optimal shaklga ega. Lekin uning uchun eng yuqori nuqta xosdir va u temperatura yuqori bo‘ladigan oblastlarda keskin ravishda pasayib ketadi. Masalan, kartoshkada egri chiziqning keskin egilishi temperatura taxminan 50 0 ga yetganda boshlanib, bundan bir oz ko‘tariladigan bo‘lsa, u vaqtda nafas olish keskin pasayadi,
o‘simlikning barglari optimum darajadan yuqori temperaturaga hammasi bo‘lib bir necha minut davomida chidaydi , shundan keyin nobud bo‘la boshlaydi. Bundan tashqari, temperaturaning nafas olishga ta’siri vaqt faktori bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Yuqori temperatura uzoq vaqt davomida ta’sir etishi oqibatida nafas olish tezligi doim pasayib ketadi. Shunday qilib, nafas olishda temperatura optimumining holati ko‘p jixatdan isishning davomiyligigaborliq, ya’ni ujuda qay harakatchan bo‘lib,uning qandaydir o‘zgarmas kardinal nuqtada bo‘lishi haqida hulosa chiqarish qiyin, chunki bunda ko‘p faktorlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, haqiqatdan ham 10° dan past temperaturada ayniqsa tropik o‘simliklarda nafas olish o‘rta hisobda uch baravar tezlashgani holda 25- 30° dan yuqori bo‘lsa yoki o‘simliklar uzoq vaqt isib kets a, nafas olish koeffitsenga so‘zsiz pasayadi (temperaturaning ta’siri oqibati). Nafas olish intensivligi o‘simliklarning butun oziqlanish balansiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shimol sharoitida minimal temperaturada nafas olish intensivligining pasayishi yok i ortishi o‘simliklar «ochlik»ning pastki va yuqori chegarasida o‘sishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.