Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda axborot tizimlarini qo‘llash -
Boshqaruv qarorlari: qabul qilishning mohiyati, tasnifi va texnologiyasi. Zamonaviy boshqaruvning turlanishi bashoratlash va ilmiy oldindan ko’ra bilish jarayonlaridan iborat asoslarga tayangan holda, taraqqiyotning boshqalarga nisbatan ilgarilab boruvchi texnologiyalaridan foydalanib boshqaruv tizimlarining majmuali rivojlanishiga ega bo’lishi kerak.
Har qanday tizimlarni (ob’ektlarni) samarali boshqarish inson faoliyatining turli sohalarida qo’llaniladi. Shuning uchun ham, bugungi kunda bu faoliyatda uning sub’ektini oldindan ko’ra bilmaslik, maqsadga yetish va erishishdagi katta to’siqlarga uchratadi. «Boshqarish – oldindan ko’ra bilish» degan gap turli yo’nalishlardagi mutaxassislarning faoliyatiga taalluqli hisoblanadi va mazmuni jihatidan ancha kattalikdagi miqdorlarni tashkil qiladi.
Qaror yuzaga kelib chiqqan muammolarga tashkiliy ta’sirlanish sifatida yakka shaxsning va ijtimoiy guruhlar axloqining universal shakli hisoblanadi va inson faoliyatidagi mezonlarning maqsadli yo’nalishlarini tushuntiradi. Qaror-bu harakatga rahbarlik hisoblanib, ko’plab ishlarning rejasi ko’rinishida rasmiylashtirilgan al`ternativ tanlashdir.
Amaliyotda turli-tuman tavsiflarga ega bo’lgan, juda katta va kichik mazmunlarni mujassamlashtirgan beqiyos miqdorlar - dagi qarorlar qabul qilinadi.
Shu bilan birga, bu beqiyos miqdorlardagi qarorlarni aniq tasniflash imkonini beruvchi ayrim, umumiy belgilari ham mavjud. Har qanday tashkilot rahbari tomonidan qabul qilingan qaror nafaqat tashkilot faoliyatining samaradorligini belgilaydi balki, aynan shu qaror juda katta tezlik bilan rivojlanib borayotgan dunyoda yashab qolish uchun barqaror tashkilotni boshqarish jarayonida boshqaruv qarorlarining mazmuni va mohiyati ifodalangan.
Qarorlar qabul qilish har qanday boshqaruv funktsiyasining tarkibiy
qismi va axborotlar almashinuvidir. Qarorlarni qabul qilish zarurati
boshqaruvning barcha jarayonlarida yuzaga kelib chiqadi va boshqaruv faoliyatida qatnashuvchilarning barchasi bilan bog’langan. Shuning uchun ham Qaror - bir qancha variantlarning tahlili natijasida tashkilotlar, hududlar, viloyatlar, davlatlar rahbarlari tomonidan oldindan qabul qilgan tadbirlari, iqtisodiy resurslar va omillarning borligini hisobga oladi va maqsadli xulosalarga tayanadi.
Boshqaruv haqidagi zamonaviy fan va u bilan birga boshqaruv qarorlari nazariyasi zamonaviy tushunchadagi tashkilotlarning kelib chiqishi bilan yuzaga chiqdi. Boshqaruv haqidagi zamonaviy fan va boshqaruv qarorlari nazariyasi tashkiliy qarorlar va boshqaruv qarorlari tadqiqotlari bilan ko’proq shug’ullanadi. Tashkilotni boshqarishning umumiy tizimi keltirildi.
Tashkiliy qarorlar – tashkiliy vazifalarni yechishda rahbarning boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishi jarayonlari haqidagi
qarorlarini aniq belgilay olishi hisoblanadi.
Tashkiliy qarorlar qo’yilgan maqsad tomon harakatlanishni boshlaydi.
Boshqaruv qarorlari – maqsadga erishish dasturi va holatlarning tahliliga asoslangan boshqaruv ob’ektiga tanlangan ko’rsatmaning maqsadli yo’nalishli ta’siridir.
Boshqaruv qarorlarining ob’ektlari tashkilotning quyidagi faoliyati turlari hisoblanadi:
• tashkilotning texnik rivojlanishi;
• asosiy va yordamchi ishlab chiqarishni tashkil qilish;
• iqtisodiy va moliyaviy rivojlanish;
• oylik maosh va mukofotlarni tashkil qilish;
• ijtimoiy rivojlanish;
• hisob-kitob bo’limi faoliyati;
• kadrlar ta’minoti va boshqa faoliyat turlari.
Yuqorida qayd qilinganidek, boshqaruv qarorlarini turli belgilar bo’yicha tasniflash mumkin.
Masalan:
1. Boshqaruv vaqtlari bo’yicha (strategik, taktik, operativ);
2. Boshqaruvga duch keladigan jarayonlarning mazmunlari bo’yicha (ijtimoiy, iqtisodiy, texnik va boshq..);
3. Personallarning qatnashuvi darajalari bo’yicha (yakka,
korporativli). Uchinchi belgi – personallarning qatnashuvi darajalari.
Muammo – bu boshqaruv tizimlaridagi aniq va bashorat parametrlaridagi ko’rsatkichlarning boshqaruv maqsadlariga mos kelmay qolishidan yuzaga chiqadi. Muammoli vaziyatlarning kelib chiqishiga uchta sababni ko’rsatish mumkin:
• aniq parametrlarning maqsadli parametrlardan og’ishi;
• tezkor tadbirlar qabul qilinmasa, kelgusida bu og’ishlarning yana yuzaga chiqishi;
• boshqaruv maqsadlaridagi o’zgarishlar.
Shuningdek, mutaxassislarning tadqiqotlari bo’yicha muammoning turli tiplari ham mavjud. Ushbu tiplardan boshqaruv qarorlari uchun G.Saymon taklif qilgan tasnif ko’proq qulayliklarga va aniqliklarga ega degan xulosalar ustuvor hisoblanadi. G.Saymon bo’yicha barcha muammolar quyidagi uchta sinfga bo’linadi:
1. Yaxshi shakllangan yoki miqdorli shakllangan muammolar. Ularda mavjudlik va biri - biri bilan bog’langanlik sonlarda yoki belgilarda namoyon bo’lib turadi ya’ni sonli baholashda tasvirlangan.
2. Faqat muhim resurslar, belgilar va tavsiflarning taf- silotlarini keltirgan va ularning o’rtalaridagi bog’liqlik umuman noaniq bo’lgan tarkiblashtirilmagan yoki sifatli tasvirlangan muammolar.
3. Sifat mazmunlari va sonli elementlari bo’lgan, lekin sifatlar va kam ma’lum bo’lgan va muammoning noaniq tomonlari ustuvorlik an’analariga ega bo’lgan kuchsiz tarkiblashtirilgan yoki aralash muammolar. G.Saymonning bu tasnifi ancha barqaror turganligini ta’kidlash bilan birga vaqt o’tishi bilan muammolar o’z sinflariga tobeligini o’zgartirishi ham mumkin.
Shuning uchun ham boshqaruv qarorlarining tasniflari juda ko’plab ma’lumotlarni berishini tushunib olish lozim. Boshqaruv qarorlarining tasniflarini ishlab chiqishning o’ta muhimligini anglash uchun quyidagilarni keltirish o’rinli bo’ladi. «Iqtisodiyot» yo’nalishida «Qarorlar qabulida umumqabul qilingan kontseptsiyalarni
takomillashtirish» B`yukenga 1986 yilda – «Iqtisodiy va siyosiy qarorlarni qabul qilish nazariyasini rivojlantirish» mavzusidagi tadqiqotlari uchun Nobel mukofoti berildi. Texnologiyalar nuqtai-nazaridan qaralganda qaror qabul qilish jarayonini o’rtalarida to’g’ri va teskari aloqalari bo’lgan bosqichlar va amaliyotlarning ketma-ketligi ko’rinishida tasavvur qilish mumkin. Ko’plab chet el adabiyotlarida tashkilotda qaror qabul qilishning butun jarayoniga muammolarning funktsiyasi, al`ternativa va qarorlarni bajarish sifatida qaraladi. Bunda qarorni tayyorlash, qabul qilish va joriy etishning barcha bosqichlariga albatta qaror qabul qiluvchi shaxs qo’shiladi. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash bosqichida axborotlarni izlovchi, to’plovchi va qayta ishlovchi jarayonlarni o’z tarkiblariga olgan mikro va makro darajalardagi vaziyatlar iqtisodiy tahlil qilinadi, shuningdek, qaror talab qiluvchi muammolar aniqlanadi va shakllantiriladi. Qarorlarni qabul qilish bosqichida ko’p variantlilik asosida o’tkazilgan (optimal qarorni tanlash mezonlarini saralash; eng yaxshi qarorni tanlash va qabul qilish) harakatlar yo’nalishi va al`ternativ yechimlar asosida ishlanmalar amalga Qarorlarni joriy etish bosqichida ularni aniqlashtirish tadbirlari qabul qilinadi va ijrochilarga yetkaziladi, qarorning bajarilishi nazorat qilinadi, zaruriy o’zgartirishlar kiritiladi va qarorning bajarilishidan olingan natijalari bo’yicha baho beriladi.
Boshqaruv qabul qilgan qarorlarning samarali bajarilishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilishni to’g’ri yechim deb topishgan:
1. ijrochilarning professionalligi va tajribalarini haqqoniy baholash;
2. boshqaruv qarorlarini sifatli bajarishda ijrochilar- ni motivlashtirish;
3. qarorlarni amalga oshirish bo’yicha tashkiliy-texnik tadbirlar rejalarini
so’zsiz bajarilishiga erishish;
Tashkilotning iqtisodiy faoliyatidagi boshqaruv qaror- lari rejali, me’yorli, texnologik, hisobli va analitik axbo- rotlarga asoslanadi. Boshqaruv qarorlarining natijalarini baholash va ularning bajarilishiga javobgarlik ichki hisobotlar ma’lumotlari bo’yicha tekshiriladi. O’ziga mansub usullar yordamida amalga oshirilgan analitik hisoblar rejalashtirish va tashkilotni istiqbolda rivojlan- tirishni muvofiqlashtirish uchun qo’llaniladi.
Qabul qilina - digan qaror joriy va bashoratlangan axborotlarga, kelib chiqadigan oqibatlarni oldindan ko’ra bilishni hisobga olgan, qarorlarga ta’sir qiladigan barcha omillarning tahlilining to’g’riligiga asoslanishi kerak. Ishlanmalarning texnologiyalari va boshqaruv qarorlari-ni qabul qilish uchun
boshqaruv qarorlarini axborotli ta’minlashning tamoyilli talablarini
shakllantirish zarur. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun zaruriy barcha
axborotlarning yig’indisi axborotlar tizimi deyiladi. Axborotlar tizimi odatda
quyidagi tizim osti axborotlaridan tashkil topgan:
• ichki axborotlar;
• tashqi axborotlar;
• dastlabki axborotlarni to’plash;
Xulosa
Man ushbu referatni tayorlash davomida, Axborot tizimlari, Axborot texnologiyalari va ularning vazifalari, vazifalari nimalardan iborat ekanligi xaqida tushunchaga ega buldim, va shuni xulosa qildimki bugungi kunda barcha soxalarda zamonaviy axborot vositalari va texnologiyalarining urni naqadar yuqori ekanligini bildim.
Bugungi kunda barcha soxalar axborot vositalari va texnologiyalari bilan chambarchas bog‘liqdir misol tariqasida juda kuplab soxalarni kurish mumkun bulardan biri bank tizimidir, bank tizimlarini bugungi kunda kapyuter texnologiyalarisiz tasavur qilish qiyin bu soxada deyarli barcha amaliyotlar kapyuterlar, boshqaruv serverlari va shunga uxshash zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi.
Yana bir misol tariqasida axolning kamunal xizmatlarini kurishimiz mumkun bugungi kunda elektor energiya va tabiy gaz resurslarini axoliga etazib berayotgan davlat unitar korxonalari xam axoli bilan bulgan xisob kitoblarni avtomatlashtirilgan yuqori texnologiyalar yordamida amalga oshirmoqda. Xammamizga malumki bugungi kunda barchamiz kundalik xayotimizda foydalanayotgan elektor energiya va tabiy gaz uchun bulgan tulovlarni va qancha miqdorda foydalanganligimizmi va shunga uxshash malumotlarni elektron tarzda masofadan turib kuzatib borishimiz va tulov qilishimiz mumkun. Tulovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganda korxonalar ushbu resurslarni etkazib berishni tuxtatishi mumkun. Ushbu amaliyotlarning barchasi yuqori sifatli zamonaviy avtomatlashtirilga texnologiyalar yordamida inson omilisiz amalga oshirilmoqda, bundan kurishimiz mumkunki ushbu texnologiyalar bugungi kunda insonlarga juda ko‘plab qulayliklarni yaratmoqda
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET MANBALARI
https://uz.wikipedia.org/wiki/Axborot_tizimi
https://e-library.namdu.uz/65%20%D0%98%D0%BA%D1%82%D0%B8%D1%81%D0%BE%D0%B4/Boshqarishning%20intellektual%20tizimlari%20va%20qaror%20qabul%20%20qilish.pdf
http://arm.sies.uz/wp-content/uploads/2020/11/21-Axborot-tizimlari-2013-oquv-qollanma-R.X.Alimov-va-bosh.pdf
https://lex.uz/uz/docs/-3715562?ONDATE=31.07.2021%2000
Dostları ilə paylaş: |