Giyohvandlikning sabablari, belgilari, kechish davrlari. Giyohvandlikni yuzaga kelishi bir nechta sabablarga bog`liq. Ulardan quyidagilarni misol sifatida ko`rsatish mumkin.
Giyohvandlikni yuzaga keltiruvchi birinchi ko`p uchraydigan sabab o`smirlarga xosdir. O`smirlar ulfatvozlikka ishqiboz bo`ladilar. Ular 3-4 nafar bo`lib suhbatlashib, ko`chalarda sayr qilishga qiziqadilar. Shu ulfatvozlik jarayonida o`smirlar guruhi orasiga bironta tajribali giyohvand qo`shilib qolsa, u boshqalarga giyoh moddasini qabul qilishni bepul muruvvat qiladi. Giyoh moddasini 2-3-4 marta qabul qilgan o`smir, uning ta‘siriga o`rganib qoladi. Natijada u giyohvandga aylanadi va giyoh moddasini qabul qilmasa chiday olmay qoladi. Ya‘ni xumor tutadi.Kuzatuvlarda isbotlanishiga ko`ra, bitta giyohvand bir yilda o`rtacha 5 nafar sog`lom o`smir yoshlarni giyohvandlikka o`rgatadi. Giyohvand odam xudbin bo`ladi. U o`zining kasalligini iloji boricha ko`proq odamlarga yuqtirishga harakat qiladi. Buning uchun tajribali giyohvand o`smir yoshdagilar bilan o`rtoq kirishga, ularning guruhiga qo`shilib olishga intiladi. Chunki, u qanchalik ko`proq yoshlarni giyohvandlikka o`rgatsa, giyoh moddani sotib olish va qabul qilish uchun unga shunchalik yaxshi imkoniyat tug`iladi. Bu ehtiyojni qondirish uchun avvaliga o`smir o`z uyidagi buyumlarni o`g`irlab sotishga, keyinchalik esa boshqalarning uyini o`g`irlashga, kissavurlikka va boshqa qonunbuzarlik yo`llari orqali pul topib, narkotik sotib olish va qabul qilishga majbur bo`ladi. Shunday qilib giyohvand changaliga tasodifan kirib qolgan sog`lom o`smir ikki-uch oy davomida ashaddiy giyohvandga aylanadi.Rigalik tajribali o`qituvchi I. Litvinovning fikricha giyohvandlik o`smirlarning oilasida, maktabda tarbiyaviy ishlarning kamchiligi natijasidir. Toshkentlik jurnalist N. Petrovskayaning «Literaturnaya gazeta» ning 1986 yil 20 avgust sonidagi maqolasida shunday deyilgan. «Bola tarbiyasiga ijobiy yondoshgan juda ko`plab madaniyatli oilalarni bilaman. Afsuski, shunday oilalarning bolalari ham o`smirlik davriga yetganida giyohvandlik dardiga giriftor bo`lganlar. Demak, giyohvandlikka berilish sababi faqat bolaning oiladagi tarbiyasiga bog’liq emas. Bola yosh davrida uning har bir hatti-harakatini nazorat qilish, unga to`liq hajmda tarbiyaviy ta‘sir o`tkazish ota-onaga bog’liq, ammo bola o`smirlik davriga yetganda u boshqa o`smirlar, hamda o`zidan yoshi kattaroq, yigitlar davrasiga kiradi. Shunda u tasodifan giyohvand odam changaliga tushib qolishi mumkin,Giyohvandlikka asosan irodasi kuchsiz, boshqa giyohvandlarning gapiga kiruvchilar beriladi.