Dasturlash tilida sinflar
Ma’lumotlarni abstraksiyalash – bu berilganlarni yangi turini yaratish imkoniyati bo‘lib, bu turlar bilan xuddi ma’lumotlarning tayanch turlari bilan ishlagandek ishlash mumkin. Odatda yangi turlarni ma’lumotlarning abstrakt turi deyiladi («foydalanuvchi tomonidan aniqlangan tur»deb ham atash mumkin).
Sinf, shu turdagi ob’ektning tashqi dunyo bilan o‘zaro bog‘lanishi uchun qat’iy muloqot shartlarini aniqlaydi. Yopiq berilganlarga yoki kodga faqat shu ob’ekt ichida murojaat qilish mumkin. Ochiq berilganlarga va kodlarga, garchi ular ob’ekt ichida aniqlangan bo‘lsa ham, programmaning ixtiyoriy joyidan murojaat qilish mumkin va ular ob’ektni tashqi olam bilan muloqatini yaratishga xizmat qiladi.
Yaratilgan ob’ektlarni, ularning funksiya – a’zolariga oddiygina murojaat orqali amalga oshiriluvchi so‘rovlar (yoki xabarlar) yordamida boshqarish mumkin.
Berilgan sinf ob’ektini yaratish konstruktor deb nomlanuvchi maxsus funksiya - a’zo tomonidan, o‘chirish esa destruktor deb nomlanuvchi maxsus funksiya – a’zo orqali amalga oshiriladi. Sinf ichki berilganlariga murojaatni cheklab qo‘yishi mumkin. Cheklov berilganlarni ochiq (public), yopiq (private) va himoyalangan (protected) deb aniqlash bilan tayinlanadi.
Dostları ilə paylaş: |