Regional cooperation in the foreign policy of central asian


ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW



Yüklə 326,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix17.05.2023
ölçüsü326,64 Kb.
#115170
1   2   3   4   5   6   7
markaziy-osiyo-davlatlari-tashqi-siyosatida-mintaqaviy-hamkorlik

ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW
 
ISSN: 2181-2780 
https://www.supportscience.uz/index.php/ojmp 
166 
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg‘iziston Respublikalari o’rtasida 1994-yil aprel oyida 
yagona iqtisodiy hududni barpo etish to’g’risidagi shartnomaning imzolanishi mintaqada o’zaro 
hamkorlik va integratsion jarayonlarni rivojlantirish borasida qo’yilgan dastlabki jiddiy qadamlar 
edi. Bu shartnomani imzolashdan asosiy maqsad tovarlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchining 
mintaqa bo’ylab erkin harakatini ta’minlash, kelishilgan soliq, budjet, narx, bojxona va valyuta 
siyosatini yuritishdan iborat edi [2]. 
Shu yilning o’zida ushbu “uchlik” davlatlari Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligi 
tashkilotiga asos soldilar. Bu tashkilot doirasidagi masalalarni hal etish uchun Davlatlararo 
Kengash, Bosh vazirlar, tashqi ishlar vazirlari, mudofaa vazirlari kengashi, tashkilotning ishchi 
organi – Ijroiya qo’mita kabi institutsional tuzilmalar tashkil etildi. Bundan tashqari a’zo 
davlatlarning ulushlari hisobiga Markaziy Osiyo banki tashkil etildi [3]. 
Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari 1998-yil 17-martda Sirdaryo 
havzasining suv-energatika resurslaridan foydalanish to’g’risidagi uzoq muddatli shartnomani 
imzoladilar. Bir yildan so’ng bu shartnomaga Tojikiston ham qo’shildi va 1998-yil 26-martda 
mazkur respublika ham yagona iqtisodiy hudud to’g’risidagi shartnomaning to’laqonli a’zosiga 
aylandi.
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligi tashkilotiga a’zo davlatlar boshliqlari 1999-yilning 
iyun oyida Bishkekda bojxona ittifoqini tuzish to’g’risidagi fikrlarni ilgari surdilar. Bir yildan 
so’ng esa Dushanbe shahrida “Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligining 2005-yilgacha 
mo’ljallangan integratsion rivojlanish strategiyasi”ni tasdiqladilar. Ushbu hujjatda iqtisodiy 
hamkorlikka a’zo davlatlar integratsiyalashuvi jarayoni har bir davlatning hayotiy muhim 
manfaatlaridan kelib chiqadiga obyektiv jarayon ekanligi alohida ta’kidlandi. 
Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlarning 2001-yil 28-dekabrda 
Toshkentda bo’lib o’tgan uchrashuvi chog’ida mintaqaviy integratsiya shakllari va 
mexanizmlarini takomillashtirish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha 
birgalikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo iqtisodiy hamdo’stligini 

Yüklə 326,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin