Reja: Bakterial infeksiyalar haqida



Yüklə 29,33 Kb.
səhifə5/8
tarix02.01.2022
ölçüsü29,33 Kb.
#35289
1   2   3   4   5   6   7   8
Bakterial infeksiyalar (stafilokok va streptokok infeksiyalari, difteriya, meningokokk infeksiyasi) Sil. Zaxm sepsis.

Difteriya

Difteriya (yun. Diptherien-parda i dr.), bo‘g‘ma- asosan hiqildoq, tomoq shilliq pardalarining yallig‘lanishi va a’zolarning zararlanishi bilan kechadigan o‘tkir infeksion kasallik. Difteriya tayoqchasining o‘rnashgan joyiga va ko‘payishiga qarab tomoq, burun, hiqildoq, ko‘z, tashqi jinsiy a’zolar va teri difteriyasi kuzatiladi.

Tomoq difteriyasi - holsizdanish va haroratning ko‘tarilishi (38—39 °) bilan boshlanadi. Tomoq og‘rib jag‘ osti limfa tugunlari shishadi; tomoq shilliq pardasi qizaradi, murtak bezlari va yumshoq tanglay oq yoki kulrang parda bilan qoplanadi. Difteriyaning toksinli shakli ham rivojlanishi mumkin, u tez avj oladi.

Temperatura 40 ° gacha ko‘tariladi, yutinganda tomoq qattiq og‘riydi, bemor qayta-qayta qusadi. Umuman darmonsizlanadi, bo‘shashadi, yurak urishi tezlashadi, rangi siniqadi. Jag‘ osti limfa tugunlari sohasidagi teri osti kletchatkalari shishadi va u bo‘yinga, ba’zan ko‘krak qafasiga tarqaladi.

Tomoq shishi difteriyaning ilk belgisi bo‘lib, bunda murtak bezlari va yumshoq tanglay to‘qimalari bir-biriga deyarli jips yopishadi. Pardali karash tanglay, burun-halqumni qoplab olib, bemor xirillab nafas olishga majbur bo‘ladi, og‘zini sal ochib yuradi,

Hiqildoq difteriyasi (chin bo‘g‘ma):


Kasallik 3 davrga bo‘linadi.

1. Kataral davri (1-2 kun davom etadi):


- isitma o‘rtacha darajada bo‘ladi;
- tovush dag‘allashadi;
- yo‘tal.

2. Stenotik davri:


- shovqinli nafas olish;
- yuqori nafas yo‘llarining stenoziga xos belgilar kuchaya boshlaydi.

3. Asfiksiya davri:


- terlash;
- sianoz;
- mushaklar tonusi pasayishi;
- qorachiq kengayadi;
- hoxishsiz peshob va najas ajraladi;
- tomir urishi ipsimon;
- hushsizlik.

Ko‘z difteriyasi - parda ko‘z shilliq qavatida bo‘ladi, ayrim hollarda ko‘z soqqasiga ham yoyilishi mumkin. Jarohatlangan tomonda ko‘z qovoqlari shishadi, zichlashadi, ko‘zdan yiringli modda ajraladi.

Teri difteriyasi - terining jarohatlangan sohasida rivojlanadi. Terining yorilgan, tirnalgan, shishli, yarali, po‘stlok-qatqoloqli, kuygan sohalarida shish va difteriya pardasi hosil bo‘ladi.

Jinsiy a’zolar difteriyasi - qiz bolalarning tashqi jinsiy a’zolar shilliq qavatida yallig‘lanish va difteriya pardasi kuzatiladi.

Ayrim hollarda kindigi kesilgan chaqaloqlarda - kindik difteriyasi kuzatiladi.

Meningokokk infeksiyasi

Meningokokk infeksiyasi – meningokokkpar qoʻzgʻatadigan oʻtkir infeksion kasallik. Meningokokk infeksiyasining manbai bemor, asosan, bakteriya tashuvchilar; ulardan mikrob atrofdagilarga havo-tomchi yoʻli orqali tarqaladi. Qish va bahorda koʻproq uchraydi (mavsumiy koʻtarilish). 

Meningokokk infeksiyasi burun va halqum shilliq pardasining yalligʻlanib zararlanishi (nazofarigit), bosh miya yumshoq pardasining yiringli yalligʻlanishi (yiringli meningit) yoki miya moddasining miya pardasi bilan birgalikda yalligʻlanishi (meningoensefalit) yoki meningokokklar qonga tushganda roʻy beradigan menigokokksemiya sifatida oʻtishi mumkin. Aksari ayni bir bemorda kasallikning sanab oʻtilgan barcha shakllari avj oladi.

Koʻpincha, kasallik alomatlari boʻlmagani holda meningokoklarni tashuvchanlik kuzatiladi, bu, ayniqsa, xavfli. Tumov, yoʻtal, aksirish bilan oʻtadigan yalligʻlanish belgilari boʻlgan (nazofaringit) bemor, kasallik qoʻzgʻatuvchisining tez tarqalishiga sabab boʻladi.

