Muztazod janrining o\'ziga xos xususiyatlarini o\'rganish
Oqish darslarida nutq o’stirish Ma'lumki, nutq tafakkur bilan bog'liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy bog'liq holda o'stiriladi. Darsda o'qilgan asarni o'quvchilar ongli tushunishi, asosiy mazmunini, g'oyasini anglab yetishi uchun lahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish kabi mantiqiy usullar qo'llanadi. O'qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o'qituvchi rahbarligida asar rejasini tuzadilar. Qatnashuvchi shaxslarni o'quvchilar har xil tartibda aytishlari mumkin, ammo o'qituvchi ularni asarda qatnashish tartibida aytishni so'raydi. Natijada o'qituvchi rahbarligida hikoyaning chizmasi tuziladi. O'qituvchi bergan savollar yordamida asarlarning mazmuni aniqlanadi.
Shunday qilib, asar mazmuni bilan birinchi tanishish o'quvchilardan ongli ishlashni, ya'ni voqealarni, qatnashuvchilar tarkibini tahlil qilishni talab etadi. O'qish bilan bog'liq holda bajariladigan bunday mantiqiy ishlar asta-sekin murakkablasha boradi.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilar nutqining o'sish darajasi to'g'ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to'liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun matnni to'liq yoki inatnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o'qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o'qituvchining savoli hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o'rtasidagi bog'lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar sujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o'ynaydi. O'quvchilar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xatti-harakati, xarakterli xususi-yatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab yetadilar. O'qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakati qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so'zlab berishga, voqcalami izchil bayon qilinishga va o'zaro bog'liqligini yoritishga yunaltirilishi lozim.
O'quvchi o'qilgan asar mazmunini o'qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat analizdan emas, sintezdan ham foydalaniladi: ayrim lavhalar o'zaro bog'lanadi (sintezlanadi), bir-biriga taqqoslanadi, ular yuzasidan muhokama yuritiladi va xulosa chiqariladi.
Ko'pincha boshlang'ich sinf o'quvchilari qatnashuvchi shaxslar xatti-harakatini yaxshi tushunmasliklari, ba'zan noto'g'ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini anglab yetmaydilar. Shuning uchun ham o'qituvchi savolni juda o'ylab tuzishi, u bolani fikrlashga, o'ylashga majbur etadigan, qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati, voqealarning bog'lanishi yuzasidan muhokama yuritishga undaydigan, ularni o'zaro qiyoslashga, ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga yor-dam beradigan bo'lishi lozim. O'quvchi asarda qatnashuvchilarning xatti-harakatini qanchalik aniq ko'z oldiga keltira olsa, u hikoyaning asosiy mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta hikoya qilib beradi.
O'qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o'quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo'ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o'tiladi, ya'ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o'qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratliligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o'ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o'quvchilar topgan sarlavhani jamo-aviy muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o'zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o'z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim.
Asarnt o'qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja xattaxtaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o'zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o'qituvchi savoliga lavob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning xiyla mustaqil shaklidir.
O'qilgan asar mazmunini o'zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2—3 qismga bo'linadigan, bu bo'limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib hikoyalashga o'rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o'qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo'ygan qismini o'qiydi va o'quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o'quvchilar ba'zan asardagi so'zlardan I'oydalanadilar. Bu o'quvchilarga qiyinlik qilsa, bo'limdagi asosiy fikrni o'z so'zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o'quvchilar o'qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o'quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiiadilar. O'qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga II sinfdan boshlab o'rgatiladi.
Tanlab hikoyalash ham bolaiarning tafakkuri va nutqini o'stirish vo-sitalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o'quvchi:
1) o'qilgan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so'zlab beradi;
2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;
3) hikoya mazmunini faqat bir sujet yo'nalishida so'zlab beradi.
O'quvchilarda tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang'ich sinf izohli o'qish darslarida keng qo'llaniladigan metodik usullar yordam beradi:
1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;
2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;
3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.
O'quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o'qilgan matnni tanlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi musta-qillikni o'stiradi va o'qilgan matn mazmunini o'zlashtirishga yordam beradi.
Hikoyani o'qish bilan bog'liq holda o'tkaziladigan ijodiy ishlar ham o'quvchilar nutqini, tafakkurini o'stiradi.
Bular:
1) ijodiy qayta hikoyatash;
2) inssenirovka qilish;
3) o'qilgan asarga rasm chizish;
4) hikoyani davom ettirish.
Ijodiy qayta hikoyalashda o'qilgan hikoyaning sharoiti yoki shaklini o'zgartirib hikoya qilinadi. Bunda hikoyani yangi epizodiar bilan to'idirib hikoya qilish ham mumkin.
Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o'quvchilar o'qilgan hikoyani sahnabop qilib o'zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kiyim-kechaklari, qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o'ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni o'rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).
O'qilgan hikoyaga rasm chizishda o'quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan o'qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o'zi rasm chizadi. Agar o'quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o'zi chizmoqchi bo'lgan rasmni og'zaki tasvirlab beradi, ya'ni so'z bilan chizadi.
O'qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo'llaniladi. Bu usul hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo'llaniladi.
Umuman olganda, boshlang'ich sinf o'qish darslarida ham o'quvchilar nutqi va tafakkurining rivojlanishiga katta ahamiyat qaratiladi.