D) A va B javoblar to‘g‘ri 223. Har bir fuqaro – saylovchi bir ovozga ega va boshqa fuqarolar bilan tengma
teng tarzda o‘zining ana shu ovozga egalik huquqini amalga oshira oladi. Bir
mandatli saylov okruglari bo‘yicha ovoz berishda ushbu okruglar tenglik asosida
tashkil etilishi ta’minlanadi. Bir mandatli saylov okruglarining saylovchilar soniga
qarab tuzilishi tenglikka amal qilishning o‘ziga xos mezonidir. Teng saylov huquqi
prinsipi «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning
nechanchi moddasida mustahkamlangan?
A) 2-moddasida
B) 3-moddasida C) 4-moddasida
D) 5-moddasida
224. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning
nechanchi moddasida «qonunchilik palatasiga saylov o‘tkazish uchun bir yuz
yigirmata hududiy saylov okrugi tuziladi. Har bir saylov okrugidan bitta deputat
saylanadi. Saylov okruglari, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasining butun
hududida saylovchilar soni teng holda tuziladi» deb qayd etilgan?
A) 6-moddasida
B) 7-moddasida C) 8-moddasida
D) 9-moddasida
225. O‘zbekiston saylov qonunchiligida to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi prinsipi o‘z
aksini topgan bo‘lib, fuqarolar saylovda nomzod uchun bevosita, ya’ni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ovoz beradilar. «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov
to‘g‘risida»gi qonunning nechanchi moddasida «qonunchilik palatasi deputatlari
fuqarolar tomonidan bevosita saylanadilar» deb qayd etilgan?
A) 2-moddasida
B) 3-moddasida
C) 4-moddasida D) 5-moddasida 226. O‘zbekistonda fuqarolarning saylovda ishtirok etishi erkin va ixtiyoriydir. Hech
kim ularning muayyan nomzod uchun «tarafdor» yoki «qarshi» ovoz berishga
majbur etish huquqiga ega emas. Hech kim fuqaroga uni saylovda ishtirok etishga
yoxud ishtirok etmaslikka majburlash maqsadida ta’sir o‘tkazishga, shuningdek, o‘z
xohish-irodasini emin-erkin ifoda etishi uchun majburlashga haqli emas.
«Qonunchilik palatasi deputatlari saylovida erkin va yashirin ovoz beriladi. Ovoz
beruvchilarining xohish-irodasi nazorat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi». «O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning nechanchi moddasida
yuqoridagi fikrlar qat’iy belgilangan?
A) 2-moddasida
B) 3-moddasida
C) 4-moddasida
D) 5-moddasida 227. O‘zbekiston saylov qonunchiligida saylovlarning ochiqligi va oshkoraligi
prinsipiga alohida o‘rin berilgan. Qonunchilik palatasi saylovlariga tayyorgarlik
ko‘rish va uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora amalga oshiradilar.
Bu haqda «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi
qonunning qaysi moddasida belgilab qo‘yilgan?
A) 6-moddasida B) 7-moddasida
C) 8-moddasida
D) 9-moddasida
228. Markaziy saylov komissiyasining rasmiy saytini belgilang.