Doston o'qish metodikasi. O'zbek xalqi og'zaki ijodi juda uzoq tarixga ega. Og'zaki ijodning qadimdan shakllangan janri dostondir. U eng murakkab, yirik va keng tarqalgan shakllardan hisoblanadi. ,,Doston" so'zi ,,qissa", ,,hikoya", ,,ta'rif", ,,maqtov", ,,shon-shuhrat", ,,sarguzasht" ma'nolarida ishlati-ladi. U adabiy atama sifatida yirik hajmli, liro-epik asarlarni anglatadi. Dastlab xalq og'zaki ijodida shakllangan bu janr keyinchalik yozma adabiyotda ham salmoqli o'rin tutgan.
Xalq dostonlari maxsus ijrochilar tomonidan kuylangan. Ular hozir ham baxshi, oqin, shoir nomlari bilan ataladi. Xalq dostonlarining matni nazmiy va nasriy parchalardan iborat bo'lib, mavzusiga ko'ra xilma-xildir. Boshlang'ich sinflarda asosan:
Qahramonlik dostonlari;
Jangnoma dostonlar o'rganiladi.
Xalqning qahramonona kurashlari qahramonlik dostonlarining paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. ,,Alpomish", ,,Yodgor" kabi xalq qahramonlik dostonlarida fantaziya va romantik tasvirning kuchli bo'lishiga qaramay, ularning asosini xalq hayoti va kurashi, lining orzu-armonlari tashkil etadi. Xalqqa xos insonparvarlik, vatanparvarlik, qahramonlik, mardlik, mehnatsevarlik, do'stlik va sadoqat kabi olijanob fazilatlari xalq dostonlaridagi qahramonlar obrazida mujassamlashgan.
Boshlang'ich sinf o'qish darsliklarida doston janriga kam o'rin berilgan. 3-sinf ,,0'qish kitobi" da ,,Alpomish", ,,Rustamxon" dostonlaridan parchalar berilgan bo'lsa, 4-sinfda M. Shayxzodaning ,,Toshkentnoma" dostoni keltirilgan.
3-sinfda o'quvchilarga doston haqida beriladigan ma'lumot ,,Rustamxon" dostoniga bogliq holda bayon etiladi. Darsda o'qituvchi doston haqida quyidagi ma'lumotlarni beradi:
,,Doston ham xalq og'zaki ijodining bir turidir. Dostonda xalq hayoti, kurashi va orzu-umidlari aks etadi".
Boshlang'ich sinflarda dostonlardan berilgan parchalarda, asosan, qahramonlarning bolalik davri aks etgan epizodlar keltiriladi. Bunda bolalarni qahramonlikka, Vatanga sadoqatli boiishga chorlovchi voqealar tasvirlanadi. 3-sinf darsligidan o'rin olgan ,,Rustamxon", ,,Alpomish" dostonlari xalq og'zaki ijodi mahsuli bo'lganligi uchun muallif haqida ma'lumot berilmaydi. Faqat bu dostonlar o'rganiladigan darslarda dostonni qo'shiq qilib aytadigan baxshilar haqida ma'lumot berish mumkin.
Qahramonlik dostonlari tahlilida voqealar rivojiga, qahramonlar hnyotiga alohida e'tibor qaratiladi. Dostondagi mubolag'a, favqulodda yuz beradigan vaziyatlar aniqlanadi, doston qahramonlariga tavsif berish va tarbiyaviy xulosa chiqarishda o'quvchilarning mustaqil mulohaza yuritishlari uchun sharoit yaratiladi.
4-sinfda Maqsud Shayxzoda tomonidan yaratilgan ,,Toshkentnoma" nomli doston o'rganiladi. Bu dostonni quyidagi tartibda o'rganish mumkin:
1. 3-sinfda doston haqida olingan bilimlar esga olinadi va
to'ldiriladi.
Dostonni o'qishdan oldin uning muallifi - Maqsud Shayxzoda
haqida ma'lumot beriladi.
O'qituvchi dostonni ifodali o'qib beradi.
4. Doston yuzasidan dastlabki suhbat o'tkaziladi. Suhbatda
o'quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi: ,,Doston
qaysi shahar haqida ekan?", ,,Dostonni o'qish orqali Toshkent shahri
haqida yana nimalarni bilib oldingiz?" va hokazo.
Doston qismlarga bo'linib, o'quvchilarga o'qitiladi.
Doston mazmuni to'liq qayta hikoya qildiriladi. Bunda bir
o'quvchi mazmunni gapirib berishi yoki bir necha o'quvchi ketma-ket
davom ettirishi mumkin.
Doston matni ustida ishlashda dostondagi badiiy vositalarga
e'tibor qaratiladi, asar mazmuni yuzasidan savol-topshiriqlar tuzish,
dostonning ba'zi epizodlariga rasmlar chizdirish, dostonga reja tuzish
kabi ish turlaridan foydalaniladi.
8. Umumlashtiruvchi suhbat o'tkaziladi. Bunda
“Toshkentda uch fasl yoz", ,,Osiyoning qo'ynida yashil shahar bor"kabi gaplarni
o'quvchilar qanday tushunganliklari so'raladi.
Yuqoridagilarni hisobga olib, dostonni o'rganish darsining qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin:
Tayyorgarlik ishlari (bunda doston xususiyatlari va qaysi sinfda
o'qitilishiga mos ravishda ish turlari tanlanadi).
