Reja: Basketbol o’yin xarakatlanishi


Basketboldagi follari – shaxsiy qoida buzilishi



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə3/4
tarix26.04.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#102894
1   2   3   4
5 Baskitbol o’yinida xarakatlanishni o’rgatish

5. Basketboldagi follari – shaxsiy qoida buzilishi
Basketbolchilarga o‘yin jarayonida qo‘l va oyoq bilan zarba berish man etiladi. Raqib jamoasining o‘yinchilarini itarish, yoki ularni badandan yoki kiyimini ushab to‘xtatish qoydalar bo‘yicha yo‘lga qo‘yilmaydi. Raqib to‘pni kiritmasligi uchun xarakat qilayotgan o‘yinchi raqibning gavdasini, yoki qo‘lini tegishi man etiladi. Ximoyalanayotgan o‘yinchi uchun ikkila qo‘lini vertikal xolda ko‘tarilishi eng optimal ximoya uslubi xisoblanadi.
Shaxsiy fol – bu ximoyalanayotgan yoki xujum qilayotgan o‘yinchining qoida buzishidir. Odatda, follar to‘pni egallash va to‘pni tashlash va uzatish vaqtida o‘yin qoidasini buzganligi uchun beriladi. Uyinchiga nisbatdan 5 fol shaxsiy fol qayd etilsa, u maydonni tark etadi.
Texnik follar xam mavjud. Bullar o‘yin paytida xulq qoidalarini buzilishidir. Texnik fol o‘yinchilarga va murabbiylarga nisbatan qayd etilpdi. Murabbiyga nisbatdan 2 fol qayd etilgan bo‘lsa, u zalni tark etishi lozimdir.
6. Jamoaviy follar
Xar bir bo‘limda jamoaga nisbatdan 4 fol qayd etilishi mumkin. Beshinchi foldan so‘ng xar bir qayd etilgan fol (xujum foli xolatidan tashqari) ikki jarima to‘p otishi bilan jazolanadi. (Izox: agar fol uch ochkolik to‘p tashlashga yo‘l qo‘yilmaslik uchun ishlatilsa 3 jarima to‘pini tashlash belgilanadi).
Agar qayd etiligan foldan so‘ng to‘p xalqaga tushsa, 2 yoki 3 ochko xisobga olinib, bitta jarima to‘pi otilishi zarur.
Jarima to‘pini tashlash jarima maydonchasining belgilangan nuqtasidan ijro etiladi. Jamoaning o‘yinchilari jarima maydonida bir xil turib to‘pni xalqaga tegishini kutishlari kerak. To‘p xalqaga tegmasa (eyr bolairball), ximoyalanyotgan jamoa to‘pni o‘yinga autdan kiritadi.
Basketbolchiga jaroxat keltirishi mumkin bo‘lgan xarakat qasddan qilinsa, sportga xos bo‘lmagan, yoki diskvalifikatsiya foli bilan jazolangan raqib jamoaga 2 jarima to‘pini tashlash ruxsat etiladi va jarima to‘pini tashlagan jamoaga xujum qilish xuquqi beriladi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin