarning eng qorqogidir». Zero, marifatli kishi jasur, olimdan ham qorqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan boladi, deydi u fikrini davom ettirib. Bilimsiz kishilar johil boladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni yetuk bolmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish kerakligini takidlaydi. U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bolish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson oz bilimining haqiqiyligini bilishi uchun mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning talim metodlari haqidagi talimoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish va tajribalarga tayanish kerak degan goya yotadi.
Ibn Sino bolani maktabda oqitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga oqitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka oqitishga qarshi bolgan. Bolani maktabda jamoa bolib oqishini foydasi quyidagicha ifodalangan:va tarbiyalanishi lozim deb Agar oquvchi birga oqisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir- biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi oqishning yaxshilanishiga yordam beradi. Ozaro suhbatda ouvchilar bir-biriga kitobdan oqib olganlari, kattalardan eshitganlarini hikoya qiladilar. Bolalar birga toplanganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, dostlashadilar, oquv materiallarini ozlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, bir- biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar
Bilim olishda bolalarni maktabda oqitish zarurligini qayd etar ekan, talimda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini takidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qoymaslik; bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qoymaslik; talimda yengildan ogirga borish orqali bilim berish;borish orqali bilim berish talimda yengildan ogirga borish orqali bilim berish;borish orqali bilim berish olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bolishi; oqitishda jamoa bolib maktabda oqitishga etibor berish; bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; oqitishni jismoniy mashqlar bilan qoshib olib borish
Bu talablar hozirgi davr talim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Yuqoridagi masalalarga ozining «Tadbiri manzil» asarida maxsus bolim bagishlaydi. «Bolani maktabda oqitish va tarbiyalash» («Omozish va parvarish madrasa farzand») bolimida talim va tarbiya jarayonini ochib beradi.
Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yengil-yelpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi. Talabaga bilim berish oqituvchining masuliyatli burchidir. Shunga kora ibn Sino oqituvchining qanday bolishi kerakligi haqida fikr yuritar ekan, shunday yol-yoriqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat: bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bolish; berilayotgan bilimning talabalar qanday ozlashtirib olayotganiga etibor berishi; talimda turli metod va shakllardan foydalanishi; talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi;bilimlarni egallash qobiliyati fanga qiziqtira olishi;
berilayotgan bilimlarning eng muhimini ajratib bera olishi; bilimlarni talabalarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berishi; har bir sozning bolalar hissiyotini uygotish darajasida bolishiga erishishi zarur, deydi olim Ibn Sino talimotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u ogzaki ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli korinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bolgan.bilimlarni tushuntirishmi Demak, «Hay ibn Yaqzon» mantiq ilmiga bagishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Shuningdek, insondagi yomon illatlarni ham bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql – tafakkur quvvatining yomon illatlardan qutilishi, ozligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy asargini bolib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.
Qanoat va motadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, aqllilikni gazab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, uyatchanlik ijrochilik, achinish, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.hissiy quvvatiga kiritadi Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson ozini tamagirlikdan tiysa, motadillikka rioya qilsa, ozida xirsning namoyon bolishini yengadi, inson yomon ilatlarni yengishda oz imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi. Ibn Sino har bir axloqiy hislatning tarifini beradi: motadillik – tan uchun zaruriy oziq va xulq mayorlariga togri kelmaydigan ishlarni qilmaslik; Sahiylik – yordamga muxtoj kishilarga komaklashuvchi insoniy quvvat;insoniy quvvat Gazab – biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik – inson oz boshiga tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat; Aqillilik – biror ishni bajarishda shoshma – shosharlikdan saqlovchi quvvat deydi. Ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy manosini tezlik bilan tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob – uqibatga duchor bolganda, ular bilan xushmuomalada boluvchi insoniy quvvat; kamtarlikka xudbin ishlar bilan shugullanishdan toxtatuvchi kuch sifatida tarif beradi. Ibn Sino insonning kamolga yetishida tosiqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni korsatib otadi. Johillikni – ilmga, nodonlikni – zehni otkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni – sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida tariflaydi.
Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga dost bolib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan dostona yashashga intiladi.yashashi Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga dost bolib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan dostona yashashga intiladi.yashashi Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qoshinchilik qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, ozining ehtiyojini qondirish uchun esa ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun o`zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi.
U insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli dost muhim rol oynaydi, deydi. Olim dostlikni shunday tariflaydi: Har qanday qiyinchiliklarga qaramay oz dostini xavf-xatarda yolgiz qoldirmaydigan dostlik; manfaatlari oxshash va goyaviy yaqin dostlik; Oz shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan dostlik. Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil dostlikni haqiqiy dostlik deb etirof etadi. Har qanday qiyinchiliklarga qaramay oz dostini xavf-xatarda yolgiz qoldirmaydigan dostlik; manfaatlari oxshash va goyaviy yaqin dostlik; Oz shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan dostlik. Ibn Sino birinchi va ikkinchi xil dostlikni haqiqiy dostlik deb etirof etadi.
4.Abu Rayhon Beruniy o’zining Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar, Minerologiya, Hindiston asarlarida ijtimoiy hayot masalalarini yoritgan. Mineralogiya asarining muqaddimasida inson va uning ijtimoiy adolat togrisidagi qimmatli fikrlarni bayon etgan. Beruniy oz davrining etnosotsiologi ham edi. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar asarida turli xalqlar: forslar, yunonlar, yahudiylar, xristian molikiylar va xristian nasturiylar, majusiylar, sobitlar, budparast arablar, musulmon arablar, turklar togrisida qimmatli malumotlar yozib qoldirgan. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan qomusiy kitobini insoni-yat tarixining otgan 5 ming yilligi voqealari tahlili va sinteziga bagish-langan mumtoz etnosotsiologik asar, deb baholash mumkin. Ushbu kitobda ulug mutafakkir asar yozilishi jarayonida olib borgan sotsiologik tadqi-qotlari, qollagan usullari xususida soz yuritib, shunday yozgan. «Mazkur asarni yozish asnosida ozimga ishonch hosil qildimki, aqliy narsalardan dalil keltirish, kuzatilgan narsalarga qiyos qilish yoli bilan haqiqiy malumotlarga ega bolish mumkin emas. Bunga faqat «kitob ahllari» va turli din arboblariga, shu (etiqodlarga amal qiluvchi har xil maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini asos tutish bilan belgilanadi. Songra ularning isbot uchun keltirgan soz va etiqod-larini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi» Beruniy A.R. Tanlangan asarlar. Tom 1, 1968, 406-bet. 4. Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari.
Abu Rayhon ibn Ahmad Beruniy 973-yilda Orta Osiyoning yirik madaniyat markazi Xorazmning Kot (hozirgi Beruniy shahri) atrofida tugildi. U oz yurtida tahsil korgan. Bir necha tillarni va falsafa, falakiyot ilmi, matematika fanlarini mukammal organgan, botanika, mineralogiya va boshqa tabiiy fanlarga ham qiziqqan. Beruniy Markaziy osiyolik buyuk matematik va falakiyotshunos olim Abu Nasr Ibn Iroqni ustoz deb bilgan. U yoshlik chogidanoq fanda, ayniqsa, falakiyot ilmida katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Masalan, 16 yoshida mustaqil holda falakiyotshunoslikka oid kuzatishlar olib brogan va malum natijaga erishgan. 21 yoshida esa ozi yasagan asbob yordamida ekliztikaning ekvatorga ogish burchagini aniqlagan. Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, sugd, fors, suryoniy, yunon ibroniy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham organgan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, falsafa, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi. Beruniy yirik olim Abu Nasr ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik talimotlaridan dars olgan. Bundan tashqari, ozidan oldin otgan Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, Ahmad Fargoniy, Marvaziy, Javhariy, Abu Nasr Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy, seyistonlik Abu Said as-Sijiy, Abu Muhammad Hamid Xojandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil organadi. 995-yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy masalalarini hal etish bilan birga, Sharqda birinchi bo`lib globus yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus yasash kitobi», «Yerdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlash haqida maqola» va boshqalar). Beruniy hali yosh olim bolishiga qaramay, Kotda yillari astronomik asboblar ixtiro qilib kuzatishlar otkazgan.
