2- mavzu
Dasturlash tilida sinflar. Ob’ektga yonaltirilgan dasturlash tushunchasi. Sinf va ob’ekt. Konstruktor va destruktorlar . Do‘stona funksiyalar. Istisno holatlarni qayta ishlash. Vorislik (merosho‘rlik), virtual funksiyalar va polimorfizm.
REJA :
Sinf tushunchasi abstrak tuzilma sifatida . Misollar
Friend funksiyalar . Misollar
Inkapsulyasiya tushunchasi
Merosho’rlik tushunchasi
Polimorfizm tushunchasi
Virtual funksiyalar haqida
(OYD) – bu programmalashga yangi bir yondashuvdir.
Hisoblash texnikasining rivojlanishi va echilayotgan masalalarni tobora murakkablashuvi dasturlash turli modellarini (paradigmalarini) yuzaga kelishiga sabab bo‘lmoqda.
Birinchi kompilyatorlarda (masalan, FORTRAN tili) programmalashning funksiyalardan foydalanishga asoslangan protsedura modelini qo‘llab quvvatlagan.
Bu model yordamida programma tuzuvchi bir nechta ming qatorli programmalarni yozishi mumkin edi.
Rivojlanishning keyingi bosqichida programmalarning strukturali modeli paydo bo‘ldi va ALGOL, Pascal va C tillar kompilyatorlarida o‘z aksini topdi.
Strukturali programmalashning mohiyati – programmani o‘zaro bog‘langan protseduralar (bloklar) va ular qayta ishlaydigan berilganlarning majmuasi deb qarashdan iborat.
Ushbu model programma bloklari keng qo‘llashga, GOTO operatoridan imkon qadar kam foydalanishga tayangan va unda programma tuzuvchi o‘n ming qatordan ortiq programmalarni yarata olgan.
Yaratilgan programmmani protsedurali modelga nisbatan sozlash va nazorat qilish oson kechgan.
Dostları ilə paylaş: |