tarkibida tashkiliy himoyalash 50-60
%
ni tashkil qiladi. Bu hol ko‘p omillarga bog‘liq,
jumladan, axborotlarni tashkiliy himoyalashning asosiy tomoni amalda himoyalashning
prinsipi va usullarini bajaruvchi personalni tanlash, joylashtirish va o‘rgatish hisoblanadi.
Axbortlarni himoyalashning tashkiliy chora – tadbirlari tashkilot xavfsizligi xizmatining
me’yoriy uslubiy hujjatlarida o‘z aksini topadi. Shu munosabat bilan ko‘p hollarda
yuqorida
ko‘rilgan tizim elementlarining yagona nomi — axborotni tashkiliy - huquqiy himoyalash
elementini ishlatadilar.
Axborotlarni muhandis – texiik himoyalash elementi - texnik vositalar kompleksi yordamida
hudud, bino va qurilmalarni quriqlashni tashkil qilish hamda texnik
tekshirish vositalariga
qarshi sust va faol kurash uchun mo‘ljallangan. Texnik himoyalash vositalarining narxi baland
bo‘lsada, axborot tizimini himoyalashda bu element muhim ahamiyatga ega.
Axborotni himoyalashning dasturiy – matematik elementi kompyuter,
lokal tarmoq va turli
axborot tizimlarida qayta ishlanadigan va saqlanadigan qimmatli axborotlarni himoyalash
uchun mo‘ljallangan.
Axborot tizimlarida ma’lumotlarga nasbatan xavf-xatarlar
Kompyuter tizimi (tarmogi)ga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan sharoit, harakat va
jarayonlar
kompyuter tizimi (tarmogi)
uchun xavf - xatarlar, deb hisoblanadi.
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlariga tasodifiy ta’sir ko‘rsatish sabablari tarkibiga
quyidagilar kiradi.
Ma’lumki, kompyuter tizim (tarmog‘)ining asosiy komponentlari — texnik
vositalari, dasturiy
- matematik ta’minot va ma’lumotlardir.
Nazariy tomondan bu komponentlarga nisbatan to‘rt turdagi xavflar mavjud, ya’ni
Dostları ilə paylaş: