Foydalanilgan adabiyotlar: Yu. Shodimetov “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” Toshkent 1994 yil Vernadskiy “Biosfera” Moskva 1967 yil A.Xo`jaxonov “Atrof muhitni muhofaza qiling” Toshkent “Ibn Sino” 1985 yil A. To`xtayev “Ekologiya” Toshkent “O`qituvchi” 1998 yil L.Alebekov “Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish” Toshkent “O`qituvchi” 1982 yil Z.Egamberdiyeva “Tabiat va inson” Toshkent “Mehnat” 1986 yil Mavzu: Iqlim o’zgarishi muommolari va unga qarshi kurash yo’llari.
Reja:
1.Iqlim o’zgarishi muommolari
2. Iqlim o’garishining asosiy sabablari
3. Iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlari
Iqlim o‘zgarishi muammolari
Sanoat rivojlanishi oqibatida atmosferaga chiqayotgan uglevodorod gazi miqdori yil sayin ko‘paymoqda. Bu esa sayyoramizda “bug‘xona hodisasi“ni kuchaytirib, keskin iqlim o‘zgarishlarini yuzaga keltiryapti. Oqibatda tabiiy ofatlar ko‘paymoqda. Dunyoning ko‘pgina mintaqalarida tabiiy muvozanat buzilmoqda: ayrim joylarda yog‘ingarchilik odatdagidan ancha ko‘p bo‘lsa, boshqa hududlarda qurg‘oqchilik avj olyapti. Joriy yilning o‘zida kuzatilgan “tabiiy me’yorlarning buzilish” holatlari bunga yaqqol misol bo‘ladi. 2010 yil bahorida ba’zi Yevropa davlatlarida kuchli suv toshqinlari ro‘y berdi, yoz esa juda issiq va quruq keldi
Iqlim o‘zgarishlari hayvonot olamiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Ornitologlarning kuzatuvlariga qaraganda, global isish tufayli Hindistonda yashovchi uzundumli to‘tilar shimoliy o‘lkalarga ko‘cha boshlagan. Olimlarning fikricha, ellik yildan keyin mintaqamizda uzundumli to‘tilar qarg‘alarga nisbatan ko‘payar ekan. Butun dunyoni xavotirga solayotgan global iqlim o‘zgarishining oqibatlari Yevropada yaqqol sezilmoqda. Masalan, bahorda yoqqan tinimsiz yomg‘ir keltirib chiqargan toshqinlar bir necha shaharni vayron qildi. May oyida havo harorati so‘nggi 250 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Buning oqibatida Italiya va Shveysariyadagi muzliklar maydoni keskin qisqara boshladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi sababli tog‘larda o‘pirilishlar, daryo o‘zanlarining o‘zgarishi, landshaftlarning buzilishi ro‘y bermoqda.Osiyoda ham iqlim o‘zgarishining belgilari kuzatildi. Iyul-avgust oylarida Bangladesh va Pokistonda yoqqan tinimsiz yomg‘ir oqibatida millionlab odamlar boshpanasiz qoldi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod chiqarilar ekan. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Olimlarning fikricha, o‘rmon yong‘inlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonad kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng ekan. Havoga ko‘tarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini ko‘paytiradi. Oqibatda, sayyoramizga Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilish o‘rniga, Yerning o‘zida qolib, “bug‘xona hodisasi“ni keltirib chiqarmoqda.Butun dunyoni xavotirga solayotgan global iqlim o‘zgarishining oqibatlari Yevropada yaqqol sezilmoqda. Masalan, bahorda yoqqan tinimsiz yomg‘ir keltirib chiqargan toshqinlar bir necha shaharni vayron qildi. May oyida havo harorati so‘nggi 250 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga chiqdi. Buning oqibatida Italiya va Shveysariyadagi muzliklar maydoni keskin qisqara boshladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, iqlim o‘zgarishi sababli tog‘larda o‘pirilishlar, daryo o‘zanlarining o‘zgarishi, landshaftlarning buzilishi ro‘y bermoqda.Osiyoda ham iqlim o‘zgarishining belgilari kuzatildi. Iyul-avgust oylarida Bangladesh va Pokistonda yoqqan tinimsiz yomg‘ir oqibatida millionlab odamlar boshpanasiz qoldi.Hisob-kitoblarga ko‘ra, har yili atmosferaga 100 million tonnadan ortiq uglevodorod chiqarilar ekan. Shuning 74 foizi rivojlangan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Olimlarning fikricha, o‘rmon yong‘inlari oqibatida atmosferaga chiqayotgan karbonad kislotasi sanoat chiqindilarining 50 foiziga teng ekan. Havoga ko‘tarilgan tutun atmosferaning yuqori qatlamida kuyindi zarralarini ko‘paytiradi. Oqibatda, sayyoramizga Quyoshdan kelayotgan issiqlik energiyasi qaytadan koinotga yoyilish o‘rniga, Yerning o‘zida qolib, “bug‘xona hodisasi“ni keltirib chiqarmoqda.