bog’langan bo’ladi. Shuning uchun bakteriyalarni Asotobacter va Beijerinckia turkumlari yuqori o’simliklarni ildizining yuza qismiga joylashgan bo’ladi. Bunday joylanishini ildizlar rizosferaga ajratib chiqarayotgan maxsulotlarni bakteriyalar uglerod manbai sifatida foydalanishi bilan tushintiriladi. Simbioz azotofiksatorlar gruxiga - eng avvalo dukkakli o’simliklar ildizida dukkak hosil qiluvchi bakteriyalar turkumi Rhizobium kiradi. Hozirgi vaqtda o’simliklarni turli oilasiga mansub bo’lgan 190ga yaqin turkumlari simbioz holatda azotni o’zlashtirish qobilyatiga ega. Ular qatoriga ayrim daraxt va butalar, moxlar ham kiradi. Qishloq ho’jaligida dukkaklilar bilan simbioz holatda yashab yiliga o’rtacha 100 dan 400 kg/ga azot fiksatsiya qiluvchi bakteriyalarni Rhizobium turkumi katta ahamiyatga ega. Madaniy dukkaklilar orasida beda bir yilda 500 dan 600 , yo’ng’ichqa – 250-30, lyupin – 150, no’xot, loviya 50-60s kg/ga azot to’plashi mumkin. Azot fiksatsiyasini molekulyar mexanizmi. Azot molekulsi o’ta mustahkam va inert bo’ladi. Uni uch kovalent bog’i 940 kDj/mol energiyaga ega. Ximiyaviy jarayonlarda ammiak siteziga va bu bog’larni uzish va azotni qaytarishga katalizatorlar ko’llanishiga qaramasdan yuqorda aytib ztilganidek yana yuqori harorat va bosim kerak bo’ladi. Mikroorganizlar ishtirokida esa, azotni fiksatsiya qilishga normal harorat, bosim va bu jarayonda yuqori effekt bilan ishtirok etuvchi ferment nitrogenazalar orqali amalga oshadi. 1960-1961 yillarda Clostridium pasteurianum xujayrasiz ekstraktlariga pirouzum kislotasini qo’shilganligi muhim rol o’ynashi ko’rsligan edi. Bu holatda СО2 va H2 ni ajiralib chiqishi keskin ortgan. Molekulyar azot ishtirokida reksiyani birlamchi mahsuloti ammiak hosil bo’lgan. Ferredoksinni ochilishi azotfiksatsiya mexanizmini tushintirib berishda katta