ahamiyatga ega bo’ldi. Shu ma’lumotlar asosida azotofikatsiyani quyidagi mexanizmi taklif etildi: Ilmiy ishlarga nishonlangan 15N ni qo’llanishi natijasida azotofikatsiya qaytarilish jarayoni bo’lib, dastlabki turg’un mahsuloti ammiak ekanligi isbotlandi. Azotni qaytarilishi uch etapda bo’lib o’tishligi kuzatildi. Azotofikatsiya jarayonini borishi uchun doimiy ravishd ATF shaklida energiya bilan ta’minlab turish kerak. In vitro na’muna tariqasida o’tkazilgan tajribalarni xisob-kitobiga qaraganda 1 mol azotni qaytarish uchun 12-15 mol ATF talab qiladi. Haqiqadan in vivo tizimida energiya sarfi bir qancha yuqori bo’lib, 1 mol fiksatsiyalangan azotga 30-40 mol ATF kerak bo’lar ekan. Nitrogenaza o’z vazifasini bajarishi uchun turli hil mikroorganizmlarda bo’lib o’tadigan fotosintez, nafas olish yoki achish jarayonlari hosil bo’lgan elektron va ATF lar energiya manbai bo’lishi mumkin. Masalan: Erkin yashovchi bakteriya Asotobacter 1gr. azotni qaytarishi uchun 700-100 gr. glyukozani yoki bo’lmasa 28-40 gr.uglerodni oksidlashi kerak. Simbiotrof turkumiga kiradigan bakteriyalardan Rhizobium elektron va ATF manbai sifatida o’simlik-xo’jayin barglarida sintezlanib, keyin ular ildiz tuganaklariga tushuvchi fotoassimilyantlardan foydalanadi. Dukkaklilarda 1gr.qayd qilingan azotga assimilyatlar
sarfi o’rtacha 6,5-7,6 gr.uglerodni tashkil qiladi ya’ni energetik substratlardan foydalanish effektivligi ularda( 10 – 15%) erkin yashovchilarga nisbatan ancha yuqori bo’lar ekan ( 1,5-2,0%). Nitrat reduksiyasi Modamimki, ammoniy azoti fakat organik birikmalar takibiga kirar ekan va o’simlik tamonidan yutilar ekan hujayrada ammiakgacha kaytarilishi kerak. Bu qaytarilish qanday yuz beradi? O’simliklarda nitratlar reduksiyai