ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW
ISSN: 2181-2780
https://www.supportscience.uz/index.php/ojmp
167
kunlarida Dushanbeda bo’lib o’tgan MOHTga a’zo mamlakatlar
rahbarlarining uchrashuvini
keltirishimiz mumkin. Uchrashuv chog’ida mintaqaviy integratsiya masalalaridan tashqari,
Afg’oniston bilan bog’liq muammolar ham ko’rib chiqildi. Bu uchrashuv davomida Orol bo’yidagi
ekologik holat chuqur o’rganib chiqildi hamda “Orolni qutqarish xalqaro fondi” faoliyati tahlil
qilindi [4].
2005-yil 6-7-oktabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o’tgan
Markaziy Osiyo
tashkiloti Davlat Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati rahbarlarining kengashida o’tgan davrda
qilingan ishlar sarhisob qilindi. Kengashda Markaziy Osiyo umumiy bozorini barpo etish
konsepsiyasi tasdiqlandi. MOHning bu galgi sammiti Yevroosiyoda
integratsiyalashuv
jarayonidagi burilish nuqtasi bo’ldi. O’zbekiston rahbarining tashabbusi bilan MOH va
Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati negizida yangi YOIHni shakllantirishga qaror qilindi. Negaki,
bu ikki tashkilotning maqsad va vazifalari deyarli farq qilmas edi. Ikki tashkilotning qo’shilishi
natijasida yirik jo’g’rofiy makonda yanada faol yangi integratsiya uchun keng yo’l ochildi. YOIH
Rossiya, Belorus, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston o’rtasida 1995-yilda tuzilgan Bojxona
ittifoqi negizida tashkil topgan edi. YOIHning 2006-yil 24-25-yanvar kunlari Sankt-Peterburg
shahrida bo’lib o‘tgan sammitida O’zbekiston unga a’zo bo’lib kirdi.
Mazkur sammitda
O‘zbekistonning YOIHni ta’sis etish to’g’risidagi shartnomaga qo’shilishi to’g’risidagi protokol,
“YOIHni ta’sis etish to’g’risidagi shartnomaga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi
qarorlar imzolandi. YOIH tashkiloti unga a’zo mamlakatlar o’rtasida integratsiyani
rivojlantirishga, yagona umumiy bozorning shakllanishiga,
Bojxona ittifoqiga, erkin savdo
zonasining tashkil topishiga ko’maklashadi. Lekin O’zbekiston iqtisodiy manfaatlariga zid
bo’lganligi uchun Respublikamiz 2008-yilda bu tashkilotdan chiqqan edi.
Hozirda bu tashkilot
Markaziy Osiyodan faqatgina ikki davlat (Qozog’iston va Qirg’iziston) va Rossiya, Belorus,
Armaniston davlatlaridan iborat [5].
Muxtasar qilib aytganda, Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgandan keyin o’zaro
integratsion birlashma tuzishga urinib ko’rdilar. Bunday inegratsion birlashmalarning o’zaro
tenglik va tolerantlik tamoyillarga asoslangan bo‘lishiga qaramasdan kutilganidek samara
bermadi. Bu bir necha sabablar oqibatida tadrijiy o’sishga erisha olmasdan qoldi:
Birinchidan, mintaqa davlatlari integratsion birlashma tuzishni
dinamikasini juda ham
tezlashtirib yubordilar. Ular jahon tajribasida sinalgan avval koordinatsiya, keyin esa
subordinatsiya usulidan foydalanmadilar. Masalan, Yevropa Ittifoqi yarim asr davomida erishgan
yutuqlarga Markaziy Osiyo davlatlari 10-15 yilda erishishga urindilar.
Ikkinchidan, mustaqillikdan keyin deyarli bir xil salohiyatga, bir xil imkoniyatga ega bo‘lgan
mintaqa davlatlari keyingi davr mobaynida turli xil rivojlanish yo’llarini boshlaridan kechirdilar.
Masalan, Qozog’iston xalqaro yordamlar va kreditlar evaziga juda tez rivojlanish yo’lini tanlab,