Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi. Uy xo’jaliklari byudjetlarini tahlil qilish materiallari
Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta`minlangan yoki “boy” qatlamining mavjud bo’lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi. AQShda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar baholanadi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog`liq. Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya`ni:
- mehnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
- turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma`naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori me`yorlari va qoidalari