Referati Qabul qildi: Xoliqulov M


Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 39,59 Kb.
səhifə4/11
tarix09.05.2023
ölçüsü39,59 Kb.
#109966
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ABDUG\'ANIYEVA DONOXON

Foydalanilgan adabiyotlar:
Yu. Shodimetov “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” Toshkent 1994 yil
Vernadskiy “Biosfera” Moskva 1967 yil
A.Xo`jaxonov “Atrof muhitni muhofaza qiling” Toshkent “Ibn Sino” 1985 yil
A. To`xtayev “Ekologiya” Toshkent “O`qituvchi” 1998 yil
L.Alebekov “Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish” Toshkent “O`qituvchi” 1982 yil
Z.Egamberdiyeva “Tabiat va inson” Toshkent “Mehnat” 1986 yil
Farg’ona Davlat Universiteti
Pedagogika-psixologiya fakulteti pedagogika va psixologiya yo’nalishi 21_20-guruh talabasi Abdug’aniyeva Donoxonning Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fanidan tayyorlagan
Referati
Qabul qildi:Xoliqulov M

Mavzu: Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi.


Reja:

  1. Mamlakatimizda oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish istiqbollari

  2. Qishloq xo’jaligi

  3. O’zbekistonda qishloq xo’jaligi



Ma'lumki, oziq-ovqat sanoati milliy iqtisodiyotning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaradigan keng tarmoqli sohasi hisoblanib, uning tarkibida go‘sht-sut, sut-yog‘, yog‘-moy, baliq mahsulotlari, un-yorma, makaron, meva-sabzavot konservalari, sharbatlar, turli-tuman ichimliklar, shakar, qandolatchilik mahsulotlari, non va boshqa noz-ne'matlar ishlab chiqaradigan korxonalar mujassamlashgan. Hech kimga sir emas, bugun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va uning ta'minlash masalasi global muammolardan hisoblanadi. Mazkur muammo rivojlangan davlatlar bilan endi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bir xil ahamiyatga ega. Shu ma'noda, respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini sifatli mahsulotlar bilan qondirish dolzarb masala hisoblanadi.Oziq-ovqat mahsulotlarini jadal ishlab chiqarish uchun tegishli sharoitlar mavjud bo‘lmagan mamlakat va hududlarda chuqurlashib bormoqda. Bu o‘rinda gap, birinchi gal, atrof-muhitning ekologik jihatdan buzilishi hamon davom etayotgani, iqlim o‘zgarishlarining oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan qurg‘oqchilik va suv resurslari taqchilligi, jumladan, sug‘orish uchun yerosti suvlarining tugab borayotgani, irrigatsiya, melioratsiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga yo‘naltiriladigan investitsiyalarning yetarli emasligi haqida bormoqda. Yerlarning ekologik jihatdan buzilishi kimyoviy moddalar, mineral o‘g‘it va pestitsidlarni tinimsiz ishlatish oqibatida yanada kuchaymoqda. Bularning qatoriga urbanizatsiya, ya'ni shaharlashuv jarayonlari, aholining qishloqlardan shaharlarga ko‘chishi bilan bog‘liq muammolar ham qo‘shilmoqda.Natijada, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari sezilarli darajada qisqarib ketmoqda, aholining ehtiyoji to‘laqonli qondirilmayapti. Shuningdek, Xitoy, Hindiston kabi Osiyoning bir qator mamlakatlarida aholi daromadlarining jadal sur'atlar bilan o‘sib, shunga mos ravishda oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilish hajmi ortib borayotganini ham e'tibordan soqit qilib bo‘lmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini «daladan dasturxonga» sxemasi bo‘yicha iste'molchiga yetkazib berishda ulkan yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yilayotgani ham salbiy omillardan biridir.Respublikamiz mustaqillikka erishganining ilk davrlaridanoq, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishga asosiy e'tibor qaratildi, ya'ni oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, aholiga uzluksiz va yetarli hajmda oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish hayotmamot vazifalardan biri etib belgilandi. Jumladan, bu Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ikki