Tashkilotlardagi axborotlarni himoyalash Axborot hajmi kichik bo‘lgan tashkilotlarda axborotlarni himoyalashda oddiy usullarni
qo‘llash maqsadga muvofiq va samaralidir. Masalan, o‘qiladigan qimmatbaho qog‘ozlarni va
elektron hujjatlarni alohida guruhlarga ajratish va niqoblash, ushbu hujjatlar bilan
ishlaydigan xodimni tayinlash va o‘rgatish, binoni qo‘riqlashni tashkil etish, xizmatchilarga
qimmatli axborotlarni tarqatmaslik majburiyatini yuklash, tashqaridan keluvchilar ustidan
nazorat qilish,
kompyuterni himoyalashning eng oddiy usullarini qo‘llash va hokazo. Odatda,
himoyalashning eng oddiy usullarini qo‘llash sezilarli samara beradi.
Murakkab tarkibli, ko‘p sonli avtomatlashtirilgan axborot tizimi va axborot hajmi katta
bo‘lgan tashkilotlarda axborotni himoyalash uchun himoyalashning majmuali tizimi tashkil
qilinadi. Lekin ushbu usul hamda himoyalashning oddiy usullari xizmatchilarning ishiga
haddan tashqari xalaqit bermasligi kerak.
Himoyalash tizimining kompleksliligi Himoya tizimining kompleksliligiga unda huquqiy, tashkiliy, muhandis – texnik va
dasturiy – matematik elementlarning mavjudligi bilan erishiladi. Elementlar nisbati va
ularning mazmuni tashkilotlarning axborotni himoyalash tizimining o‘ziga xosligini va uning
takrorlanmasligini hamda buzish qiyinligini ta’minlaydi.
Aniq tizimni ko‘p turli elementlardan iborat, deb tasavvur qilish mumkin. Tizim
elementlarining mazmuni nafaqat uning o‘ziga xosligini, balki axborotning qimmatliligini va
tizimning qiymatini hisobga olgan holda belgilangan himoya darajasini aniqlaydi.
Axborotni huquqiy himoyalash elementi himoyalash choralarining haqli ekanligi ma’nosida
tashkilot va davlatlarning o‘zaro munosabatlarini yuridik mustahkamlash hamda
personalning tashkilot qimmatli axborotini himoyalash tartibiga rioya qilishi va ushbu
tartibni buzilishida javobgarligi tasavvur qilinadi.