Nazofaringitda tomoq ogʻriydi va achishdi, quruq yoʻtal tutadi, burun bitadi, burudan shilimshiq-yiringli, baʼzan, qon aralash suyuqlik keladi. Bosh aylanishi, ogʻrishi, harorat koʻtarilishi, burun qonashi mumkin.

Meningokokksemiya isitma bilan boshlanadi, badanga katta-katta toshmalar toshadi. Baʼzan nuktasimon yoki yaxlit qon qoʻyilishi mumkin. Bu juda ogʻir kechadi, yurak faoliyati buziladi, ichki aʼzolarga qon qoʻyiladi. Vaqtida davo qilinmasa oʻlim roʻy beradi.

Meningit ham, odatda, toʻsatdan boshlanadi. Meningokokk infeksiyasiga shubha qilinganda tomoq va brundan surtma hamda orqa miya suyuqligi olib tekshiriladi. 

Meningokokk tashuvchilik va meningokokk nazofaringiti kasallikning mahalliy turiga kiradi. Meningokokksemiya va meningokokk meningiti tarqoq turlar hisoblanadi.

Bemor kasalxonada davolanadi. Davo nechogʻli erta boshlansa, natija shunchalik yaxshi boʻladi. Profilaktika maqsadida meningokokk vaksinasi qoʻllanadi.



Sil kasalligi, tuberkulyoz (lot. tuberculum — do’mboqcha) — Mycobacterium tuberculosis complex guruhi mikobakteriyalari tomonidan chaqiriladigan dunyoda keng tarqalgan infektsion kasallik. Bakteriya odatda o’pkani shikastlaydi. Kasallik nafaqat salomatlik, balki ijtimoiy holatga ham bog’liq: sil qo’zg’atuvchisiga immuniteti pasaygan, to’yib ovqatlanmaydigan, gigiena standartlariga rioya qilmaydigan va kambag’al ijtimoiy sharoitlarda yashaydigan kishilar eng ta’sirchandir. Biroq, sil yoshi va jinsidan qat’iy nazar butun aholi qatlamiga xavf tug’diradi.

O’lim holatlarining yuqoriligi (yiliga taxminan 3 million kishi) va kasallikning keng tarqalganligiga nafaqat ijtimoiy omillar, balki sil kasalligining hech qanday alomatlarsiz (yashirin) davri uzoq davom etishi ham ta’sir ko’rsatadi. Bu davr uni davolash uchun eng qulay vaqt hisoblanadi. Infektsiya mavjudligini aniqlash uchun organizm Mantu sinov reaktsiyasiga baholanadi.

M. tuberculosis bilan yer aholisining uchdan bir qismi infektsiyalangan va har soniyada yangi infektsiya holati sodir bo’ladi degan tushuncha bor. Butun dunyoda har yili tuberkulyoz bilan kasallanadigan insonlar ulushi o’zgarmaydi yoki kamaymaydi. Biroq aholi sonining oshishi tufayli yangi holatlarning mutlaq soni oshib bormoqda.

2007-yilda asosan rivojlanayotgan mamlakatlarda surunkali faol tuberkulyozning 13,7 million hollari qayd qilinishi, 9,3 million yangi kasallanish hollari va 1,8 million o’lim hollari hisoblangan. Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlarda insonlar tuberkulyoz bilan tobora ko’proq infektsiyalanmoqda, chunki ularning immun tizimi immunosupressiv preparatlar qabul qilish natijasida zaiflashib bormoqda, ayniqsa OIV-infektsiyalarda.

Sil kasalligi butun dunyo bo’ylab teng ravishda tarqalmagan. Ko’pchilik osiyo va afrika mamlakatlari aholisining taxminan 80%da tuberkulinli sinov ijobiy natija beradi. Solishtirish uchun AQSh aholisi orasida bu ko’rsatkich 5-10% ni tashkil etadi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko’ra, 2015-yilda dunyoda 10,4 millionga yaqin tuberkulyoz bilan kasallanish hollari qayd etilgan. Ulardan 5,9 millioni (56%) erkaklarga, 3,5 millioni (34%) ayollarga va 1,0 millioni (10%) bolalarga to’g’ri keldi. OIV bilan infektsiyalangan bemorlar 1,2 millionni (11%) tashkil etdi.

JSST kasallik haqida bergan ma’lumotlga ko’ra, 2015-yilda sil tufayli 1,4 million bemorning o’limi qayd etildi, ular ichida 0,4 millioni OIV bilan aloqador edi.

Tuberkulyoz bilan kasallanish noqulay sharoit (stressli holatlar), shuningdek inson organizmining individual xususiyatlari (masalan qon guruhi yoki yoshi) bilan bog’liq ekanligi qayd qilingan. Kasallanganlar orasida 18-26 yosh guruhi dominantlik qiladi.



Insonni silga bo’lgan ta’sirchanligini oshiradigan bir nechta omillar mavjud:

  • Dunyo bo’yicha eng ahamiyatlisi — OIV;

  • Chekish (ayniqsa kuniga 20 tadan ortiq sigareta) — kasallanish ehtimolini 2-4 martaga oshiradi;

  • Diabet.

Yüklə 29,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin