Spirtli ichimliklar – salomatlik kushandasi. Alkogolizm (ichkilikbozlik) – tibbiyot nuqtai nazaridan spirtli ichimliklarni mudom qabul qilish oqibatida ro‘y beradigan surunkali kasallik.Alkogol individual va ijtimoiy hayotning hamma shakllariga ta’sir ko‘rsatadi. Ichkilik ta’sirida odamlar jamiyat va davlat oldida mas’uliyat sezish hissini yo‘qotib qo‘yadi, bezorilik va qonunni buzishga aloqador boshqa xatti-harakatlarni qilishi mumkin. Alkogolizm ishlab chiqarishga zarar yetkazadi, mehnat intizomini buzilishi va unumdorligini pasayishi, odamlarning xastalanib qolishi va hatto bevaqt halok bo‘lishiga olib keladi.Spirtli ichimliklarni uzoq vaqt iste’mol qilgan kishining miya nerv hujayralari zararlanganidan uning aqliy qobiliyatiga putur yetadiAkademik I..P. Pavlov shirakayflikni o‘z belgilari bilan shizofreniya (aqldan ozish) kabi og‘ir kasallikni eslatadigan asab-ruhiy kasallikka ixtiyoriy ravishda mutallo bo‘lish, deb hisoblar edi.Alkogol ta’sirida markaziy va periferik nerv tizimi faoliyati buzilib psixik kasalliklar, nevritlar paydo bo‘ladi, ichki a’zolar funksiyasi izdan chiqadi. Birinchi navbatda alkogol me’da shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatib, avvalo surunkali gastrit, keyinchalik me’da yara kasalligini keltirib chiqaradi. Bunday kasallikka chalingan kishi ko‘krak osti sohasida og‘riq sezadi, ovqatlangandan keyin me’dasi go‘yo og‘irlashganday tuyiladi, jig‘ildon qaynaydi, kekirganda tomog‘iga achchiq suv keladi, ko‘ngil ayniydi. Ichkilikboz odam qo‘l barmoqlari, ko‘z qovoqlari, til uchining titrashi, shuningdek har kuni bajarib yurgan oddatdagi ishini bajara olmay qolishi mumkin. Ko‘p ichadigan odamda ko‘z xiralashib, ba`zan quloq ham og‘ir tortib qoladi. Alkogol ayniqsa jigarga zararli ta’sir ko‘rsatib jigar sirrozi yuzaga keladi, shuningdek me`da osti bezida o‘zgarishlar tufayli pankreatit, qandli diabet kasalligiga sabab bo‘ladi.Alkogol yurak-tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, yurak qisqarishlarining ritmi buzilishiga, yurak va miya tomirlari spazmiga, stenokardiya, miokard infarkti, miya insulti kasalliklari rivojlanishiga olib keladi.Ichkilik ta’sirida o‘pka to`qimasi zararlanib surunkali kasalliklar: bronxit, esifizema, o‘pka sklerozi rivojlanadi va ularda krupoz pnevmoniyaning og‘ir kechishikuzatiladi.Ichkilikbozlarda immunitet susayib, o‘pka sili (tuberkulyoz) va yuqumli kasalliklarga chalinish holatlari ko‘p uchraydi.