umumiy zahirasidan 0,5-2% ni o’simlik to’g’ridan to’g’ri o’zlashtira oladi. 1ga haydaladigan qora tuproqda o’rtacha 200 kg o’simlik o’zlashtira oladiga azot, podzol tuproqlarda esa uni miqdori 3-4 marotaba oz bo’ladi. Bu azot asosan NH+ 4 va NO3 ioni shaklida uchiraydi. NO3 ionlari harakatchan, tuproqda yaxshi fiksiatsiya bo’lmaydi, tuproq suvlari bilan yengil yuvilib chuqur suv qatlamlariga o’tib ketadi. Bahor oylarida tuproq tarkibidagi nitratlar miqdori ortib ketadi, bu davrda nitrafikatsiyalovchi bakteriyalar faoliyatiga qulay sharoit vujudga kelgan bo’ladi. Tuproq eritmasi tarkibidagi azot NO3 ni miqdori o’simlik nitralarni yutishi, mikrobiologik jarayonlarni va yuvilishi jarayonlarini tezligiga qarab kuchli o’zgarib turadi. NH+ 4 kationlari kam xarakatchan, manfiy zaryadlangan zarrachalarga yaxshi adsorbsiyalanadi, yog’ingarchilik davrlarida kam yuvilib ketadi, shuning uchun tuproq eritmasi takibida uning konsentratsiyasi NO3 larga nisbatan yuqori bo’ladi. Qishloq ho’jalik ekinlarini o’stirish jarayonida mineral o’g’itlar berishga katta ahamiyat beriladi. Tabiiy sharoitlarda esa bu rolni maxsus mikroorganizmlar guruxi zimmasida bo’ladi. Bu esa yuqorda aytib o’tilganidek azotofiksatorlar, o’simlik va hayvon qoldiqlarini chirishi tufayli hosil bo’lgan organik azotni o’simlik o’zlashtirishi uchun qulay qilib minerallashtirib NH+ 4 yoki NO3 shakilga olib o’tish xususiyatiga ega bo’lgan tuproq bakteriyalari faoliyatidan xosil bo’lgan azot, tuproqdagi azotni asosiy qismiga to’g’ri keladi. Tuproqdagi organik azotni NH+ 4 kationiga aylanish jarayoniga ammoniyfikatsiya deyiladi. Bu jarayonni geterotrof miroorganizlar amalga oshiradi sxematik tarizda kuyidagicha bo’ladi: tuproqdagi organik azot---- RNH2 + CO2 + qo’shimcha mahsulot RNH2 + H2O→ NH3 + ROH, NH3 +