Regional cooperation in the foreign policy of central asian


ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW



Yüklə 326,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix17.05.2023
ölçüsü326,64 Kb.
#115170
1   2   3   4   5   6   7
markaziy-osiyo-davlatlari-tashqi-siyosatida-mintaqaviy-hamkorlik

ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW
 
ISSN: 2181-2780 
https://www.supportscience.uz/index.php/ojmp 
168 
mintaqada iqtisodiy ko’rsatkichlar bo’yicha boshqa davlatlardan ancha ilgarilab ketdi. 
O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishning tadrijiy yo’lini tanladi va bosqichma bosqich rivojlanib 
bordi. Tojikistondagi barqarorlikka esa fuqarolar urushi to’g’anoq bo’lgan bo’lsa, Qirg’iziston 
“demokratik o’zgarishlar” ta’siriga tushib qoldi. Turkmaniston esa integratsion jarayonlarga 
umuman qo’shilmadi va neytrallik yo’lini tanladi. Shu jihatdan bu davlatlar manfaatlari 
mutanosiblik xarakteriga ega bo’lmadi va oqibatda inetgratsiya jarayoni to’xtab qoldi. 
Oxirgi bir necha yillar mobaynida mintaqa davlatlari yana qaytadan o’zaro hamkorlikka 
kirishishni boshlab yubordilar. Bu borada O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev tashabbuskor bo’lmoqda. Sh.Mirziyoyev hali Prezident etib saylanmasdan oldin, ya’ni 
2016-yil 8-sentabrda Oliy Majlis palatalarini qo‘shma yig’ilishida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentini vaqtincha bajaruvchi lavozimga kirishar ekan, Markaziy Osiyo haqida quyidagicha 
fikr bildirgan edi: “Mamlakatimizning milliy manfaatlarni ta’minlashda muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan Markaziy Osiyo mintaqasi O’zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy ustuvor 
yo‘nalishi hisoblanadi. Biz o‘zimizning yaqin qo’shnilarmiz Turkmaniston, Qozog’iston, 
Tojikiston va Qirg’iziston bilan ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat olib borishga sodiq 
qolamiz”[6]. 
Shu jihatdan olib qaraganda, O’zbekiston rahbari o’tgan yillar mobaynida barcha Markaziy 
Osiyo davlatlariga davlat tashrifi bilan tashrif buyurdi va mintaqada o’ziga xos muhit yaralishiga 
sababchi bo‘ldi. Shu boisdan mamlakatimiz tashabbus bilan 2017-yil 11-avgust kuni Toshkentda 
bo‘lib o’tgan “Markaziy Osiyo — O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi” 
mavzuidagi xalqaro konferensiyada mintaqaviy ahamiyatga molik eng muhim masalalar 
yuzasidan O’zbekiston va unga qo‘shni davlatlarning zamonaviy mintaqaviy siyosati, nuqtai nazar 
hamda yondashuvlarining turli qirralari batafsil muhokama etildi [7]. Xalqaro miqyosda 
o’tkazilgan bu yirik anjuman O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Xalqaro 
munosabatlar axborot-tahlil markazi, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi 
vakolatxonasi hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) loyihalari 
koordinatori ofisi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Qayd etish lozimki, aynan shu anjuman 
keyinroq Samarqandda yirik xalqaro konferesiya o’tkazilishiga sabab bo’ldi. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yilning 10-11-noyabr kunlari 
Samarqand shahrida bo’lib o’tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror 
rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiya hamda 2018-
yilning 15-mart kuni Ostona Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat 
uchrashuvi bo’lib o’tdi. Aynan shu uchrashuvlarning keyingi yillarda ham davom etdi va 
davlatlarining mintaqaviy hamkorligining rivojlanib borishiga asos bo’ldi, deyish mumkin.



Yüklə 326,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin