Registon majmuasi Reja: Registon majmuasi Registon tarixi



Yüklə 42,16 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü42,16 Kb.
#201329
1   2   3
Registon majmuasi

Sherdor madrasasi- Samarqanddagi me’moriy yodgorlik (1619-1936).Registon ansambli tarkibida.Mirzo Ulug’bek xonaqohi o’rniga Yalangto’sh Bahodir qurdirgan.Ulug’bek madrasasining ro’parasida joylashgan.Madrasa tarhi to’rtburchak 2 qavatli. Bosh tarafining 2 qanotida qovurg’ali gumbaz va minoralar joylashgan.Hovli atrofida 2 qavatli hujralar (54ta)ning oldi ravoqli ayvon. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini o’tagan. 1960-1964 yillarda peshtoq qanotlaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan.
Tillakori madrasa- Samarqanddagi me’moriy yodgorlik. Registon ansamblida Ulug’bek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-asr) o’rnida Samarqand hokimi Yalangto’shbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641-1646). Tilla Qori madrasasidan shahar jome masjidi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Shuning uchun masjidi (63×22m) katta va serhashamligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Peshtoq ravog’idagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659-1660 yillarda bajarilganligi yozilgan.

Sharq taronalari-xalqaro festival. Har 2 yilda Samarqand shahrida o’tkaziladi. Festivalga dunyoning Osiyo, Afrika,Yevropa qit’alarining ko’p mamlakatlaridan vakillar keladilar, o’z xalqlarining mumyoz kuy va qo’shiqlarini kuylaydilar. Festival ochiq osmon ostida, aynan Registon maydonida o’tkaziladi
Qadimiy Samarqand shahrining rasmiy markazi Registon maydoni boʻlib, bu yerda uchta madrasa qad koʻtargan: Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalari. Registon – qadimiy ilm, taʼlim muassasalari joylashgan joy boʻlib, sharqdagi shahar qurilishi sanʼatining eng koʻzga koʻrinarli namunalaridan biri hisoblanadi. U haqda Temuriylar faxr bilan: „Kim bizning kuch-qudratimizga shubha qilsa, kelib biz qurgan binolarni koʻrsin“, deganlar. 2001-yilda bu uch madrasa UNESCOning butun dunyo yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan.

Registon maydoni- tarixda shaharning ilm-fan, siyosat va diniy markazi boʻlgan. „Registon“ soʻzi „qumloq joy“ degan maʼnoni anglatadi. Oʻrta asrlarda hamma katta shaharlarda markazlar „Registon“ deb atalar edi. Shu nomdagi maydonlar BuxoroShahrisabz va Toshkentda ham boʻlgan. Samarqanddagi maydon esa Markaziy Osiyodagi eng mahobatli va tahsinga sazovor maydonlardan biri edi. Bu maydonda bir necha ming yillik tarix mujassam. Amir Temur hukmronligi davrida Registon Samarqandning markaziga aylantirildi. Ulugʻbek davrida esa maydon bundan ham muhimroq ahamiyatga ega boʻldi. Zamonaviy Registon ansambli oʻzida Ulugʻbek, Sherdor va Tillakori madrasalarini mujassam etadi.


Registonning janubiy tomonida xalq orasida „Childuxtaron“ deb atalmish xonaqoh va maqbaralar joylashgan edi. Ularni Koʻchkunchixon qurdirgan edi va Tillakori madrasasiga qoʻsh qilib bunyod etilgan edi. U 1904-yilgi zilziladan soʻng xarobaga aylanib, 1910-yili butunlay buzilgan va oʻrni maydon boʻlib qolgan. 100 yil orasida oxirgi koʻrinishini olgan bu Registonni koʻrish ishtiyoqida butun dunyodan sayyohlar tashrif buyurishadi.
Ulugʻbek madrasasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Asosiy maqola: Ulugʻbek madrasasi (Samarqand)


Yüklə 42,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin