Hamshira parvarishi. Hamshira bemorning fiziologik yozilish
ehtiyojlarini qondirishga aralashar ekan, o‘z oldiga qo‘ygan maqsad- larini amalga oshirishga harakat qilishi kerak. Siydik ajratish yo‘lida infeksiya rivojlanishining oldini olish uchun:
Faqat umumiy ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinganda infeksiya rivojlanishining oldini olish mumkinligini yana bir brr eslatish zarur.
Bemor siydik tuta olmasa, siydik yig‘adigan idish, kateterdan foydalanish tavsiya etiladi; bemorga yoki uning oila a’zolariga kateterni to‘g‘ri ishlatishni o‘rgatish kerak.
Siydik tuta olmaslikdan azoblanayotgan ayollarga pampersdan foy- dalanish tavsiya etiladi. Ayollarga ham, erkaklarga ham qovuqni mashq qildirish dasturini tavsiya qilish mumkin. Buning uchun har 2 soatda muntaza. ravishda qovuq bo‘shatib turiladi.
Bemorda kolostoma mavjud bo‘lsa, ovqatlanish tartibi va tabiatiga to‘g‘ri rioya qilish kerak, shunda defekasiya tartibi buzilmaydi. O‘rinda yotib qolgan bemorlarga tuvak qo‘yish uchun ular gavdasini ko‘tarib, yuqori Fauler vaziyatiga keltiriladi. Agar bemorning ahvoli juda yomon bo‘lmasa, stulga qo‘yilgan tuvak ustiga o‘tqiziladi. Erkak bemorga siydikdon berilganda ham u yuqori Fauler vaziyatiga keltiriladi yoki krovatga oyoqlarini osiltirib o‘tqiziladi.