Reja Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati



Yüklə 461,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix01.12.2023
ölçüsü461,2 Kb.
#170569
  1   2   3   4   5
Reja Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriya



2 – Ma’ruza. Axborot himoyasi va uning turlari 
Reja
1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati
2. Axborotni himoyalash tizimi
3. Tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash
4. Himoyalash tizimining kompleksliligi
5. Axborotlarni tashkiliy himoyalash elementlari
6. Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nasbatan xavf-xatarlar
 
Tayanch so‘zlar: 
uzilish, tutib qolish, o‘zgartirish va soxtalashtirish 
 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarida himoyalash zaruriyati
Axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining ommaviy ravishda kog‘ozsiz 
avtomatlashtirilgan asosda boshqarilishi sababli axborot xavfsizligini ta’minlash 
murakkablashib va muhimlashib bormoqda. Shuning uchun ham avtomatlashtirilgan 
axborot tizimlarida axborotni himoyalashning yangi zamonaviy texnologiyasi paydo 
bo‘lmoqda. DataQuest kompaniyasining ma’lumotiga ko‘ra, 1996—2000 yillarda axborot 
himoyasi vositalarining sotuvdagi hajmi 13 mlrd. AQSH dollariga teng bo‘lgan. 
Axborotni himoyalash tizimi
Axborotning zaif tomonlarini kamaytiruvchi axborotga ruxsat etilmagan kirishga, uning 
chiqib ketishiga va yuqotilishiga to‘sqinlik qiluvchi tashkiliy, texnik, dasturiy, texnologik va 
boshqa vosita, usul va choralarning kompleksi — 
axborotni himoyalash tizimi 
deyiladi. 
Axborot egalari hamda vakolatli davlat organlari shaxsan axborotning qimmatliligi, uning 
yuqotilishidan keladigan zarar va himoyalash mexanizmining narxidan kelib chiqqan holda 
axborotni himoyalashning zaruriy darajasi hamda tizimning turini, himoyalash usullar va 
vositalarini aniqlashlari zarur. Axborotning qimmatliligi va talab qilinadigan himoyaning 
ishonchliligi bir-biri bilan bevosita bog‘liq. 


Himoyalash tizimi uzluksiz, rejali, markazlashtirilgan, maqsadli, aniq, ishonchli, kompleksli, 
oson mukammallashtiriladigan va ko‘rinishi tez o‘zgartiriladigan bo‘lishi kerak. U odatda 
barcha ekstremal sharoitlarda samarali bo‘lishi zarur. 

Yüklə 461,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin