Boshqarish registrlari Boshqarish registrlari guruxiga beshta registr kiritilgan, CR0, CR1, CR2,
CR3, CR4. bu registrlarning vazifasi butun sistema ishini boshqarish hisoblanadi.
Mikrolprotsessor beshta boshqarish registrlariga ega bo‘lsa ham, ulardan faqat
to‘rtasi ishlatiladi. CR1 registri ishlatilmaydi, chunki uning funksiyasi
aniqlanmagan.
CR0 registri mikroprotsessorning holatini va uning ish rejimiga tasvir
etuvchi sistema flaglaridan tashkil topgan. Quyida ular bilan tanishamiz:
* PE (protect enoble) mikroprotsessorning joriy vaqtida qaysi ish rejimida
ishlayotganini ko‘rsatadi. Agar uning qiymati 1 bo‘lsa, himoya rejimi, 0
bo‘lsa real rejim.
* MP(math present) soprotsessor borligi .
* TS(task switched) amallar orasida o‘tish (pereklyuchatel zadach).
* AM(alignment mask) tekislash maskasi, ushbu bit tekislashni boshqaradi.
* CD(cache disable) kesh xotirani ta’kiklash, ushbu bit AM=1 da kesh xotira
borligiga ruxsat beradi, AM=0 bo‘lsa ta’kiklaydi.
* PG(pa ging) xotirani sahifalashda ruxsat berish (Pg=1) yoki ta’kidlash
(Pg=0)
CR2 registri tezkor xotiraning sahifa rejimida ishlatilib ma’lum vaziyatdan
chiqib ketishga mo‘ljallangan. Ushbu vaziyat quyidagicha:
Agar buyruq xotirada joriy vaqtda bo‘lmagan sahifa adresiga murojaat qilsa,
mikroprotsessor ushbu adresni CR2 registriga yozib qo‘yadi. Shu ma’lumotga
qarab kerakli sahifa topiladi va xotiraga yuklanadi.
CR3 registri ham xotiraning sahifalashda ishlatiladi. Ushbu registrni birinchi
darajali sahifalar katalogi registri deb atasak bo‘ladi.
CR4 Pentium mikroprotsessorlarining turli modellariga paydo bo‘lgan
elementlarni xarakterlaydi.
Sistema adreslar registri, ushbu registrlar shuningdek xotirani boshqarish
registrlari deb ham ataladi. Ular mikroprotsessorning multiamalli holatida
ma’lumotlarni va dasturlarni himoyalash uchun qo‘llaniladi. Himoyalangan
rejimda mikroprotsessor adresli muhiti 2 ga bo‘linadi: Global – barcha vazifalar uchun umumiy
Lokal – har bir vazifa uchun alohida.
Mikroprotsessor tarkibida quyidagi sistemali registrlar mavjud:
* GDTR(global descriptor table register) 48 bit o‘lchamga ega, shundan 32 bit
global deskriptor jadvali va 16 bit GDT jadvali chegarasi.
* LDTR(local descriptor table register) 16 bit o‘lchamga ega va LDT
deskriptor jadvali spektorini o‘z tarkibida saqlaydi.
* IDTR(interrupt descriptor table register)
* TR(task register) 16 bitli vazifa registri
Otladka registrlari, bu apparatli otladka uchun mo‘ljallangan registrlar guruhidir.
Apparatli otladka vositasi birinchi marta i486 mikroprotsessorlarida paydo bo‘ldi.
Apparatli qism tomonidan mikroprotsessor 8 ta otladka registridan iborat. Lekin
real holda ularning faqatgina 6 tasi ishlatiladi. DR0, DR1, DR2, DR3 registrlari 32 bit razryadga ega va 4 ta uzulish
nuqtasi adresini kursatishga xizmat qiladi. Dastur tomonidan yaraladigan har
qanday adres DR0…DR3 registrlari tarkibidagi adreslar bilan taqqoslanadi va mos
tushgan holatda 1 raqamini otladka generatsiya qilinadi.
DR6 –otladka holati registri deb ataladi. Ushbu registr bitlarini ko‘rib chiqaylik:
B0 - agar ushbu bitda 1 o‘rnatilgan bo‘lsa, oxirgi uzulish DR0 registridan nazorat
nuqta natijasida ro‘y beradi.
V1 - V0 singari, faqat DR1 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V2 - V0 singari, faqat DR2 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
V3 - V0 singari, faqat DR3 registridan nazorat nuqta natijasida ro‘y beradi.
BD - otladka registrlarini himoyalash maqsadida ishdatiladi.
BS - eflages registrida tfq1 bo‘lsa 1 ni qabul qiladi.
BT - qopqon bit ISSTq1 bo‘lganda 1 ni qabul qiladi.
Ushbu registrlarda qolgan bitlar nollar bilan to‘ldiriladi.
DR7 – otladkani boshqarish registri deyiladi.