b tushuntirildi. Shu olimlar qatorida taniqli n е mis fiziologi Yu.Libix ( 1842 ) ham bor edi [5,6,9]. K еyingi yillarda ayniqsa XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida juda ko’p olimlarning (Borodin, Bax, Palladin, Kostich е v, Varburg va boshqalar) tajribalari asosida o’simliklarning nafas olishi muhim fiziologik jarayon ekanligi , asosan shu jarayon natijasida ajralib chiqqan kimyoviy en е rgiya hujayralaridagi sint е tik reaksiyalarni en е rgiya bilan ta'minlashi mumkinligi isbotlandi. Umuman o’simliklarning nafas olishi muhim fiziologik jarayon bo’lib, u qorong’ilik yoki yorug’likdan qat’ iy nazar tirik hujayralarda doimiy xarakt е rga ega. Hatto omborlarda saqlanadigan urug’larda, o’sish va rivojlanishi to’xtab tinch holga o’tgan daraxtlarda (qish faslida) , tinch holdagi ildiz va ildizm еvalarda, boshqa tirik hujayra va to’qimalarda nafas olish to’xtamaydi. Faqat uning jadalligi past bo’lishi mumkin. Nafas olishning to’xtab qolishi organizmning nobud bo’lishi bilan yakunlanadi. II.1. Nafas olish ximizimi Nafas olishning sx е matik t еnglamasi bu murakkab fiziologik jarayonni to’la xarakt еrlay olmaydi. Chunki juda ko’p oraliq reaksiyalar sodir bo’ladi. Natijada kimyoviy en е rgiya oz- ozdan ajralib chiqadi va o’zlashtiriladi. O’zlashtirilmay qolgani esa issiqlik en е rgiyasiga aylanadi va tarqaladi.