Referati Qabul qildi: Xoliqulov M


Organik Ularning barchasi biologik parchalanadigan. Noorganik



Yüklə 39,59 Kb.
səhifə6/11
tarix09.05.2023
ölçüsü39,59 Kb.
#109966
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ABDUG\'ANIYEVA DONOXON

Organik Ularning barchasi biologik parchalanadigan.
Noorganik. Ular kimyoviy xususiyatlari va tarkibi tufayli juda sekin degradatsiyaga ega bo'lgan qolgan chiqindilar. Ushbu chiqindilarning aksariyati qayta ishlanadi, ba'zilari esa yo'q. Agar qayta ishlashning iloji bo'lmasa, ular xavf-xatarga qarab davolanishi kerak.
Kimyo sanoati korxonalaridagi qattiq chiqindilar fizikaviy va kimyoviy xossalari va atrof-muhitga ta`siri yuzasidan nihoyatda xilma-xildir. Bu chiqindilar faol moddalardan tarkib toptan bo`lib, tuproqda, er osti va er usti suvlarida, hamda atmosfera havosiga qo`shilib ularni ifloslantiradi va ko`ngilsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.
Kimyo sanoatida qattiq chiqindilarining quyidagi 3 manbalari ma`lum:
1. Xom ashyolarning qoldiklari, yarim mahsulotlar, material va buyumlar, xom ashyolarga fizikaviy va kimyoviy ishlov berish paytida paydo bo`ladigan mahsulotlar, shuningdek qazib olish va foydali qazilmalarni boyitish paytida paydo bo`ladigan chiqindilar.
2. Tabiiy va oqava suvlar tarkibida va iflos gazlarni tozalashda ushlab qolinadigan moddalar.
3. Uy-ro`zg`or chiqindilari
Birinchi guruxdagi chiqindilar ishlab chiqarish jarayonida hosil bo`ladi. Material yoki mahsulot fizikaviy va kimyoviy xossalarni to`la yoki qisman yo`qotgan bo`ladi. Ma`danlarga ishlov berish jarayonida (masalan, apatito-nefelin ma`danlari, kaliyli, sulfatli, fosfatli va boshqa ma`danlarga ishlov berishda) hammasi bo`lib 30-40% mahsulot olinadi, xolos. Materialning qolgan qismi chuqurliklar, xandaklar va kukun yig`gichlarda toshqol va kuyqum shaklida qolib ketadi.
Ikkinchi guruhdagi chiqindilar asosan gazlarni mexanik usulda tozalash paytida chang ushlagich qurilmalarida paydo bo`ladi. Bu chiqindilarning miqdori nisbatan kamroq bo`lib, ular ishlab chiqarish jarayoniga qaytariladi. Filtrlarda yopishib qolgan changlar filtrga profilaktik xizmat ko`rsatish paytida filtrlovchi material bilan birga chiqarib tashlanadi.


Uchinchi guruhdagi chiqindilarga ishlatish muhlatini o`tab bo`lgan, eskirgan, qo`llashga yaroqsiz holatga kelib qolgan plastmassalar, rezinalar va ulardan tayyorlangan plyonkalar, tolalar, o`y-ro`zg`or buyumlari, metallar va ularning qotishmalari va boshqa shunga o`xshash materiallar kiradi. Ularni qayta ishlab turli xil mahsulotlar olish mumkin.
Hozirgi paytda sanoati rivojlangan mamlakatlarda sutkasiga 600-700 tonna axlatlarni yondiruvchi zavodlar qurilmoqda. Bunday zavodlarni aholi turar joylaridan 300-500 m uzoqroq masofalarga ko`rish mumkin, chunki ularning o`chog`ida chiqindilar 1000-1300° S atrofida yonadi va axlatlar bunday yuqori haroratda yonganda tutun chiqmaydi, kuli esa chang ushlagich qurilmalari yordamida ushlab qolinadi. Hosil bo`lgan issiqlikdan hammomlarda, korxonalarda va elektr energiyasi olish uchun ishlatiladi.

Yüklə 39,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin