Reja : Kirish Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi. Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. O`quv fanlari tizimida kasb psixologiyasi



Yüklə 25,93 Kb.
səhifə6/8
tarix02.01.2023
ölçüsü25,93 Kb.
#78263
1   2   3   4   5   6   7   8
Reja va

Sosiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o'z
taraqqiyotining muhim bosqichiga o'tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan
yutuqlardan ham foydalanadi, ham ularning ko'lami kengayishiga baholi qudrat
xizmat qiladi. Ayniqsa, psixologiyadan mustaqil ravishda ajralib chiqqan, bugungi
taraqqiyot davrimizda alohida ahamiyat kasb etgan ijtimoiy psixologiyaning
sosiologiya bilan aloqasi uzviy bo'lib, ular jamiyatda ijtimoiy taraqqiyot va progressni
ta'minlash ishiga xitzmat qiladi. Qolaversa, huquqiy, demokratik davlat qurish ishini
sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O'zbekiston aholisining xuquqiy
madaniyatini va demokratik o'zgarishlarga psixologik jihatdan tayyorligini amalda
ta'minlash, bu sohada muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi
o'zgarishlarni o'z vaqtida o'rganish, bashorat qilish va taraqqiyot mezonlarini ishlab
chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat
kasb etadi.
Pedagogika bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy
hamla azaliy bo'lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga
oshirishdagi roli va nufuzi o'ziga xosdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan
yangi «Ta'lim to'g'risidagi Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni
amalga oshirish ham ikki fan hamkorligi va o'zaro aloqasini har qachongidan ham
dolzarb qilib qo'ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi shaxsni kamol
toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi, barkamolligini kafolotlovchi
shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik texnologiyalarini ta'lim va tarbiya
jarayonlariga tadbiq etishda pedagogikaning o'z uslub va qoidalari yetarli bo'lmaydi.
Shuning uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim olish
davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha o'qitish
texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy hamda intelektual
qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini o'rganish asosida ta'lim-tarbiya
ishini tashkil etish psixologiyadagi metodlarni didaktik metodlar bilan
uyg'ynlashtirishni taqozo etadi.

Yüklə 25,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin