Buyruq registri 1 ta bo‘lib, uning vazifasi navbatdagi bajariladigan buyruqni
saqlash.
Soprotsessor registrlari Soprotsessor registrlar o‘nli nuqtasi siljuchi sonlar bilan ishlashga
mo‘ljallangan bo‘lib ularda st(0) dan st(7) gacha bo‘lgan 8 ta registrdan
foydalaniladi. Ularning har biri 80 ta razryadga ega.
Multimedia kengaytmali butun sonli registrlar MMX0-MMX7 bo‘lgan
registrlardan foydalaniladi. Bu registrlar multimediaga ma’lumotlarni qayta
ishlashga mo‘ljallangan ularning har birida 64 ta razryad mavjud.
O‘nli nuqtasi siljuvchi multimedia kengaytmali registrlarga XMM0-XMM7
gacha bo‘lgan registrlar kiradi. O‘nli nuqtasi siljuvchi multimedia vositalarini
qayta ishlashga mo‘ljallangan har bir registr 128 ta razryaddan iborat. Pentium 2
dan boshlab joriy etilgan.
Mikroprotsessorning sistemali registrlari Ushbu registrlarning nomidan ko‘rinib turibdiki ular sistemada maxsus
funksiyalarni bajaradi. Aynan shu registrlar himoyalangan rejim ishini ta’minlaydi.
Shuningdek ularni mohir dasturlovchi turli xil amallarni bajarish uchun dastur
tuzishga to‘sqinlik qilmaydigan mikroprotsessorning maxsus qismi deb qarasa
bo‘ladi.
Sistema registrlari 3 guruhga bo‘linadi:
boshqarish registrlari - 1 ta
sistema adreslari registrlari - 4 ta
otladka registrlari - 6 ta.
Pentium mikroprotsessorlari uchun quyidagi o‘zgarishlari kiritilgan oldin band qilib
qo‘yilgan CR4 boshqarish registrlari qo‘llanilgan.
MSR registrlar guruxi kiritilgan.