Idrok – ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir. Tasavvurlar idrok bilan o’xshash bo’lib, idrok asosida maydonga keladi, ammo ular, odatda, idrokka qaraganda birmuncha xiraroq, rangsiz bo’ladi va unchalik to’liq bo’lmaydi.
Xotira – o’tmish tajribalarimizda nimaiki hodisa yuz bergan bo’lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirish yoki tanishdir.

U quyidagi psixik jarayonlardan: esda olib qolish, o’zlashtirilgan materialni esda saqlash, tanish va esga tushirishdan iboratdir.
Xayol – biz ilgari idrok qilmagan predmet va hodisalarni yaratishdan iborat bo’lgan psixik jarayondir. U insonning badihagoʻylik qobiliyati, badiiy toʻqimalarga ustaligi, topagʻonligi, ixtiroga moyilligi, antiqa, aqlga toʻgʻri kelmaydigan holatlarni roʻyobga chiqarishga uquvchanligi kabilarda namoyon boʻladi.

Iroda – kishining o’z oldiga qo’yilgan maqsadga erishish uchun ichki va tashqi to’siqlarni harakat yordamida yengish vaqtida vujudga keladigan psixik jarayondir.

Tafakkur – fakt va hodisalarni mavhumlashtirgan, umumlashtirgan holda va vositali ravishda aks ettirishdan, ular o’rtasiga aloqa hamda munosabatlarni aniqlashdan iborat bo’lgan bilish jarayonidir.