Registrlar turlari va tasnifi Tezkor xotiraning yacheykalari bilan birgalikda qisqa vaqtli tezkor
ma’lumotlarni registrlarda saqlash ham mumkin. Registrlar protsessor tarkibiga
kiradi va dasturlash orqali ularga murojaat o‘rnatilishi mumkin.
Registlarga murojaat xotira yacheykalariga nisbatan tezroq bajariladi,
shuning uchun registrlarni ishlatish dastur ishini sezilarli darajada tezlashtiradi.
Intel firmasining protsessorlarida registrlar 2 guruxga bo‘linadi: sistemali va
amaliy maqsadga yo‘naltirilgan. Quyida foydalanuvchiga mo‘ljallangan amaliy
maqsadga yo‘naltirilgan registrlarni ko‘rib chiqamiz.
Registr guruhlari tasnifi Registr o‘zining strukturaviy tuzilishiga ko‘ra 8 razryadli, 16 razryadli,
32 razryadli bo‘ladi. Registrlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:
Umumiy foydalanishga mo‘ljallangan registrlar
Segment registrlar
Flag registrlar
Buyruq registrlar
Soprotsessor registrlari
MMX kengaytmali butun sonli registrlar
MMX kengaytmali o‘nlik nuqtasi siljuvchan sonlar bilan ishlovchi registrlar
Umumiy foydalanishga muljallangan registrlar 8 ta
* EAX/AX/AH/AL - akkumlyator
* EBX/BX/BH/BL - baza registr
* ECX/CX/CH/CL - hisobchi registr
* EDX/DX/DH/DL - ma’lumotlar registr
* SI/ESI - manba indeksi
* DI/EDI - qabul qiluvchi indeks
* BP/EBP - baza ko‘rsatgichi
* SP/ESP - stek ko‘rsatgich
Segment registrlar asosan 6 ta shulardan 3 tasi asosiy, 3 tasi yordamchi, qo‘shimcha
* SS - stek segmenti
* CS - kod segmenti
* DS - ma’lumotlar segmenti
Qo‘shimchalar: ES,FS,GS-qo‘shimcha segment registri
Flag registri Flag registri 1 ta, undagi har bir razryad ma’lum bir vazifani bajarishga
mo‘ljallangan. Shunga kura flag razryadlarini 2 guruhga bo‘lish mumkin
1) Holat flaglari
2) Boshqarish flaglari
Holat flagiga quyidagilar kiradi:
00 – razryad CF - o‘tkazish flagi
02– razryad PF-qiymatning juftligini tekshiradi
04– razryad AF-qo‘shimcha o‘tkazish flagi
06– razryad ZF-nol flag
07– razryad SF-ishora flagi
11– razryad OF-to‘lib-toshish flagi
12-13 – razryadlar IOPL-kiritish chikarish darajasini belgilash flagi
14– razryad NT-masala berilishi flagi