ORIENTAL JOURNAL OF HISTORY, POLITICS AND LAW ISSN: 2181-2780 https://www.supportscience.uz/index.php/ojmp 169
Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligidagi keyingi muhim qadam 2018 yilning 15-martida
Qozog’iston poytaxti Ostona shahrida bo’lib o’tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining
birinchi maslahat uchrashuvi bo’ldi, deyish mumkin. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning
Samarqanddagi tashabbusiga ko’ra joriy etilgan bunday uchrashuv N.Nazarboyevning taklifiga
ko’ra Qozog’istonda bo’lib o’tdi.
Ta’kidlash joizki, bu uchrashuvda quyidagi asosiy vazifalarni hal etish Markaziy Osiyo
hamkorligining ustuvor yo’nalishlari sifatida mamlakatimiz tomonidan taklif etildi:
Birinchidan, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohasida samarali
mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish uchun yangi zaxira va amaliy mexanizmlarni izlash;
Ikkinchidan, savdo-iqtisodiy, innovatsiya, investitsiya, transport-kommunikatsiya, bank-
moliya, suv-energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklik bo’yicha aniq dasturlar —
“yo’l xaritalari”ni ishlab chiqish;
Uchinchidan, eng dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo’yicha keng fikr almashish,
ular bo’yicha umumiy pozitsiyani kelishib olish hamda uni keyin BMT, MDH, SHHT va boshqa
xalqaro tashkilotlar doirasida ilgari surish [8].
XULOSA Xulosa qilib aytganda, Markaziy Osiyo davlatlari o’zaro mintaqaviy hamkorlik va
integratsiyani amalga oshirishning o’ziga xos yo’lidan bordilar. Bu o’ziga xoslik mustaqillikdan
keyinoq Markaziy Osiyo davlatlari koordinatsiya yo’lini to’liq bosib o’tmasdan subordinatsiya
holatiga o’tib ketishida namoyon bo’ldi. Oqibatda yana bir necha omillar bilan bog’liq holda
o’zaro integratsiya jarayonlari to’xtab qoldi. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyevning tashqi siyosatdagi tashabbuslari, ayniqsa, O’zbekiston tashqi
siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida qayd etishi natijasida Markaziy Osiyo davlatlari
hamkorligida yangi bosqich boshlandi. Bu bosqich har qanday subordinatsiyadan holi bo’lgan,
faqatgina o’zaro hamkorlik va koordinatsiyaga asoslanuvchi jarayonlarni qamrab olmoqda. Shu
o’rinda bir biriga turtki bo’lgan yirik anjumanlarning o’tkazilganligi yanada dolzarb ahamiyatga
ega. Masalan, mamlakatimiz tashabbus bilan 2017-yil 11-avgust kuni Toshkentda bo’lib o’tgan
“Markaziy Osiyo — O’zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi”mavzuidagi
xalqaro konferensiya 2017-yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo’lidagi hamkorlik” mavzuidagi xalqaro konferensiya o’tkazilishiga bu esa, o’z navbatida, 2018-yilning 15-mart kuni
Ostona Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining birinchi maslahat uchrashuvining
tashkillanishiga sabab bo’ldi. Keyingi bosqichda bunday uchrashuvlarning har yili o’tkazilib
turilishi hamda mintaqadagi muammolarni hal etish orqali ishonchli mintaqaviy hamkorlikning
mustahkamlanib borishiga sabab bo’lmoqda.