Reja: Adabiy janrlar xaqida ma'lumot



Yüklə 151,5 Kb.
səhifə9/11
tarix21.05.2023
ölçüsü151,5 Kb.
#118494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Muztazod janrining o\'ziga xos xususiyatlarini o\'rganish

Tez aytishlar ma'lum so'zni, so'z birikmasini yoki tovushni to'g'ri talaffuz qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga o'rgatadigan, xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o'stiradigan, o'qish sur'atini oshiradigan janr hisoblanadi. Shu sababli 1-sinfda ko'pgina tez aytish­lar keltirilgan. Masalan, ,,Botir botmas botqoqqa", ,,Qobil qozonda qovurdoq qovurdi", ,,Bahodir bayroqni Botirga berdimi, Botir Ba-hodirga bayroqni berdimi?", ,,Olim oldidagi oltita olmani oldi" va boshq.
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, boshlang'ich sinf darsliklariga o'quvchilar yoshiga mos, mavzular bo'yicha tanlab olingan, ko'proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan topishmoq, latifa va tez aytishlar tanlab kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Topishmoq, latifa va tez aytishlarni o'rganish boshlang'ich sinflarda dastlab har bir darsda amalga oshirilib boriladi. Alohida dare sifatida o'rganishda esa o'qituvchilar turli usullardan foydalanishlari mumkin.
O'qishdan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish. O'qishdan o'tkaziladigan umumlashtiruvchi dars o'quvchilar bilimini bir tizimga solish, o'rganilganlarni takrorlab umumlashtirish maqsadiga xizmat qiladi. Umumlashtiruvchi dars odatda o'qish dasturidagi u yoki bu muhim mavzu yuzasidan o'tkaziladi.
Umumlashtiruvchi dars dasturning butun bir bo'limini yakunlashga xizmat qilishi ham mumkun.
Umumlashtiruvchi dars bolalar tasavvuri va tushunchalarni kengaytirishga yordam beradi; bunday darslarda o'quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har bir o'quvchi hayotida qanday ahamiyatga ega ekanini tushunadilar. Bu darsda o'qituvchi bolalar bilimini boyitadigan shu mavzuga oid qo'shimcha materiallar ham berishi mumkin.
Umumlashtiruvchi darsda takrorlash, ilgari o'qilganlar mazmunini o'quvchilar yodida qayta tiklash emas, balki umumlashtiruvchi xarakterda bo'lishi, bolalar bilimini ma'lum bir tizimga solishga, ayrim tasavvur va tushunchalarini tartibga solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan, bunday darslar uchun kitobdan o'qiganlarinigina emas, balki bolalarning kuzatishlari natijasida bevosita idrok qilingan tabiatdagi predmetlar va hodisalar, ijtimoiy hayot voqealari, shaxsiy tajribalari ham material boiadi. Maktab hayoti, oila mavzusiga yoki tabiatshunoslikka oid mavzuga bag'ishlangan umumlashtiruvchi darsning vazifasi kitob materialini o'quvchilarning kuzatishlari, ekskursiyalar jarayonida olgan bilimlari bilan bog'lash hisoblanadi.
Umumlashtiruvchi darslarda ish turlari xilma-xil bo'lib, ko'rilgan va kechirilganlar yuzasidan, illustrativ materiallarni (rasmlar, misollar) ko'rsatish va tahlil qilish, o'quvchilarning ayrim asarlardan parchalar o'qishi, ekskursiya va kuzatishlar asosida o'quvchilarning og'zaki hikoyasi kabilardan foydalaniladi.
Umumlashtiruvchi dars uchun ish turi darsning aniq maqsadidan kelib chiqib tanlanadi.