Ma'mun davrida Urganchda «Majlisi ulamo» - «Ma'mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz tashkil etiladi va u yerda musulmon Sharqining yirik olimlari faoliyat korsatadilar. Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida «Mineralogiya» asarini yaratadi. Jurjonda Beruniy ozining mashhur Al-osorul boqiya an il qurun ul holiya nomli (Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorlik) asarini yozadi. Unda yunonlar, forslar, arablar, sogdiylar, xorazmliklar va boshqa xalqlarning taqvim tizimi mufassal bayon qilingan. Shuningdek falakiyot va matematikaga oid masalalarga ham katta etibor berilgan. Orta Osiyoning tarixi va madaniyati haqida qiziqarli malumotlar keltirilgan. Beruniy hindlarning hayotini sinchkovlik bilan kuzatdi va ularning adabiyotini, madaniy boyligini mukammal organib, Hindiston asarini yaratdi. Unda shu mamlakatning falsafasi, tarixi, geografiyasi, aholisining etnik tarkibi, urf-odati, etiqodlari haqida boy malumotlar toplangan. Hindiston butun orta asr fanidagi mislsiz asardir. Shu asar orqali Beruniy koz oldimizda faqat tarixchi, geograf, falakiyotshunos, lingvist va faylasuf olim sifatidagina emas, buyuk insonparvar pedagog irqiy va diniy xurofotlarga qarshi kurashgan marifatparvar sifatida ham gavdalanadi. Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san'atidan boshlangich tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki tushunchalar, malumotlar bergan.
Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yollari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. Oquvchiga bilim berishda: - oquvchini zeriktirmaslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni orgatavermaslik; - uzviylik, izchillik; - tahlil qilish va taqqoslash; - malumdan noma'lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish; - takrorlash; - yangi mavzularni qiziqarli, asosan, korgazmali bayon etishga e'tibor berish kerakligi oqtiriladi.
Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari muayyan diniy cheklanishlariga qaramay, osha paytdagi hukmron islom aqidalaridan birmuncha yuqori turardi.U fanning qaysi sohasiga murojaat etsa, uning mustaqil mavjudligini tushunishdan kelib chiqdi. Olim Minerologiya nomli asarida inson yer yuzidagi barcha mavjudotlarga qaraganda masuliyatliroq vazifalarni bajarishi kerakligini quyidagicha ifodalaydi: Inson tabiatning eng oliy zoti kamolotidir, inson zoti barcha hayvonlardan yuqori turadi… Insonga katta sharaf korsatilgan unga aql-zakovat va kuch armugon etilgan. Shu sababdan, insonning manaviy qiyofasi uning oldiga qoyilgan vazifalarga mos bolishi uchun u yuksak axloqli, bilimli, marifatli bolmogi darkor. Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashida odam tanasidagi azolarning bir-biriga zidligi, ularda bir-biridan farq qiluvchi turli-tuman xatti-harakat va fel-atrof mavjudligi asoslangan. Odam, deydi Beruniy, tabiati jihatidan bir-biriga zid azolar qoshilmasidan tarkib topgan murakkab tanaga ega va shuning uchun uning holati oz felatvofiga kora xilma-xil boladi. Beruniyning fikricha, odamlarning qiyofasi bir-biriga oxshasada, ular ayni chogda bir-biridan farq qiladi. Bu farq ularning mijozi, fel-atvori va tabiiy xususiyatlarida namoyon boladi.
Beruniy irqiy tafovutlaridan qatiy nazar, odamlar ortasidagi dostlik va hamkorlikning kuchi insoniyat baxt-saodatining poydevori deb hisoblanadi. U jamoatchilik, axloq-odob, gozallik qoidalariga rioya qilish har bir odamning burchi ekanini takidladi. Beruniy oz asarlarida talimning korgazmaliligi, izchil, maqsadga muvofiq bolishi kerakligini, shaxsning barkamolligi, kishilar ortasidagi ijobiy axloqiy munosabatlar va olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning mohiyatini asoslab bergan. Beruniy o`z dunyoqarashida Xudoga ishonish har bir musulmonning vazifasi deb tushungan va oliyjanob insonning burchi islom qonun-qoidalariga rioya etishdangina iborat emas, balki yaxshilik qilishdan ham iboratligini uqtirgan. Yaxshilik qilish, degan edi.
Beruniy, umuman hammaga va xususan oz qarindoshlariga zaiflik chogida yaxshi istak bilan, iloji bolganda esa amaliy ish bilan yaxshilik tilashdir. Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarida kishilarga begaraz xizmat qilib, yordam korsatish, odamlar ortasida kelishmovchiliklarni vujudga keltiradigan pul va molu dunyo nafsini tiyish haqidagi goyalar alohida orin olgan. Beruniy ilm-fanning muxlisi va buyuk homiysi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bogliq, odamlarning baxti esa uning marifatida deb bilgan. Marifat dushmanlariga, yomon urf-odatlarga, adolatsizlikka qarshi bolgan.
Dostları ilə paylaş: |