barobardan ziyodga oshdi. Bu mamlakatimiz aholisining qariyb 10 million kishiga yoki 30 foizdan ortiq ko‘payishiga qaramasdan, jon boshiga to‘g‘ri keladigan go‘sht iste'molini 1,3 barobar, sut va sut mahsulotlarini 1,6 karra, kartoshkani 1,7 barobar, sabzavotlarni 2 martadan ziyod, mevalarni qariyb 4 barobar oshirish imkonini berdi, yurtimizda har yili 16 million tonnaga yaqin meva va sabzavot yetishtirilmoqda. Aholi jon boshiga qariyb 300 kilogramm sabzavot, 75 kilogramm kartoshka va 44 kilogramm uzum to‘g‘ri kelmoqda. Bu optimal, ya'ni maqbul deb hisoblanadigan iste'mol me'yoridan uch barobar ko‘pdir.Ayni paytda oziq-ovqat uyushmasi meva-sabzavotni qayta ishlash, go‘sht-sut, yog‘-moy va oziq-ovqat sanoatining boshqa tarmoqlariga tegishli 200 ga yaqin korxonalarni birlashtirgan va ular bilan ham gorizantal ham vertikal sifatda o‘zaro munosabatlar tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Agar uch yil oldin oziq-ovqat sanoatida yog‘-moy va tamaki tarmoqlari salmoqli ulushni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda tarkibiy o‘zgarishlar hisobiga mahsulotlarning 60 foizdan ko‘prog‘ini meva-sabzavotni qayta ishlash, go‘sht-sut, qandolatchilik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tashkil qiladi.Kichik beznes korxonalarida ishlovchilarning o‘rtacha yillik sonini 2 barobarga oshirilganligi ham korxonalar faoliyatini yanada rivojlantirishga imkon berdi. Oziq-ovqat uyushmasi tashkil etilgandan buyon o‘tgan 3 yil davomida uyushma korxonalari tomonidan 121 ta loyiha amalga oshirilib, 198,4 mln. dollar investitsiya o‘zlashtirildi.Shundan kelib chiqib, 2014 yilda aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ta'minlanish darajasini tahlil etadigan bo‘lsak, go‘sht va go‘sht mahsulotlari 98,6 foiz, sut va sut mahsulotlari 99,8 foiz, foizi, makaron mahsulotlari 95,4 foiz, margarin 77,7 foiz, shakar 92,9 foiz, qandolat mahsulotlari 68,5 foizni tashkil etdi. Bugungi kunda respublikada oziq-ovqat xavfsizligi to‘liq ta'minlangan va aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojining 90 foizidan ortig‘i mahalliy ishlab chiqarish korxonalari hisobiga ta'minlanmoqda.Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda importning ulushini kamaytirish yoki import qilmasdan mamlakatda sifatli va jahon standartlariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar sonini ko‘paytirish yoki mavjud korxonalarda innovatsiya loyihalarini amalga oshirishni talab qilinadi. Bunda, nazarimizda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot muasassalari bilan hamkorlikdagi ishlarni takomillashtirish zarur.Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida sifatli mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etgan korxonalarga soliq imtiyozlari qo‘llanib, undan iqtisod qilingan mablag‘lar korxonani rivojlantirishga yo‘naltirish ham yaxshi samara beradi.Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan korxonalar quvvatlaridan to‘laqonli foydalanish darajasini yanada oshirish zarur. Buning uchun xomashyo bazasini shakllantirish, ya'ni korxonalarni xomashyo mahsulotlari bilan ta'minlash lozim bo‘ladi.Qisqasi, oziq ovqat sanoati aholining asosiy ehtiyojini qondiruvchi tarmoq hisoblanadi. Bugunki kunda mamlakat iqtisodiy barqaror o‘sishini, aholi farovonligini ta'minlash, aholini ijtimoiy himoya qilish, zaruriy birlamchi mahsulotlar bilan ta'minlash dolzarb masala hisoblanadi. Bu muammoni hal etishda mavjud resurslardan samarali foydalanish, oziq-ovqat sanoati korxonalarini takomillashtirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb etishni yanada kuchaytirish zarur. Buning natijasida oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish va ishlab chiqarish jarayonisifatini oshirish, aholining iste'mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish imkoniyati yuzaga keladi.

Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi]


Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari:
Dehqonchilik-oʻsimlik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun madaniy oʻsimliklar (qishloq xoʻjaligi ekinlari)ni yetishtirish bilan xarakterlanuvchi qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlaridan biridir. Qishloq xoʻjaligini hududiy tashkil etish mavjud mehnat resurslariga ham bogʻliqdir.
Dalachilk-(asosiy tarmoq), savzavotchilik, polizchilik, bogʻdorchilik, gulchilik, yaylov-oʻtloqchilik kabi tarmoqlarga boʻlinadi
G'allachilik-dehqonchilikning asosiy tarmoqlaridan biri. Gʻallachilikni rivojlanishi tabiiy, biologik, iqtisodiy omillar bilan bogʻliqdir. Gʻalla yetishtirish hozirgi dehqonchilikda mehanizatsiyaning yuksak darajada ekanligi bilan farq qiladi. Gʻalla ekinlaridan almashlab ekishda keng foydalaniladi: shudgor uchun yerlarga dam berilganda, ayniqsa, hosildor boʻladi. Bu jarayon bugʻdoy-gʻalla ekinlarida yuqori ahamiyatga ega. Kuzgi bugʻdoy, kuzgi va bahorgi davrlardagi yogʻin suvlaridan toʻlaroq foydalanadi, shu sababli bu bugʻdoy navi serhosil boʻladi.
Dukkakli don ekinlariga noʻxot, yasmiq, loviya, soya, mosh va boshqalar kiradi. Jahonda eng koʻp yetishtiriladigan dukkakli ekin Soya (AQSH) boʻlib, u namgarchilikni yaxshi koʻradi. Mosh bilan noʻxat issiqlikka chidamli boʻlganidan asosan Markaziy Osiyoda ekiladi.
Sholi— tropik ekin boʻlib, 12-15° boʻlganda una boshlaydi. Vegetatsiya davri uzoq, lekin sovuqqa chidamsiz.
Chorvachilik boqiladigan chorva mollarining turlariga, ulardan olinadigan mahsulotlar va yem-xashak zaxirasining xususiyatlariga qarab tarmoqlarga boʻlinadi:
~Qoramolchilik
~ Qoʻychilik
~Choʻchqachilik
~ Parandachilik
~ Echkichilik
~ Yilqichik
~ Tuyachilik
~ Bugʻuchilik
~ Pillachilik
~ Asalarichilik
~Baliqchilik

Yurtimizda 2019-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oʻsish sur’ati 2018-yilga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, 2017-2019-yillarda qishloq xoʻjaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1,5 baravarga va aholi jon boshiga 1,4 baravarga (2019-yil narxlarida) oshdi. Shu bilan birga, oʻsimliklarni yetishtirish 1,3 baravar, chorvachilik mahsulotlari 1,7 baravar oʻsdi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning „Qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda paxta yetishtirishni moliyalashtirish tartibi oʻzgaradi. Unga koʻra, 2022-yil hosilidan paxta xom ashyosini yetishtirish xarajatlarini moliyalashtirish 2021-yilning 1-noyabridan boshlanadi (amaldagi tartib boʻyicha yanvar-fevral oylarida). Bu paxtani ekish uchun agrotexnik tadbirlar (shoʻr yuvish, qishki sugʻorish, yer haydash va boshqalar) noyabr oyidan boshlanishi bilan bogʻliq. Shu sababli kreditning umumiy foydalanish muddati fermer xoʻjaliklari uchun — 12 oydan 14 oyga, klasterlari va kooperatsiyalari uchun — 19 oydan 22 oyga uzaytiriladi. Bundan tashqari, 2022-yil hosilini 2021-yilning noyabridan boshlab moliyalashtirish uchun 900 milliard soʻm mablagʻ koʻzda tutilgan.


Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2021-yil 26-fevralda „Qishloq xoʻjaligi sohasida statistik maʼlumotlar bazasini kengaytirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ qaror qabul qilindi. Qarorga muvofiq qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich 2022-2024-yillarni oʻz ichiga oladi.
2-bosqich 2024-yilda amalga oshirilib, bevosita qishloq xoʻjaligi sohasida roʻyxatdan oʻtkazish tadbiri bajariladi, yaʼni qishloq xoʻjaligi faoliyati toʻgʻrisidagi birlamchi maʼlumotlar yigʻiladi.
3-bosqich — 2024-2026-yillarda amalga oshiriladi

Foydalanilgan adabiyotlar



  1. Oʻz.Res.ni yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida.OʻZ.Res.qonun hujjatlari toʻplami 2017 y.6-son 70-modda

  2. Sanoat geografiyasi Egamberdiyeva U.T..--Toshkent

  3. <>,2020. 194-203 bet.

Mavzu: Qattiq va zaharli chiqindilar. Havo ifloslanishi.
Reja:

  1. Qattiq chiqindilarning tasnifi

  2. Qattiq chiqindilar manbai va turlari

  3. Atmosfera ifloslanishining oldini olish chora-tadbirlari




Yüklə 39,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin