е zligi ham pasaya boradi. Pishib е tilgan , quruq urug’larda nafas olish tеzligi juda past, unayotgan urug’larda esa juda faol bo’ladi. Masalan tarkibida 1012% suvi bo’lgan bir kilogramm arpa urug’i bir sutkada 0,3 - 0,4 mg CO 2 ajratadi. To’la bo’rtgan va unayotgan urug’larda esa nafas olish t еzligi 10 ming martadan yuqori bo’ladi [12,15,16]. Umuman o’simliklarning nafas olish tе zligi ichki va tashqi omillar ta'siriga bog’liq. Kislorodning miqdori. Nafas olish jarayoni uchun kislorodning miqdori eng muxim omillardan biri hisoblanadi. Havo tarkibidagi kislorod (21%) o`simliklarning erkin nafas olishiga to`la etarli bo`lib, hatto uning miqdori 9% gacha kamaysa ham o`simliklarga zararli ta`sir qilmaydi. Faqat atmosferada kislorod miqdori 5% ga tushgandan so`ngina uning etishmasligi sezila boshlaydi. O`simlik to`qimalaridagi kislorod miqdori atmosfera tarkibidagi kisloroddan kamroq bo`lib, o`zgarib turadi. Masalan, qand lavlagisining barg to`qimalarida bu ko`rsatkich miqdori bir sutka davomida 7,1% dan 17,4% gacha o`zgaradi. Demak atmosferadagi kislorod o`simliklar uchun to`la etadi. Ammo ildiz tizimi joylashgan tuproqda tez-tez kislorod etishmaslik hollari sodir bo`lishi mumkin. Ayniqsa, strukturasi buzilgan, chirindi (gumus) moddalari kam, suv bosib uzoq muddatga saqlanib qolgan qatqaloq hosil bo`lgan yerlarda kislorodning tuproq zarrachalari orasiga kirib turish jarayoni buziladi va ildizlar uchun anaerob sharoit yuzaga keladi. Ildiz tizimi joylashgan tuproq muhitida kislorodning etishmasligi, anaerob nafas olish o`rniga bijg’ish