O’zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan
Zamonaviy o’zbekiston sharoitida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish tizimi alohida shaxslar, oila yoki guruhlarning moslashuvi, ijtimoiy reabilitatsiyasiga yo’naltirilgan ijtimoiy-gumanistik faoliyatning ma’lum bir uslubi tizimi sifatida namoyon bo’ladi.

O’tish davrining murakkab ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida O’zbekiston o’z muhtoj fuqarolarining zarur yordam va ko’magini olishi uchun xizmat qiladigan yangi ijtimoiy muassalar tizimini yaratish imkoniyatiga ega bo’ldi. Qariyalar, bolalar, nogironlar haqida qayғurish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi, jamoatchilik tarzida o’zini boshqarish organlari (mahalla), IIV tomonidan amalga oshiriladi. Bunday muassasalar tarkibiga turli toifadagi fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko’rsatish markazlari, aholiga psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish markazlari, voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy-reabilitatsiya markazlari, oila, ayollar va bolalarga ijtimoiy yordam ko’rsatish bo’yicha hududiy markazlar va b. kiradi.
O’zbekiston Respublikasining qonunchiligida va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlarida aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatilishi bo’yicha asosiy tamoyillar keltirilib o’tiladi. Ular orasida quyidagicha tamoyillar ham ijtimoiy xizmatlarni olishda teng imkoniyatlarga egaligi; ijtimoiy ko’mak ko’rsatilishining manzilliligi va ommabopligi, aholining ojiz qatlamlarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash kabi tamoyillar. Uyda ijtimoiy ko’mak ko’rsatilishiga muhtoj fuqarolarni butunlay qamrab olish va ularga ko’rsatiladigan xizmatlar ro’yxatini kengaytirish imkoniyatiga ega bo’lish maqsadida o’zini boshqarish organlariga yolғiz nafaqaxo’rlar, qariyalar va nogironlarga uyda xizmat ko’rsatish bo’yicha ish bilan shuғullanish uchun mehnat bilan band bo’lmagan fuqarolarni vaqtincha to’lovli jamoatchilik ishlariga jalb etishga ruxsat berilgan. Shubhasizki, mamlakat aholisini himoyalash va qo’llab-quvvatlash bo’yicha kompleks dasturlarining tashkillashtirilishi zarur.