Reja Bilish jarayonlari va ularning umumiy xususiyatlari Bilish-www.genderi.org
Bilish jarayonlari – sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir.
Bilish jarayonlari – sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir.
Bu jarayonlar shu qadar bir-birlari bilan bog’liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o’zi qiyin. Masalan, ko’rib idrok qilib turgan narsangizni fikrlamay ko’ringchi, uning mohiyatini bilasizmi? Diqqat bilan ko’rgan yoki o’qigan tekstingizni eslab qolasiz. Yoki biror narsa to’g’risida fikrlash uchun bizga bir vaqtda ham ilgarigi idrok obrazlari, ham eslab qolish mahoratimiz, ham ichki nutqimiz, irodamiz va diqqat kerak bo’ladi. Hattoki, tasodifan qo’limizga kirib ketgan zirapchaga bergan reaksiyamiz ham oddiy oh-vohga o’xshash hissiyotlardan tashqari, o’sha narsaning bu yerda qanday paydo bo’lganligi kabi qator tafakkur jarayonlarini keltirib chiqaradi.
Insonning sezgisi, idroki, xotirasi, tafakkuri, nutqi, xayoli, his-tuyg’ulari va irodasi psixik jarayonlar deb ataladi.
Sezgi – odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta’sir ko’rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan eng sodda psixik jarayondir.
Sezgi – odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa va hodisalar ta’sir ko’rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan eng sodda psixik jarayondir.
Sezgi, asosan, eksteroseptorlar, interioseptorlar hamda proprioseptorlardan tashkil topadi. O’z navbatida ularning har bir tarmoqlanish xususiyatiga ega hisoblanadi .
Fanda, asosan, eng ko’p o’rganilgan tarmoq – bu ekstroseptorlar sanalib, ularga ko’rish, eshitish, hid bilish, ta’m-maza bilish hamda teri-tuyish sezgilari kiradi.
Idrok – ayni choqda sezgi organlarga ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning aks ettirilishidan iborat bo’lgan psixik jarayondir. Tasavvurlar idrok bilan o’xshash bo’lib, idrok asosida maydonga keladi, ammo ular, odatda, idrokka qaraganda birmuncha xiraroq, rangsiz bo’ladi va unchalik to’liq bo’lmaydi.