13.2. Bojxona postining asosiy vazifalari
Bojxona posting asosiy vazifalari quydagilardan iborat:
O‘zbekistan Respublikasi iqtisodiy manfaatlarini ximoya qilish va o‘z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, bojxona siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish.
Bojxona haqidagi konun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, yuridik va jismoniy shaxslarni huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarni ximoya qilish.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarning bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar boshqarilishini taʼminlash.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan harakatlanyotgan tovarlar va transport vositalarni bojxona nazoratidan o‘tkazishni taʼminlash.
Bojxona to‘lovlarini undirish. Bojxona hakidagi qonun xujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandani oldini olish uni aniqlash va ularga chek qo‘yish, giyohvand vositalar, psixotrop va portlovchi moddalarni, qurol- yaroq, valyuta boyliklarini, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bulgan buyumlarni respublikamiz bojxona chegarasidan noqonuniy ravishda harakatlanishini oldini olish. Tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini yuritish.
2.8. Bojxona brokerlari va bojxona tashuvchilari faoliyati, bojxona va erkin omborlar faoliyati, boj olinmaydigan savdo do‘konlar, tovarlarni bojxona hududidan tashqarida, bojxona hududi ustidan nazoratni amalga oshirish.
2.9. Bojxonaga oid qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash.
13.3. Bojxona postining asosiy funksiyalari
Bojxona posti unga qo‘yilgan vazifalar asosida quydagi funksiyalarni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining yagona davlat bojxona siyosatini ro‘yobga chiqarishda ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash buyicha chora- tadbirlarni amalga oshiradi.
3.3. Bojxona ishining rivojlantirish Dasturlarni ruyobga chiqarishda ishtirok etadi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan harakatlanayotgan tovar, transport vositalari, shahslar va ularning qo‘l yuki va bagaji ustidan bojxona nazoratini va bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan harakatlanayotgan tovar, transport vositalariga nisbatan iqtisodiy siyosat choralarini o‘z vakolati doirasida amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan harakatlanayotgan, tovar, transport vositalariga nisbatan bojxona rejimlarini to‘g‘ri qo‘llanishini taʼminlaydi. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirishda bojxona rejimlarini to‘g‘ri qo‘llanishini taʼminlaydi.
Valyuta, valyuta va madaniy boyliklar, badiiy, tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan buyumlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan harakatlanishini o‘z vakolati doirasida nazorat qiladi.
Bojxona posti zonasida faoliyat ko‘rsatayotgan bojxona omborlari va boshqa bojxona organlari tomonidan nazorat qilinishi kerak bulgan subʼektlarini tashkil etilishini hamda ishlashini nazorat qiladi.
3.9. Bojxona posti zonasida faoliyat ko‘rsatayotgan bojxona brokerlari, bojxona tashuvchilari va boshqa bojxona organlari tomonidan nazorat qilinishi kerak bo‘lgan shaxslar faoliyatini nazorat qiladi.
3.10. Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda chegara, veterinar, fitosanitar, ekologik va boshqa xizmatlar bilan birgalikda ish olib boradi.
3.11. O‘zbekistan Respublikasi bojxona chegarasidan xarakatlanayotgan tovarlarga nisbatan tariflik va notariflik boshqarish choralarini qo‘llanishini taʼminlaydi. Bojxona to‘lovlarini xisoblanishini, undirilishini va o‘z vaqtida Davlat budjetiga tushishini taʼminlaydi.
Bojxona to‘lovlarini undirilishini samaradorligini oshirish xamda pul mablag‘larini vaqtida taʼminlash maqsadida soliq, va moliya organlari bilan xamkorligida ish olib boradi.
U o‘z vakolati doirasida tovar nomenklaturasi bo‘yicha tovarlarni klassifikatsiyalash, bojxona qiymatini aniqlash, tovarni kyelish-chiqish mamlakatini aniqlash bo‘yicha qaror qabul qiladi.
3.14. Bojxona haqidagi qonun xujjatlari buzilishiga, shu jumladan kontrabandaga qarshi kurashni amalga oshirish va ular bo‘yicha surishtiruv ishlarini va tezkor faoliyatni olib borish.
3.15. O‘zbekistan Respublikasi bojxona chegarasi orqali narkotik va psixotrop moddalrni, qurol-yaroq o‘q-dorilarni noqonuniy ravishda olib kirilishiga qarshi amalga oshiriladigan barcha choralarni ro‘yobga chiqishni taʼminlash.
3.16. Boshqa xuquqni muhofaza qiluvchi organlarga millatlararo terrorizimga qarshi kurashda amaliy yordam ko‘rsatish.
Bojxona qoidalarni buzish xolatlari bo‘yicha ish yuritish va o‘z vakolati doirasida ularni ko‘rib chiqish.
O‘zbekiston Respublikasi boshqa xuquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari bilan hamkorlikda bojxona qoidalarini buzish holatlarini aniqlash, oldini olish ular bo‘yicha surishtiruv ishlarini olib borish.
Davlat xavfsizligini jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xayoti va sog‘ligini himoya qilish atrof muhitni muhofaza etish chora-tadbirilari amalga oshirilishiga ko‘maklashish.
Bojxona nazorati zonasida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan xamkorlikda belgilangan tartibga rioya qilishni hamda bojxona obʼektlarni qo‘riqlashni taʼminlash.
Bojxona statistikasini yuritish uchun birlamchi maʼlumotlarni yig‘ish
qayta ishlash va ushbu maʼlumotlarni haqqoniyligini taʼminlash.
Bojxona postiga kelayotgan normativ hujjatlarini ro‘yxatini olib boradi va ularni talab darajasida saqlanishini taʼminlaydi.
Bojxona ishiga oid masalalar bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga maslahatlar beradi va bojxona qonunchiligini targ‘iboti buyicha tadbirlarda qatnashadi.
Postdagi jihozlar texnika va qurol-yaroqni saqlanishini taʼminlash, ularni saqlash va ishlatish tartibiga rioya qilish, ularni o‘g‘irlanishini oldini olish. Musodara qilingan pul va moddiy boyliklarni o‘z vaqtida belgilangan tartibda tegishli idoralarga topshirilishini taʼminlash.
Bojxona posti joylashgan zonadagi tezkor vaziyat bo‘yicha o‘z vaqtida bojxona boshqarmasiga maʼlumot yetkazishni tashkil etish.
O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari bilan belgilangan boshqa vazifalarni bajarish.
Dostları ilə paylaş: |