O'quvchilar muayyan mavzu ustida ishlab, o'qiganlari, ko'rganlari, eshitganlari, kuzatganlari haqida o'z fikr-mulohazalarini dadil va erkin aytish imkoniyatiga ega bo'lsinlar. Masalan, ma'lum bir mavzuni yakunlab o'tkazilgan umumlashtiruvchi darsda bolalar kitobdan shu mavzuga oid o'qigan hikoya va maqollardan qaysi biri qiziqarliroq ekanini, shuningdek, u yoki bu asarda qatnashuvchi shaxslar, ularning xulq-atvorlari haqida o'z fikrlarini aytadilar, ayrim zaruriy hollarda o'qilgan asar mazmunini qisqa bayon qiladilar. Agar mavzuni o'rganish jarayonida o'quvchilar bilan ekskursiya o'tkazilgan bo'lsa, ular eks-kursiyada ko'rganlaridan nimalar qiziqarli bo'lganini, qaysilari kuchli taassurot qoldirganini aytib berishlariga o'qituvchi yordam beradi. Bular o'quvchilar tafakkurini faollashtiradi, ularni mustaqil fikrlashga o'rgatadi, o'stiruvchi ta'limning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.
4-sinfda Vatan haqida bilim beradigan ,,0'zbekiston - Vatanim manim" mavzusida berilgan ,,Serquyosh o'lka" she'ri (Z. Diyor), „ Toshkentnoma" (M.Shayxzoda), ,,Dehqon bobo va o'n uch bolakay qissasi" (A. Oripov), ,,Xarita" (N.Norqobilov), ,,Mardlik va aql yorug'ligi" (M.A'zam) she'r va hikoyalari o'qilgandan keyin o'lkaziladigan umumlaslitinivchi darsning vazifasi o'quvchilarning o'qiganlarini, Vatan bo'ylab qilgan sayohatlari jarayonida ko'rganlari, hozirda ko'rayotganlari bilan bog'lab, umumiy xulosa chiqaradilar. Bunda o'quvchilarning shaxsiy tajribasi, oila va maktab, shahar hayoti huqidagi bilimlari katta ahamiyatga ega. Bunday darslarda umumiy xulosani o'qituvchining yordamisiz o'quvchilarning o'zlari musta­qil ravishda chiqarishlari juda muhim bo'lib, bu ularning kelgusida ishonchlarini shakllantirish uchun mustahkam asos hisoblanadi.
,,O'qish kitobi" darsliklarida berilgan savol va topshiriqlar bolalar qiziqishlariga yaqin, ularning yosh xususiyatlariga mos, shuning uchun ular yuzasidan bolalar to'g'ri yakun va umumiy xulosa chiqara oladilar. Mustaqil xulosa chiqarish tarbiyalovchi ta'limda muhim ahamiyatga ega.
Umumlashtiruvchi darsni muvaffaqiyatli o'tkazish unga o'qituvchi­ning qanday tayyorgarlik ko'rganiga bog'liq. Bunday darsda juda ko'p material yuzasidan umumiy xulosa chiqarishni rejalashtirish mumkin emas; bu darsga ko'p material yuklash o'quvchilar diqqatini tarqatib yuboradi, idrok etish qobiliyatlarini pasaytiradi va faol fikrlash imkonini chegaralaydi. O'qituvchi umumlashtiruvchi darsda o'quvchilardan nimalarni so'rashni, mavzu yuzasidan yana nimalarni umumlashtirishini belgilab oladi; darsning maqsadi haqida o'ylab, bolalar tafakkuri va faoliyatini faollashtirishga ta'sir etadigan ish turlaridan foydalanishni rejalashtiradi.
Umumlashtiruvchi darsni o'qish dasturidagi har bir mavzu o'rganilgandan so'ng o'tkazish shart emas. Uni faqat o'qish darsining muhim va katta bo'limi materiallari o'rganilgandan keyin o'tkazish maqsadga muvofiq. Mavzularni o'rganish davrida foydalanilgan ko'rgazmali qo'llanmalardan, savol va topshiriqlardan, ekskursiya, kuzatish, uchrashuv va suhbat materiallaridan umumlashtiruvchi darslarda shundayligicha — bir xilda foydalanish tavsiya etilmaydi.
Umumlashtiruvchi dars oldiga qo'yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'qituvchi kundalik mashg'ulotlarda foydala­nilgan juda ko'p materiallardan har bir mavzu uchun juda muhim va xarakterlilarini tanlashi, o'quvchilar mustaqil xulosa chiqara olishlariga va o'z fikr-mulohazalarini mustaqil ravishda bayon etishga, ekskursiya va kuzatishda yozgan xotiralarni (agar bo'lsa) o'qib chiqishlari, ilgari layyorlangan rasmlarini yig'ishlari, kitobdagi materiallarni ko'zdan kechirib, qiziqarli o'rinlarini belgilashlari, u yoki bu asardan ayrim parchani yodlashlari yoki matnga yaqin bayon etishga tayyorlanishlari lozim.

Yüklə 151,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin