Reja: Aholi daromadlari va uning tarkibi


-§. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash



Yüklə 65,88 Kb.
səhifə7/10
tarix22.12.2023
ölçüsü65,88 Kb.
#189798
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligi1

2-§. Daromadlar tengsizligi va uning darajasini aniqlash.

Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g`ri keladigan o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan keskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tengsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o’rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf qilmaydi.


O’z-o’zidan aniqki, iqtisodiy o’sish daromadlarning ko’payishiga olib keladi. Bunda butun aholi daromadlari mutloq miqdorda asta-sekin o’sib boradi. Daromadlarning mutloq miqdori ko’payib borsa-da, har doim ham daromadlar tengsizligi darajasiga ta`sir ko’rsatmasligi mumkin.
Daromadlar tengsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorents egri chizig`idan foydalaniladi (1-chizma). Chizmaning yotiq chizig`ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig`ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) 0E chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarning mos keluvchi foizini olishini ko’rsatadi. Ya`ni aholining 20% barcha daromadlarning 20%ni, aholining 40% daromadlarning 40%ni, aholining 60% daromadlarning 60%ni olishini bildiradi va h.k. Demak, 0E chizig`i daromadlarning taqsimlanishidagi mutloq tenglikni ifodalaydi.
Shuningdek, nazariy jihatdan mutloq tengsizlikni ham ajratib ko’rsatish mumkin. Bunda aholining ma`lum guruhlari (20%, 40 yoki 60% va h.k.) hech qanday daromadga ega bo’lmay, faqat bir foizi barcha 100% daromadga ega bo’ladi. Chizmadagi 0FE siniq chizig`i mutloq tengsizlikni ifodalaydi.
Real hayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. Balki aholining ma`lum guruhlari o’rtasida daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorents egri chizig`i deb nomlanuvchi 0E egri chizig`i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko’rinadiki, aholining dastlabki 20%ga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4%gacha) qismi to’g`ri keladi. Keyingi guruhlarga to’g`ri keluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (deyarli 60%) aholining so’nggi 20%ga to’g`ri keladi. Bu guruh chegarasi ichida ham daromadlar notekis taqsimlangan, ya`ni dastlabki 10% taxminan 20% daromadga ega bo’lsa, keyingi 10%ga daromadning deyarli 40% to’g`ri keladi va h.k.
Mutloq tenglikni ifodalovchi chiziq va Lorents egri chizig`i o’rtasidagi tafovut daromadlar tengsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, ya`ni Lorents egri chizig`i 0E chizig`idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tengsizligi darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutloq teng bo’lsa, bunda Lorents egri chizig`i va bissektrisa o’qi bir-biriga mos kelib, farq yo’qoladi.
Daromad, %
100 E

80
60
40


20
F
0
20 40 60 80 100 Aholi, %



Yüklə 65,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin