s va undan ham ortishi mumkin. Hosildorlik gek-tariga 37,4 –39,8 s bo‘lishi uchun paxta dalasiga gektariga 250 –300 kg sof azot miqdorida o‘g‘it solish zarur. Amoniyfikatorlar: tarkibida azot tutuvchi organik moddalarni (oqsillar, nuklein kislotalar, mochevina va boshq.) parchalab ammiak hosil qiluvchi mikroorganizmlar. Azotfiksatorlar: molekulyar azotni bog’lovchi mikroorganizmlar. Nirifikatorlar: kisloroddan foydalanib ammiakni nitritlargacha oksidlaydi. Dinitrifikatorlar: Nitratlarni molekulyar azotga aylantirdi. Dinitrifikatorlar kislorod yetishmaganda ham nitratlardan kislorodni olib tuproqqa biriktiradi va atmosferaga azotni chiqaradi. Azot shakillarini transformatsiyasi bilan bog’liq bo’lgan bakteriyalardan tashqari, tuproqdagi sellyulozani parchalovchi baketeriyalar, turli hil elementlarni ( oltingurgut, fosfor) kayta ishlovchi bakteriyalar va tuproqdagi slikatlardan kaliy ajiratib chiqaruvchi bakteriyalar ham bor. Ayrim mikroorganizmlar o’simliklarni vitaminlar, aminokislotalar bilan ham ta’minlaydi. Shuning uchun mikroorganizmlarni o’simliklar hayotida roli katta va murakkab bo’ladi. Azot tabiatda keng tarqalgan elementlardan biri hisoblanadi. Yer yuzida uning asosiy
formalari litosfera bilan bog’langan azot va atmosferada gaz xolatidagi molekulyar (N2 ) ni havodagi masCas 75,6% ni tashkil qiladi. Hisoblarga ko’ra atmosferadagi azot zahirasi 4.1O15 t. ni tkshkil etadi. Yer yuzasini 1m2 ustida 8t. azot bo’ladi. Biroq molekulyaar azotni yuqori o’simliklar o’zlashtira olmaydi, azotofiksatormikroorganizmlarni hayot faoliyati tufayli o’simliklar o’zlashtirishi uchun qulay shakilga o’tadi. Litosferada bog’langan azot zahirasi yuqori bo’lib 18.1015 ni tashkil etadi. Biroq yerdagi azotni