Dostonni o'qituvchining ifodali o'qishi yoki baxshi aytganini
eshittirish.
Dostonni qismlarga bo'lib o'qish.
Doston mazmunini tahlil qilish.
Dostonda o'quvchilar tushunishi qiyin bo'lgan so'z va so'z
birikmalarining ma'nosi ustida ishlash.
Dostondagi badiiy san'atlar ustida ishlash.
Dostonni qismlarga bo'lish va reja tuzish.
Dostonni to'liq qayta hikoyalash.
Umumlashtiruvchi suhbat.
Ilmiy-ommabop asarlarni o'qish metodikasi.Boshlang'ich sinflarda ilmiy-ommabop asarlarni o'qitishdan asosiy maqsad bolalarga tabiat, kishilar mehnati va ijtimoiy hayot haqida muayyan bilim berish, bolalarni kitob bilan mustaqil ishlashga va undan aniq bilim olishga o'rgatishdan iborat.
Tabiatshunoslikka oid va tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni o'qib o'rganishda tabiat hodisalarini kuzatish (masalan, daraxt kurtaklarining bo'rtishi), o'quvchilarni dehqonlar mehnati bilan tanishtirish, mamlakatimizda yuz bergan o'zgarishlarning guvohi va ishtirokchilari bo'lgan insonlar bilan uchrashuvlar uyushtirish maqsadga muvofiq.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi asarlar Vatanimiz o'tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug' siymolar amalga oshirgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida bilim beradi. O'qish darsliklaridan o'rin olgan Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi matnlar o'quvchilarni nafaqat o'tmishimiz bilan tanishtiradi, balki ularning Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. O'quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi.
Vatanimiz o'tmishi haqida hikoya qilingan ilmiy-ommabop asarlar bilan tanishtirish va ularni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo'ladilar. Jamiyat taraqqiyoti haqida qisqacha bo'lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada, ayniqsa, milliy istiqlol bilan bog'liq mavzudagi asarlar tahliliga alohida e'tibor berish zarur.
1-sinf dasturida o'qish bilan bog'liq holda kuzatish, sayohat darslari mo'ljallanadi. Masalan, yil fasllarida mavsumiy tabiat hodisalari (ob-havoning o'zgarishi, o'simlik va hayvonlarning hayoti)ni, shuningdek, dala mehnatini kuzatish uchun tabiatga (dala, bog', xiyobonlarga) sayohat uyiishtirish ko'zda tutiladi. Sayohatda tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlar va kishilarning mehnati yuzasidan bolalarning nisbatan uzoq kuzatishlari uyushtiriladi.
Bunday darslarda ko'rgazma sifatida o'quv kinofilmlaridan ham loydalanish mumkin.
Tarixiy mavzudagi ilmiy-ommabop asarlarni unga mos rasmlar bilan bog'lab o'qitish kishilarning baxtli hayot uchun intilishlari, ota-bobolarimizning dushmanlardan Vatanni saqlash uchun qanday kurashganliklarini tushunib yetishga yordam beradi; o'quvchilar mehnat hayotning asosi ekanligini, insonlar turmushi mehnat tufayli rivojlanib, farovonlashib borishini bilib oladilar.
Dasturga ko'ra 2-sinf o'quvchilari ,,Toshkent", ,,Toshkent metrosi" mavzusidagi ilmiy-ommabop asarlarni, 4-sinfda esa ,,Mangulikka tatigulik kun" (Safar Barnoyev) asarini o'qish orqali o'tmish ajdodlarimiz, ularning xizmati, vatanimizning hozirgi taraqqiyoti haqida bilib oladilar. Bu maqolalar xalqimizning hayoti, mehnati va kurashi haqida yangi bilim berish bilan birga, bolalarni Vatanga, xalqqa, ona tabiatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi.
Ilmiy-ommabop maqolalarni izohli o'qish darsini uyushtirishda quyidagicha reja asos qilib olinishi mumkin:
O'qiladigan matn yuzasidan bolaiar tajribasi va bilimini aniqlash,
ularni matn mazmunini tushunishga tayyorlash maqsadida taxminiy
suhbat o'tkazish.
Asarni yoki uning ma'lum bir qismini o'qish, o'quvchiga nota-
nish bo'lgan so'zlar ma'nosi ustida ishlash.
Asar rejasini tuzish.
O'qilgan maqola yuzasidan suhbat uyushtirish.
Matnning asosiy mazmunini aniqlash va reja qismlarini yoritish.
Reja asosida maqolani qayta o'qish.
Maqolani yaxlit o'qish. Bunda bolalarni qayta hikoyalashga tay-
yorlash va maqola mazmunini yaxshi o'zlashtirishlariga erishish maqsadi
ko'zda tutiladi.
Reja asosida qayta hikoyalash.
Xulosalash va umumlashtirish.
Ilmiy-ommabop asarlarni uzviy birlikda o'rganish o'quvchilarning har bir mavzuda bayon etilgan tarixiy-adabiy hodisalarni, ular o'rtasidagi umumiylikni, har bir davrga ega xususiyatlarni anglab olishlarini ta'minlaydi. Ular bolalarni kelgusida gazeta va jurnallarni o'qishga tayyorlaydi, ijtimoiy-siyosiy, tabiatshunoslik atamalarini o'zlashtirishga yordam beradi, ularning mantiqiy tafakkurini va nutqini o'stiradi.